Fan: Biologiya Sinf 9 Sana


Download 1.48 Mb.
bet33/43
Sana08.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1443784
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Bog'liq
Fan zoologiya 7

Gavda bo'limlari. Kaptarning gavdasi bosh, bo'yin. tana va oyoqlardan iborat (80-rasm). Uncha katta bo'lmagan yumaloq boshi uzun va juda hara­katchan bo'yin orqali tanaga tutashgan. Kaptar bo'ynini burib oziqni cho'qishi, tumshug'i bilan qorni, qanotlari. orqasi va dumidagi patlarini tozalashi mumkin. Qushlar uchayotganida yoyilgan qanotlar ko'tarish yuzani hosil qiladi (81-rasm). Qushlar oyoqlarining pastki qismi - iligi va barmoqlari muguz tangachali dag'al teri bilan qoplangan. Kaptar faqat oyog'iga tayanib yerda yuradi Tana qoplag'ichi. Qushlar terisi pat bilan qoplangan. Patlar tuzilishiga ko'ra kontur patlar va paiiarga bo'linadi. Kontur patlar vazifasiga binoan kontur-qoplag'ich(tana yuzasidagi patlar), qoqish (qanotlar), boshqarish (dum). momiq patlarga ajratiladi. Pat ingichka va qattiq o'zakdan hamda uning ikki tomonida joylashgan keng va yumshoq yelpig'ichdan iborat. Pat yelpig'ichi o'zakdan chiqib. ketma-ket ikki marta shoxlanadigan muguz o'siqchalarning qalin to'ridan hosil bo'ladi. Pat o'qining pastki yelpig'ichsiz uchi teridagi pat xaltasiga kirib turadi. Pat o'zagidan chiqadigan 1-tartib o'siqchalar o'zaro parallel joylashgan. Har bir o'siqchaning ikki yonida yanada ingichkaroq 2-tartib o'siqchalar joylashgan. Bir-birining ustiga tushib turadigan yondosh o'siqchalar juda mayda ilgakchalar yordamida qo'shilib ketgan (82-rasm). Patlar yengil, egiluvchan va deyarli havo o'tkazmaydigan bo'ladi. Qushlar uchganida qanot va dumidagi qoqish va boshqarish patlari bir-birining ustiga cherepitsa singari tushib, ko'tarish yuzasini hosil qiladi. Qoplag'ich patlar ostida momiq patlar joylashgan. Momiq patlaming yelpig'ichi yumshoq va g'ovak bo'ladi; 2-tartib o'siqchalari bo'lmaydi. Bundan tashqari, suv qushlarida parlar ham bo'ladi. Parlarning o'zagi juda kalta, o'siqchalari uning uchida mo'yqalam singari joylashgan. Parlar tanadagi issiqlikni yaxshi saqlaydi. Qushlar tullaganida ularning eski patlari to'kilib, o'rniga yangi patlari hosil bo'ladi.
Qushlar terisida bezlar rivojlanmagan; faqat suv qushlarining dumi asosida dumg'aza bezi bo'ladi. Qush tumshug'i bilan bu bezdan yog'simon suyuqlikni siqib chiqarib, patlariga surkab turadi. Yog" patlarni egiluvchan va qayishqoq qiladi. Suvda suzadigan qushlaming yog'langan patlari suv yuqtirmaydigan bo'ladi. Qushlarning patsiz oyoq iligi terisidagi mayda tangachalar sudralib yuruvchilar terisidagi muguz tangachalarga o'xshaydi. Ularning patlari, tumshug'i, tirnoqlari ham muguzdan iborat
Uyga vazifa O`qib o`rganish

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling