Fan: Biologiya Sinf 9 Sana


Download 1.48 Mb.
bet37/43
Sana08.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1443784
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43
Bog'liq
Fan zoologiya 7

Hazm qilish sistemasi. Qushlar oziqni tumshug'i bilan cho'qila.oi. Tumshug'ining tuzilishi oziq xiliga va oziqlanish usuliga bog'liq. TisK/iri bo'lmaganligi uchun qushlar oziqni butunligicha yutadi. Birmuncha yirikroq oziqni tumshug'i bilan cho'qilab, uzib olib yutadi. Donxo'r qushlar (masalan, kaptar)larda qizilo'ngachning keyingi qismi kengayib, zaxira oziq saqlanadigan organ - jig'ildonga aylangan (84-rasm). Qushlarning oshqozoni ikki bo'limdan iborat. Oldingi bezli bo'limidan ajralib chiqayotgan oshqozon shirasi ta'sirida oziq yumshaydi. Oshqozonning muskulli ikkinchi bo'lmasida oziq maydalanadi. Qushlar yutadigan mayda toshlar oziqni maydalashga yordam beradi.
Qushlar tanasida haroratning doimiy bo'lishi va ularning uchishi juda katta energiya talab qiladi. Shuning uchun qushlar tez-tez oziqlanib turadi; hayotining ko'p qismini oziq topish uchun sarflaydi. Oziq ularning ichagida tez hazm bo'ladi Qushlar ichagi kloakaga ochiladi. Kloakaga jinsiy organlarning chiqarish yo'li va siydik yo'li ham ochiladi. Kloakada siydik axlat bilan aralashib tashqariga chiqariladiNafas olish sistemasi. Qushlar ancha murakkab tuzilgan o*pka orqali nafas oladi. Nafas olishda havo pufaklari ham ishtirok etadi (84-rasm). Pufaklar ichki organlar orasida joylashgan va o'pka bilan bog'langan. Qushlar yerda ko'krak qafasining kengayib-torayishi tufayli nafas oladi. Uchayotgan qush qanotlarining ko'tarilib tushirilishi bilan pufaklar ham kengayib-torayadi. Uchayotgan qush o'pkasida gaz almashinuvi ikki marta: havo o'pkaga kirganida va pufaklardan chiqayotgan havo o'pka orqali o'tganda sodir bo'ladi. Qush qancha ko'p marta qanot qoqsa, o'pka orqali havo aylanishi shuncha tez boradi. Shuning uchun uchayotgan qushning n?fiisi bo'g'ilmasdan, aksincha, tezlashadi. Kaptar bir minutda tinch turganida 26 marta, uchganida esa 400 marta nafas oladi. Bundan tashqari. havo pufakchalariga kiiadigan havo qushlar tanasini sovitib turadi.
Qon aylanish sistemasi ikkita qon aylanish doirasidan iborat. Yuragi to'rt kamerali: ikkita yurak bo'lmasi va ikkita qorinchadan iborat (85-rasm). Shuning uchun arteriya va vena qoni tamoman ajralgan bo'lib, yurakdan tanaga kislorodga boy arteriya qoni keladi. Qushlar yuragining ishlashi ularning harakatlanishi bilan bog'liq. Masalan, kaptarning yuragi tinch turganida 165 marta. uchganida esa 550 marta qisqaradi. Moddalar almashinuvi jarayoni qushlar organizmida juda tez kechganidan, ularning tana harorati o'rtacha 42°C ni, ayrim qushlarniki hatto 44,5°C ni tashkil etadiSezgi organlari. Qushlarning ko'zi juda yaxshi rivojlangan. Ayrim qushlarning ko'zi odamnikidan 100 marta o'tkirroq bo'ladi. Ular rangni ham yaxshi ajrata oladi. Qushlar yaxshi eshitadi, lekin hidni yaxshi ajrata olmaydiNerv sistemasi. Qushlarning bosh miyasi ancha yirik va murakkab tuzilgan (86-rasm). Ularning xilma-xil xatti-harakatlari bosh miyaning, ayniqsa, oldingi yarimsharlarning kuchli rivojlanganligi bilan bog'liq. Qushlarning miyachasi po'stlog'ida burmalar ko'p bo'ladi. Ularning xilma-xill murakkab harakatlari miyacha bilan bog'liq. Lekin ularning ko'pchilik xatti-harakatlari (urchish, uya qurish, tuxum bosish, bola boqish) tug'ma instinkt hisoblanadiQushlarning hayoti davomida ham turli xil shartli reflekslar hosil bo'lib turadi. Masalan, tuxumdan chiqqan jo'jalar dastlab ko'zga ko'ringan hamma narsani cho'qib ko'radi. Keyinchalik ular yeb bo'ladigan va yeb bo'lmaydigan narsalarni farq qilishni o'rganadi; o'z egasini taniydigan, uning ovoziga e'tibor beradigan bo'lib qoladi. Qushlarning havoda chamalab yo'l topish xususiyati ham yaxshi rivojlangan. Bu xususiyat qushlarning uchib ketishi va uchib kelishida katta ahamiyatga ega.
Qushlar turli tovushlar yordamida o'zaro aloqa qiladi. Ular sayrash bilan birga notinchlik, qo'rqinch, chaqiriq kabi holatlarni bildiruvchi tovushlar chiqarib, o'z turi individlari bilan o'zaro munosabatda bo'ladi. Qarg'a, mayna, qorayaloq va ayniqsa to'tilar ayrim so'zlar va hatto iboralarni eslab qolib. takrorlashi mumkin
Uyga vazifa O`qib o`rganish

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling