Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi Reja
Download 145.6 Kb.
|
Abdixakimova Kamila Faslasafa
Alisher Navoiy. XIV-XV asr Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining buyuk namoyondasi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Hirotda tug‘ilgan. Hirot shahri XV asr birinchi yarmida Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulug‘ saltanatning ikkinchi poytaxti, Temurning kenja o‘g‘li SHohrux Mirzoning qo‘l ostidagi obod manzillaridan biri edi. Alisher tug‘ilgan xonadon Temuriylar saroyiga azaldan yaqin va yurtda muayyan nufuz sohibi edi.
O‘zbek adabiy tili va ma’naviy qiyofasi, ijtimoiy-falsafiy fikri, madaniyatining shakllanishida alohida o‘rin tutgan alloma Alisher Navoiy ijodiyoti o‘zbek demokratik tafakkur taraqqiyotida gumanistik ijod namunasidir. Uning ijodi asosida insoniyat jamiyatining asosiy omili bo‘lgan inson va uning baxt-saodati, ma’naviy qiyofasi masalasi yotadi. Alisher Navoiy «Badoyi’ ul-bidoya», «Navodir un-nihoya» devonlarini, «Hamsa» nomli besh dostondan iborat asarini, so‘fiylar haqidagi «Nasoyim ul-muhabbat» tazkirasini, «Xazoyin ul-maoniy» devonini, «Mahbub ul-qulub», «Tarixi anbiyo va hukamo», «Siroj ul-muslimin», «Muhokamat ul-lug‘atayn» asrlarini, «Lison ut-tayr» falsafiy dostonini va yana boshqa bir qancha asarlarni yozib qoldirgan. Adib qaysi sohada ijod etishidan qat’i nazar uning asarlari mohiyatida insonparvarlik, ma’rifatparvarlik, tolerantlik, do‘stlik va muhabbat masalalari yotadi. O‘zbek ijtimoiy falsafiy tafakkur taraqqiyotida shakllangan xususiyatlar Alishen Navoiy g‘oyalari va fikr rang-barangligi bilan boyidi. Alisher Navoiy o‘z davrigacha bo‘lgan tasavvuf falsafasidagi panteistik g‘oyalarni gumanistik mafkuraga xizmat qildira oldi, bu sohada go‘zal namunaviy asarlar yaratib qoldirdi. U o‘zining bir g‘azalida: Kimki bir ko‘ngli buzuqni xotirin yod aylagay, Adibning “Xamsa”si namunasida adabiyot insonlarni haqiqiy ma’noda tarbiyalashi mumkinligi ham isbotlangan. Asardagi dostonlar ketma ketligida ham hatto Navoiy bermoqchi bo‘lgan g‘oyaning konstruksiyasi yotadi: “Hayratul abror”, “Farhod va SHirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”. Bunda xamsaning rivoji insonning ahloqiy xususiyatlari qanday bo‘lishi kerakligi, inson qanday bo‘lishi kerak va u o‘zini nimada topishi kerak, u o‘zini insoniy sevgiga qanday tayyorlash kerak, undan ortig‘i ilohiy sevgi qanday bo‘ladi aslida, degan savollarga javob beradi. Asta sekin xamsa g‘oyasi “Sab’ai sayyor”da insonning dunyo bilan kosmologik birlashuviga etib boradi. Bunda shoh Bahrom bir qancha kiyiklarni o‘ldirgandan qo‘ng o‘zi dahshatli halokatga mahkum bo‘lgani haqidagi falsafiy hukm bor. Va oxir oqibatda “Saddi Iskandariy” da insonning yashashdan maqsadi nima, degan butun “Xamsa” davomida pishib etilgan savolga javob berish bo‘ldi. Navoiy bu qadar murakkab konstruksiyada turkiy tildan shunday mohirona va unumli foydalanadiki, bu asar Navoiy ijodidagi ulkan merosning bir qismi bo‘lsa ham milliy til shakllanish tarixida o‘zining alohida qadrli o‘rniga ega. Unda Navoiyning so‘zdan foydalanish boyligi 29000 so‘zni tashkil qilgan. Alisher Navoiy ijodida o‘z davrigacha bo‘lgan barcha mifologik, falsafiy, adabiy meros namunalari, ularda mavjud bo‘lgan obrazlar va dunyoning yaratilishi haqidagi ontologik fikrlar adabiy asarlar sifatida bizgacha etib kelgan, aslida o‘zida mohiyatan falsafiy konstruksiya va mazmun kasb etgan ijod namunalarida aks etdi. Ularni aksariyat holatda adabiy talqin etilishi hamda adabiy asar sifatida qabul qilinishi shundaki, O‘rta asr Sharq falsafasi Navoiy davri adiblari va Navoiy ijodida neoplatonizmning Sharqona ko‘rinishi bo‘lgan tasavvuf falsafasining deyarli adabiy usulda ifodalanishi, qadimgi Yunon faylasuflari ijodlaridan qabul qilingan g‘oyalar transformatsiyasini ko‘proq nazmiy usulda takomillashtirish etakchilik edi. CHunki Sharq falsafasi, xususan O‘rta asr Sharq falsafasi XIV-XV asr Movaraunnahr adabiy muhiti misolida G‘arbdan farqli o‘laroq inson haqidagi bilimlarni nazariy usulda tizimlashtirishdan ko‘ra insonni tarbiyalash uchun moslashtirilgan adabiy usulni o‘zida namoyon etgan edi. So‘z kelib avvalu jahon so‘ngra, Ne jahon, kavn ila makon so‘ngra17. Bu erda so‘z jahondan avval paydo bo‘lib, nafaqat jahon, dunyo(borliq, olam, koinot) va makon ham undan so‘ng vujudga keldi, degan fikr bor. Falsafa tarixida butun dunyoning yaratilish, ya’ni ontologik tizimi Mitraizm, Zardushtiylik, Xristianlik va Islom a’analarida bir-birini to‘ldiruvchi va konstruktiv jihatdan deyarli bir xil mazmunga ega bo‘lgan ta’limotdan iborat, degan fikr mavjud. Navoiy ijodida biz Forobiy yondoshuvidan ko‘ra panteizm, ya’ni ilohiyot bilan mavjudot o‘rtasida bir-biriga singib ketish, birida ikkinchisining mavjud bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin: Sen senu sendin o‘zga xud nima yo‘q, Gar ko‘runsa sen o‘lg‘ung, ul nima yo‘q. Ya’ni barcha narsa sen va sendin o‘zga hech narsa mavjud emas, ko‘ringan narsaning yo‘qligi sening yo‘qligingdir, yoki, Bas seni avval ul qilib zohir, Sanga ham avval o‘ldi ham oxir18, ya’ni, borliq seni o‘zida aks ettirdi, senga yaratilish va yo‘q bo‘lish sifatini berdi, deydi. Buning ma’nosi, sen o‘zing yaratgan vujudi mumkin, ya’ni borliqda avval va oxiringga egasan, va yana o‘zingni ana shu borliqda yarata olasan degan mazmunga ega. Alisher Navoiyda inson aqli va ixtiyori haqidagi masala ham Forobiy qarashlaridan ancha farq qiladi. Biroq, Forobiy aqliy bilim bilan bir qatorda, faol aqlning inson qalbiga ta’siri natijasi bo‘lgan intuitiv (hissiy) bilimga ham katta ahamiyat beradi.Uning borliq haqidagi ta’limoti negizida aqlga alohida o‘rin ajratiladi, u emanatsiyaning uchinchi bosqichida joylashadi va samoviy ong hisoblanadi. Va faqat ugina unsurlarning mohiyatiga erishishga muvaffaq bo‘lishi mumkin, demak Forobiyning bilish nazariyasiga muvofiq, unsurlar mohiyati inson intuitsiyasida ong nazariyasi ta’siri ostida ochiladi. Ayni paytda tashqi jismoniy sifatlar singari unsurlar xossasiga ham inson sezgisi bilan emas, balki uning tafakkuri bilan erishiladi. Alisher Navoiyning falsafiy merosi serqirra bo‘lib, uning asarlariga munosib bo‘lgan e’tiborni talab etar ekan, uning adabiy hamda lisoniy merosi tamal toshida zamonaviy O‘zbekiston hayotiga tegishli dolzarb fikrlar yotgani yurtimizda navoiyshunoslik sohasiga katta e’tibor berishni talab qiladi. X asr mustabid tuzum navoiyshunosligi H.Sulaymonov, I.Sulton, V.Zohidov, A.Qayumov, A. Hayitmetov, S.G‘anieva kabi zabardast olimlar mehnati bilan shakllantirildi, davrning milliy ma’naviy ildizlarga qarshi siyosatiga qaramay, adib ijodini tadqiq etish bo‘yicha mustahkam tamal toshi qo‘yildi, lekin shunday bo‘lsa ham Navoiy asarlarining progressiv xarakteri mustaqillik davri uchun inson omilining falsafiy negizlarini yorituvchi mohiyatni yanada teranroq mulohaza qilishga, Navoiyni yangidan kashf etishga bo‘lgan zaruratni namoyon etadi . Download 145.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling