Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi Reja


XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg‘or falsafiy, ijtimoiy-siyosiy fikrlar


Download 145.6 Kb.
bet13/14
Sana08.11.2023
Hajmi145.6 Kb.
#1755238
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Abdixakimova Kamila Faslasafa

XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg‘or falsafiy, ijtimoiy-siyosiy fikrlar. Turkistonning XIX asr oxiri, XX asr boshlaridagi hayoti murakkab ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy vaziyatiga to‘g‘ri keladi. XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya tomonidan Turkistonning istilo qilinishi natijasida o‘lka hayotida ayanchli va keskin o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Chor Rossiyasining Markaziy Osiyoni bosib olishga bo‘lgan ehtiyojiga, unga nisbatan jadal mustamlakachilik siyosatini yurgazishiga harbiy-siyosiy maqsadi va iqtisodiy ahvoli sabab bo‘ldi. Rossiyaning o‘sha davrdagi rivojlanayotgan yengil sanoati uchun paxta, pilla, qorako‘l va boshqa xom ashyolar zarur edi. Rossiya tomonidan Markaziy Osiyo istilosiga g‘oyaviy tayyorgarlik XVIII asr boshlarida Pyotr I tomonidan boshlangan bo‘lsa, huddi shu davrdan boshlab Turkistonda ham istilo uchun tabiiy sharoit etila boshladi. XVIII-XIX asrlarda avj olgan mahalliy oqimlarning o‘zaro urush va janjallari, Turkistonning uchta mustaqil xonlikka bo‘linishi, ularning orasidagi o‘zaro ziddiyatlar, urushlarning avj olishi diniy mutaassiblikning rivojlanishiga olib keldi. Bu holat jamiyatda din peshvolarini muayyan mavqega ega bo‘lib, har qanday fan va madaniyat yangiliklariga musulmon axloqiy normalari, islom dini nomidan ko‘r-ko‘rona qarshilik ko‘rsatib, diniy aqidaparastlikni avj oldirishga sabab bo‘ldi. Natijada Turkiston xalqlarining iqtisodiy va madaniy hayoti tanazzulga yuz tutdi.
Ushbu harakatning aynan milliy kontekstda namoyon bo‘lishining o‘zi inqilobiy hodisa edi, chunki, jadidchilik vujudga kelgan davrga qadar Markaziy Osiyo hududida mahalliy xalqlar identifikatsiyasi milliy emas, hududiy nuqtai nazardan amalga oshirilgan. Jadidchilikning vujudga kelishi Turkistonning XIX asr oxiri, XX asr boshlaridagi murakkab ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy vaziyatiga to‘g‘ri keladi.
Istilo siyosati oqibatida turkistonliklarni ezish va ijtimoiy hayotning oyoq osti qilinishi ularning milliy ongining kuchayishiga olib keldi. Istilo siyosatiga qarama-qarshi o‘laroq millatparvarlik siyosati maydonga chiqdi. Natijada chor Rossiyasi davrida turkiy, islomiy madaniyatni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan milliy harakat kun sayin kuchayib borayotgan rus madaniyati ta’siriga qarshilik ko‘rsatishni maqsad qilib qo‘ygan Turkiston jadidchilik harakatiga aylandi;
XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi tabiiy ijtimoiy jarayon va hodisalar tufayli jadidchilik zaruriy oqim sifatida vujudga keldi. va bu yirik ijtimoiy siyosiy oqim o‘z navbatida milliy o‘zlikni anglashdek, tafakkur tarzini hosil qildi. Bu tafakkur tarzining ilmiy-nazariy, falsafiy ifodasi jadidchilik rahnamolari va vakillari ijodida aks etdi;
Turkistondagi jadidchilik harakati rus hukmdorligi yoki madaniyatini qabul qilish uchun emas, balki rus bosqinchilariga qarshi kurashda milliy ruhni yangilash, mamlakatni zamonaviylashtirish va G‘arb mamlakatlaridagi kabi mustaqil davlat barpo etish, millatni saqlab qolish uchun yuzaga kelgan milliy demokratik harakat edi.
Bu harakatning vujudga kelishida tashqi siyosiy omillar ham katta ta’sir ko‘rsatgan. To‘g‘rirog‘i, jadidchilikning o‘zi XIX asr oxiri, XX asr boshlarida butun Sharq dunyosida qo‘zg‘alayotgan demokratik oqimning bir qismi edi. Tarixdan ayonki, dunyo bu davrga kelib Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, AQSH, Italiya, Yaponiya, Ispaniya, Portugaliya va Rossiya kabi davlatlar tomonidan bo‘lib olingach, kapitalistlarning jahon monopolistik ittifoqi vujudga kelgan va mustamlaka xalqlari ikki tomonlama zulm natijasida g‘oyat og‘ir, nochor ahvolda qolgan edilar. Oqibatda mustamlakadagi xalqlarning ziyolilari orasida asta-sekin qaram xalqlarni qashshoqlikdan qutqarish uchun milliy ozodlik harakatlari uyg‘ona boshladi. Bir qancha Sharq mamlakatlarida Jamoliddin al-Afg‘oniy (1839-1897), Muhammad Abdo ( 1848-1905) kabi jamoat arboblari rahbarligida G‘arb mustamlakachilariga qarshi harakat avj olib, asta-sekin jadidchilik-taraqqiyparvarlik g‘oyalarining tarqalishiga zamin yaratib berdi. «Jamoliddin al-Afg‘oniy ta’limoti o‘z mohiyatiga ko‘ra juda qarama-qarshi bo‘lsa-da, nafaqat Misrda, balki Sharq mamlakatlarining musulmonlari tomonidan ham qizg‘in qabul qilindi va XIX asr oxirlarida musulmon ziyolilari dunyoqarashining shakllanishida katta ta’sir ko‘rsatdi»1. Jamoliddin al-Afg‘oniy va Muhammad Abdo o‘zlarining diniy islohotchilik, ma’rifatparvarlik va ijtimoiy-siyosiy faoliyatlarida musulmonlarni ilg‘or siyosiy hayotga, mustamlakachilarga qarshi birlashishga chaqirdilar.

Download 145.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling