Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari sharq falsafasi


Download 41.79 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi41.79 Kb.
#1524396
1   2   3
Bog'liq
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari - sharq falsafasi

Charvaka nomi bilan ataladigan qadimiy Hind falsafiy oqimi tarafdorlari, dunyoni, tabiat hodisalarini qanday bo’lsa shunday tushuntirmoq kerak, degan talabni ilgari surgan edilar. Ular nuqtai nazaricha, butun olam olov, suv, havo, tuproq yig’indisidan iborat, inson ham ana shu to’rt unsur birikmasidan tashkil topgan.
Charvaklar dunyoni hech kim yaratgan emas, balki uning zaminida moddiy elementlar birikishi yotadi, deb hisoblaydilar. Ular “o’tni kim issiq haroratli qildi, suvni kim sovuq qildi?” — degan savol berib, “bularning hammasini shu hodisalarning o’zidan qidirish kerak”, deb javob beradilar.
Xitoydagi dastlabki falsafiy ta’limotlarda dunyo abadiy va u besh unsur - olov, suv, yer, daraxt va metalldan tashkil topgan, deb uqtiriladi.
Eramizdan oldingi VII-VI asrlarda Xitoyda “dao” qonuniga binoan harakat qiluvchi “tsi” elementining mavjudligi haqida fikr yuritilgan. Xitoy mutafakkirlari fikricha, tabiat hodisalari “tsi” moddiy zarralardan tarkib topib “dao” ob’ektiv tabiiy qonuniyatga bo’ysunadi. Xitoyliklarning tabiat hodisalari qonuniyatli asosda taraqqiy qiladi, degan tasavvurlari, dunyo moddiydir, degan ta’limotga bog’liqdir. “Dao” haqidagi ta’limot falsafadagi qonun tushunchasini hosil qilishdagi dastlabki urinishdir.
Daosizm” so’zining o’zi “dao” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “yo’l”, “taraqqiyot”, “dunyo negizi” degan ma’noni bildiradi. Daosizmning asoschisi
Lao-tszi bo’lib, u dunyo abadiy harakat va o’zgarishda bo’ladi, deb hisoblagan. Masalan, Lao-tszi bu haqda bunday degan: “Ulug’ dao hamma yoqqa qarab oqadi. U o’ngga ham so’lga ham yoyilgan. U tufayli jami mavjudot tug’iladi, bu mavjudot hamisha o’zgarishda bo’lib bir joyda to’xtab qolmaydi”.
Daosizmda dunyoda qarama-qarshiliklarning bir-biriga bog’liqligi amal qiladi, tabiat hodisalari o’z-o’ziga zid holatda, aylanib rivojlanadi, degan fikr yuritiladi. Ta’kidlanishicha, go’zallik va xunuklik, balandlik va pastlik, yaxshilik va yomonlik, borliq va yo’qlik, uzun bilan qisqalik bir-birini tug’diradi, birin-ketin keladi, bir-biriga bog’liq bo’ladi, tabiatdagi barcha mavjudot, barcha hodisalar qarama-qarshiliklarni o’z ichiga oladi.
Daosizm vakillari bilishda hissiy va mantiqiy jihatlarning mavjudligi masalasini o’rtaga qo’yib, bilishda hissiyot va amaliyotning ahamiyatini kamsitib, aqlni bo’rttirib yuborganlar.
Miloddan avvalgi V-IV asrlarda vujudga kelgan konfutsiychilik qadimgi
Xitoyda keng tarqalgan falsafiy ta’limotlardan bo’lib hisoblanadi. Uning asoschisi Xitoy mutaffakiri Konfutsiy miloddan oldingi 551-479-yillarda yashagan.
Konfutsiy ta’limotiga ko’ra, odamlarning hammasi tug’ma xususiyatlarga ko’ra, bir-birlariga yaqindir. Tug’ilgandan keyin hosil qilgan xususiyatlarga ko’ra, ular bir-biridan farq qiladilar.
Konfutsiy, agar podsho osmon va dengiz kabi ulug’vor bo’lsa, xalq uni hurmatlaydi, uning aytganlariga quloq soladi va uning ishlariga xayrixohlik qiladi, deb podshohni ilohiylashtiradi. U to’g’ridan-to’g’ri, imperator — Osmon o’g’li, uning yerdagi ko’rinishi — osmonning jonli timsolidir. yer sharidagi quruqlikning markazi Osmon o’g’lidir. Har qaysi xalq o’z chegarasida bir knyazga itoat qiladi. Osmon o’g’li amrni osmondan oladi, tobe knyazlar esa, buyruqni Osmon o’g’lidan oladilar, deydi.
Konfutsiyning ta’limoticha, har bir kishi o’z zimmasidagi vazifani halol ado etmog’i lozim. Hukmdor davlatni boshqaradi, hunarmand o’z hunari bilan band bo’ladi, ota o’zining otalik burchini ado etadi. Agar hayotning mana shunday oddiy qonunlari buzilsa, davlat ich-ichidan irib-chirib ketadi. Tartib-intizom, o’zaro hurmat yo’qoladi. Mamlakatda urush janjal, fitna avj oladi. Misli ko’rilmagan yong’in ham kichik uchqundan chiqadi.
Aytib o’tilganlarning hammasi Bobil, Misr, Hindiston, Xitoy singari qadimgi Sharq mamlakatlari va boshqa davlatlarda paydo bo’lgan va rivojlana boshlagan, dastlabki falsafiy bilim va tasavvurlarning ildizlari, boshlang’ich asoslari jahon xalqlari tarixi va madaniyatining uzoq o’tmishiga borib taqalishini ko’rsatib va isbotlab turibdi.


Xulosa
O’rta Osiyoda bir necha asrlar osha yuzaga kelgan mif va afsonalar insoniyat ma’naviy madaniyati taraqqiyotiga, xususan, qaxramonlik haqidagi dostonlar paydo bo’lishiga zamin bo’lib xizmat qiladi. “To’maris”, “Shiroq”, “Zariadr va Odatida”, “Zarina va Striangiya”, “Uch og’a-ini botirlar”, “Manas”, “Qaxramon”, “Malikai Husnobod” kabi qissalar, “Alpomish”, “Qirqqiz”, “Go’ro’g’li”, “Avazxon”, “Chambil qamali”, “Oysuluv” singari dostonlarda ham milliy, ham umuminsoniy ahamiyatga ega bo’lgan falsafiy g’oyalar ilgari surilgan.
Qahramonlik haqidagi dostonlar, ertaklar, rivoyat va afsonalarning falsafiy mohiyatini belgilaydigan, ularning asosiy negizini tashkil etadigan umumiy g’oya — inson uchun jondan aziz hisoblangan muqaddas dargoh — Vatanning istiqloli, erki va mustaqilligi uchun ajnabiy dushmanlarga qarshi murosasiz kurashish jamiyat har bir a’zosining oliy insoniy burchi ekanligi haqidagi fikrmulohazalardir. O’rta Osiyo xalqlarining Eron ahmoniylari bosqiniga qarshi kurashini badiiy aks ettiruvchi To’maris va Shiroq to’g’risidagi rivoyatlar aytib o’tgan fikrimizga misol bo’ladi.



Download 41.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling