Fan: bino va inshootlar davlat kadastri


Download 314.79 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi314.79 Kb.
#1760951
Bog'liq
1 BINODAN AMALIY

FAN: BINO VA INSHOOTLAR DAVLAT KADASTRI


TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETINING IRRIGATSIYA VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI
Mavzu: Binolar va inshootlar davlat kadastri fanining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi
Reja:
1.Bino to’g’risida tushuncha
2. Binolar va inshootlar davlat kadastri

Bino — kishilarning yashashi, bilim olishi, ishlashi, hordiq chiqarishi uchun hamda maishiy va ishlab chiqarish maqsadlari, shuningdek hayvon, parrandalarni boqish va buyumlarni saqlash uchun quriladigan inshoot. Turar joy va jamoat binolari (maktab, teatr, kasalxona, magazin va hokazolar) boʻladi. Koʻpincha, umumiy tarzda fuqaro va sanoat binolari deb ataladi. Binoning asosiy qismlari: koʻtarib turuvchi konstruksiyalar (poydevorustunlardevorlar), toʻsuvchi konstruksiyalar (pardevorlaryopmalar) va tom. Bino nimaga moʻljallanganiga qarab, meʼmoriy jihatdan, qavatlilik jihatdan, ishlatiladigan qurilish materiallari jihatdan har xil turlarga (gʻishtin, paxsa devor, sinchli, koʻp qavatli va boshqalar) boʻlinadi.

  • Bino — kishilarning yashashi, bilim olishi, ishlashi, hordiq chiqarishi uchun hamda maishiy va ishlab chiqarish maqsadlari, shuningdek hayvon, parrandalarni boqish va buyumlarni saqlash uchun quriladigan inshoot. Turar joy va jamoat binolari (maktab, teatr, kasalxona, magazin va hokazolar) boʻladi. Koʻpincha, umumiy tarzda fuqaro va sanoat binolari deb ataladi. Binoning asosiy qismlari: koʻtarib turuvchi konstruksiyalar (poydevorustunlardevorlar), toʻsuvchi konstruksiyalar (pardevorlaryopmalar) va tom. Bino nimaga moʻljallanganiga qarab, meʼmoriy jihatdan, qavatlilik jihatdan, ishlatiladigan qurilish materiallari jihatdan har xil turlarga (gʻishtin, paxsa devor, sinchli, koʻp qavatli va boshqalar) boʻlinadi.

O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunining maqsad va vazifalarini ro‘yobga chiqarishning birinchi bosqichida kadrlar tayyorlashda demokratik o‘zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq keladigan o‘quv-metodik adabiyotlarning hamda ta’lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va uni joriy etish turadi. Davlat shaharsozlik kadastri mustaqil O‘zbekiston uchun tez sur’atlarda rivojlanayotgan o‘quv fanlari turkumiga kiradi. Afsuski, Yer to‘g‘risidagi qonun mustaqil diyorimizning birinchi qonunlaridan, yer esa fuqarolarimizning yashash makoni bo‘lsada, hanuzgacha Respublikamizda aholi yashash joylaridagi yer maydonlaridan foydalanishni tartibga solish borasida yagona davlat siyosatini yuritishga imkon beradigan samarali Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritishga bag‘ishlangan davlat tilida darsliklar chop etilmagan
Binolar va inshootlar davlat kadastri binolar inshootlardan samarali foydalanishni va ularni muhofaza qilishni, mulk egalarining va shu obyektlardan boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini, shuningdek binolar va inshootlarga egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat ro’yxatidan o’tkazilishini ta’minlash uchun yuritiladi. Binolar va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlari barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga egadir. Kadastr xujjatlari binolar va inshootlar bilan fuqarolik-huquqiy bitishuvlarni amalga oshirishda, ularni soliqqa tortishda, loyihalashtirishda va boshqa yuridik xarakatlarda huquqiy, iqtisodiy va texnik ma’lumotlar sifatida qabul qilinadi.
Bino va inshootlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi shaxslar davlat ro’yxatidan o’tkazishda qonun buzilishlarini bilib qolgan taqdirda, bu to’g’rida tegishli davlat organlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokraturaga xabar berishlari kerak bo’ladi.
Mulk ega bo’lgan yoki binolar va inshootlarga ashyoviy huquqlarga ega bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar ularga tegishli binolar va inshootlar davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi xujjatlarga ega bo’lishlari kerak. Odatda bino va inshootni davlat ro’yxatidan o’tkazish majburiyati mulk egasiga yoxud bino yoki inshootga ashyoviy huquqlarga ega bo’lgan shaxsga yuklanadi. Ular bino yoki inshootni davlat ro’yxatidan o’tkazish bo’yicha barcha yoki ayrim majburiyatlarini uchinchi shaxslarga yuklashlari mumkin. Bu huquqlar va majburiyatlarni ro’yobga chiqarish qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Binolar va inshootlar meros qilib olingan taqdirda binolar va inshootlarga egalik huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar merosxo’rga yoki davlat qonunchiligida belgilangan tartibda o’tgandan keyin davlat ro’yxatidan o’tkaziladi. Binolar va inshootlar davlat kadastrini tashkil etish va yuritish tuman, shaxar ko’chmas mulk kadastri xizmatiga yuklanadi.
Bu xizmat kadastr xujjatlarini va kadastr ma’lumotlarini ruxsatsiz olish va oshkor etishdan himoya qilinishini ta’minlashi zarur.
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ham an’anaviy (kadastr kitobida ro’yxatdan o’tkazish, kadastr planiga kiritish) ham avtomatlashtirilgan (ma’lumotlarning kompyuter bankini yaratish) usullarda amalga oshiriladi.
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish uch bosqichda amalga oshiriladi:
  • 1-bosqich - binolar va inshootlarning tuman, shaxar darajasidagi huquqiy, xo’jalik va me’moriy-qurilish maqomi to’g’risida ma’lumotlar tuplash va kadastr kitobida ro’yxatdan o’tkazish;
  • 2-bosqich - obyektlarni chizmad joylashtirgan holda kdastr planini tuzish;
  • 3-boskich - oldingi bosqichlarda olingan ma’lumotlarni hisobga olgan tarzda ma’lumotlarning kompyuter bazasini yaratish.


Binolar va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlari tumanlar, shaxarlar bo’yicha tuziladi, ularning xududi hisobga olish, uchastkalariga bo’linadi. Tumanlar, shaxarlar va boshqa aholi yashash punktlarining kadastr bo’linishi chegaralarni belgilash va xududlarni tuman doirasida yoxud shaxar, posyolka chegaralarini hisobga olish uchastkalariga bo’lishni bildiradi. Qoraqalpog’iston Respublikasiga, viloyatlarga Toshkent shaxriga, tumanlar, shaxarlar va aholi yashash punktlariga, shuningdek hisobga olish uchastkalariga kadastr ishlarini yuritish maqsadlarida yagona tizim bo’yicha kadastr raqami(kodi) beriladi.

Binolar, inshootlarning

  • Binolar, inshootlarning
  • KADASTR DAFTARI

Kadastr raqami

Pochta manzili

Yuridik va jismoniy shaxsning nomi

Mulkchilik shakli

Obyektning nomi

Binolar, inshootlarning___dagi holatiga ko‘ra kadastr (inventar) baholanishi

Massivning kadastr raqami

Hisobga olingan uchastkaning kadastr raqami

Yer uchastkasi maydoni

Bino, inshootlar

umumiy yer uchastkasi maydoni

shu jumladan qurilish ostidagi yer uchastkasi maydoni

Qurilish davri

Kapitalligi

Funksiyasi (mo‘ljallanganligi)

Konstruktiv turi

Imoratning holati(eskirishi, seysmik turg‘unligi)

Muhandislik jihozlanganligi

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

________________________dagi holati

Bahsli masalalar (sababi). Sanasi

Cheklanishlar, servitutlar

Joriy baholash

Mufassal hujjatlashtirilgan qanday ma’lumotlar bor va qayerda joylashgan (kadastr hujjati raqami)

(sana)

Muhandislik kommunikatsiyalari

Loyiha tipi

Maydoni

Qavatliligi

Qiymati

Nomi

Qurilish usuli va joylashuv balandligi

O‘lchov parametrlari (diametri, kesimi)

Texnik parametrlar (quvvati, bosimi, kuchlanishi)

Ahamiyati (mintaqaviy, shahar, tuman, mikrorayon,sanoat)

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

26

27

E’TIBORINGIZ UCHUN
RAXMAT!!!
Download 314.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling