Fan: Biologiya Sinf 9 Sana
Fan:Zoologiya Sinf 7 Sana
Download 1.48 Mb.
|
Fan zoologiya 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars uslubi
- Reja asosida dars bosqichlari
Fan:Zoologiya Sinf 7 Sana
DARS № 50 Darsning mavzusi: Qushlarning ko'payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi Darsning maqsadlari: A) Ta`limiy: O`quvchilarga qushlarning ko'payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi haqida tushunchalar berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat,ajdodlarga sadoqat ruhida tarbiyalash V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarga mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish Dars turi: A) kirish darsi B)boshlang'ich materiallar bilan tanishish darsi C)Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi D)Bilim, ko'nikma, malakalarni mustahkamlash darsi E) Takrorlash va umumlashriruvchi dars F) Nazorat-tekshiruv darsi G) Aralash tipdagi dars H) Olingan bilimlarni amaliyotga qo'llash darsi Dars uslubi: a) og'zaki b) yozma c) ko'rgazmali-amaliy Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi, aqliy hujum, muzyorar Darsning jihozi Darslik, ko`rgazma, kompyuter, test varaqlari, nazorat ishi variantlari DARSNING BORISHI: I.Tashkiliy qism: Psixologik iqlim yaratish;
Ko'payish davri. Qishki sovuq kunlar o'tib, havo isiy boshlashi bilan qushlar ko'payishga tayyorgarlik ko'ra boshlaydi. Ayrim qushlar erta bahorda, boshqalari esa bahorning o'rtalarida ko'payishga kirishadi. Qushlarning ko'payish davri tuxumdan chiqadigan jo'jalar uchun oziqning mo'l-ko'l bo'lishiga bog'liq Juft hosil qilishi. Ko'pchilik qushlarning erkagi va urg'ochisi ko'payish davrida juft hosil qiladi. Maydaroq qushlar, masalan, ko'pchilik chumchuqsimonlar va musichalaming jufti faqat bir mavsum. yirtqichlar va boshqa yirik qushlar (laylaklar. qarqaralar) jufti uzoq yillar davomida saqlanib qoladi. Bir qancha qushlar bitta erkak \a bir necha urg'ochilardan iborat gala hosil qiladi. Ayrim tovuqsimonlar (qurlar, karqurlar) vaqtinchalik juft hosil qiladi. Qushlar jufti saralanib tanlanadi. Erkak qushlar juftlanish oldidan sayraydi yoki raqsga tushayotgandek harakatlar qilib, urg'ochisini taklif etadi. Karqurlar va qurlaming xo'rozlari ochiq maydonda o'zaro bahs qilish uchun to'planishadi. Ular qanotlari va dumini yoyib. o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. Bu vaqtda ular o'rtasida qisqa muddatli jang ham bo'lib o'tadi. Uya qurishi. Ko'pchilik qushlar tuxum qo'yish uchun uya quradi (87-rasm). Yirtqich qushlar, laylaklar, kaptarlar, go'ngqarg'alar novda va butoqlardan oddiy kosasimon uya quradi. Qizilishton va chittak kabi o'rmon qushlari daraxtlarning kovagida, o'rdak va turnalar yerda uya quradi. Qishloq qaldirg'ochlari uylarning bo'g'oti ostidagi yog'och to'sinlar ustiga yoki devorga yumaloqlangan loyni so'lagi bilan yopishtirib uya quradi. Ayrim qushlar, masalan, kakku, kayra uya qurmaydi. Kakku tuxumini boshqa qushlarning uyasiga tashlab ketadi. Kayra yalong'och qoyaga tuxum qo'yib, uni bosib yotadi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling