Falsafaning rivojlanish bosqichlari (uyg'onish davri falsafasi)16-17 asrlar


Download 1.5 Mb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1570695
1   2   3   4
Bog'liq
FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOT BOSQICHLARI SHARQ FALSAFASI

Sharq falsafiy tafakkurining yirik namoyandalari orasida Markaziy Osiyolik mashhur faylasuf, qomuschi-olim, Yaqin va O‘rta Sharqda aristotelizm asoschilaridan biri Forobiy, buyuk faylasuf va tabib Ibn Sino (Avitsenna), atoqli astronom, matematik, shoir va mutafakkir Umar Xayyom, tabib va faylasuf Ibn Rushd (Averroes) bor.


Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy (870-950, asarlari: Kitob-ul xuruf, Fozil odamlar shahri, Ehsoul ulum, Siyosat falsafasi, Fuqarolik siyosati) falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asar muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan.

Aynan falsafa insonga borliqning mohiyatini tushunish imkonini beradi. Borliq «yagona» va ayni vaqtda «ko‘p»dir. Borliqning mazkur holati emanatsiya, ya'ni «yagona» muhitdan borliqning turli muhitlari kelib chiqishi mahsulidir. Forobiy asarlarida dunyo bir-biriga kiruvchi to‘qqiz gumbaz ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu gumbazlarda ularning yer atrofida aylanishi sababi hisoblangan jonlar yashaydi. Gumbazlar o‘z harakatini dastlabki turtkidan boshlagan. Forobiy dunyoning rang-barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya haqidagi ta'limotidan foydalangan.

Adabiyotlar ro’yhati

  • O‘zbekiston jamiyatini demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish yo‘lida. -T.: Akademiya, 2005.
  • Saifnazarov I. va boshq. Xalqimiz hamjihatligi terrorizmga qarshi kafolatdir. -T.: Yangi asr avlodi, 2004.
  • Ergashev I. Siyosat falsafasi. -T.: Akademiya, 2004.
  • Ochildiyev A. Milliy g‘oya va millatlararo munosabatlar. -T.: O‘zbekiston, 2004.
  • Yo‘ldoshev S. Jahon falsafasi. T., 2004.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling