Fan: Biologiya Sinf 9 Sana


Download 1.48 Mb.
bet42/43
Sana08.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1443784
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
Fan zoologiya 7

Qushlarni halqalash. Qishlov joyi, uchib ketish yo'li, tarqalishi va umr ko'rishini aniqlash maqsadida qushlar halqalanadi. Buning uchun qushning oyog'iga halqalash markazining manzili yozilgan yengil halqa kiydiriladi va yana uchirib yuboriladi. Halqalangan qushni tutib olgan kishi halqani yechib olib, uni xat orqali ko'rsatilgan manzilga yuborishi kerak. Halqalash tufayli O'rta Osiyo laylaklarining Shimoliy Hindistonda, Yevropa laylaklarining Janubi-Sharqiy tropik Afrikada; bulbullarning tropik Afrikada, qaldirg'ochlarning Afrika va Hindistonda qishlashi aniqlangan.
Uyga vazifa O`qib o`rganish


Fan:Zoologiya Sinf 7 Sana
DARS № 52
Darsning mavzusi: Qushlarning xilma-xilligi: voha va cho'l qushlari
Darsning maqsadlari:
A) Ta`limiy: O`quvchilarga Qushlarning xilma-xilligi: voha va cho'l qushlari haqida tushunchalar berish.
B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat,ajdodlarga sadoqat ruhida tarbiyalash
V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarga mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Dars turi: A) kirish darsi
B)boshlang'ich materiallar bilan tanishish darsi
C)Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi
D)Bilim, ko'nikma, malakalarni mustahkamlash darsi
E) Takrorlash va umumlashriruvchi dars
F) Nazorat-tekshiruv darsi
G) Aralash tipdagi dars
H) Olingan bilimlarni amaliyotga qo'llash darsi
Dars uslubi: a) og'zaki b) yozma c) ko'rgazmali-amaliy
Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi, aqliy hujum, muzyorar
Darsning jihozi Darslik, ko`rgazma, kompyuter, test varaqlari, nazorat ishi variantlari
DARSNING BORISHI:
I.Tashkiliy qism: Psixologik iqlim yaratish;



Reja asosida dars bosqichlari

Saflangan vaqt

1

Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish

10 min

2

Yangi darsning borishi:

20 min

3

Dars samarasi haqida o'quvchilar bilan suhbatlashish

10 min

4

Uyga vazifa berish, xayrlashish

5 min

Voha qushlari. Shahar va qishloqlarimizdagi bog' va xiyobonlar. dalalar va o'tloqlarda xilma-xil qushlar orasida chumchuqsimonlar ko'pchilikni tashkil etadi.
Chumchuqsimonlar turkumi. Bu turkumga qaldirg'och, go'ngqarg'a, chug'urchuq, bulbul, chumchuq va boshqa qushlar kiradi. Ularning erkagi yirik va rangli bo'lishi, ovozi va boshidagi tojga o'xshash patlari bilan urg'ochilaridan ajralib turadi. Chumchuqsimonlar barcha qushlar turining deyarli yarmini o'z ichiga oladi Qaldirg'och tanasining orqasi ko'kimtir-qora, qorin tomoni oq, peshona va bo'yini qizg'ish-qo'ng'ir; qanotlari ingichka va uzun; uzun dumi ikkiga ajralgan bo'ladi. Uning oyoqlari kalta va kuchsiz rivojlangan; yassi va qisqa tumshug'i juda keng ochiladi. Qaldirg'och tumshug'i yordamida havoda uchayotgan hasharotlarni tutadi.
Qaldirg'och ayvon peshtoqi yoki shift ostidagi to'sinlarga, ba'zan devorga ham so'lagi bilan aralashtirilgan loydan uya quradi. Uyaga 4 - 6 ta tuxum qo'yib. urg'ochisi bosadi. Bolalarini hasharotlar bilan oziqlantiradi. Qaldirg'ochlar deyarli butun kunni havoda o'tkazadi. O'ljasini ham havoda tutadi. Uchib ketayotgan qaldirg'och suv yuzasiga tegib o'tib. cho'miladi va suv ichadi.
Chumchuqsimonlardan eng yirik turlari go'ngqarg'a, zog'cha va olaqarg'a hisoblanadi. Go'ngqarg'a qishlash uchun shimoliy hududlardan o'lkamizga uchib keladi; mart oylarida esa uchib ketadi. Qish kezlari go'ngqarg'alar zog'chalar bilan birga katta gala hosil qiladi. Bunday gala baland daraxtlarning shoxida tunaydi.
Chumchuqsimonlaming ko'pchilik turlari - hamma narsalami yeydigan parrandalar. Masalan, chug'urchiqlar ko'pincha dalalardagi hasharotlarni terib yeydi, ammo pishiqchilik davrida rezavor mevalami cho'qiydi. Ko'pchilik donxo'r qushlar bolalarini hasharotlar bilan oziqlantiradi. Chumchuqsimon qushlardan ayniqsa hasharotxo'rlar qishloq xo'jaligiga katta foyda keltiradi. Ular juda ko'p miqdorda zararkunanda hasharotlarni qiradi. Qaldirg'ochning bitta oilasi yoz mavsumida 1 mlnga yaqin hasharotlarni qiradi. Ayrim chumchuqsimonlar (masalan, chumchuqlar, chug'urchiqlar) pishiqchilik davrida meva va donlarni yeb. birmuncha ziyon keltiradi.
К a p t a r s i m о n 1 a r turkumi. Shahar va qishloqlarimiz ko'chalari va xiyobonlarida ko'k kaptar va musicha ko'p uchraydi. Ko'k kaptar to'kilgan donlar, yovvoyi o'tlarning urug'ini terib yeydi: jarliklar. qoyalar. tashlandiq imorat va baland binolarning chordoqlariga uya quradi. Ko'k kaptar xonaki kaptar zotlarining nasi boshi hisoblanadi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling