Fan: Biologiya Sinf 9 Sana
Fan:Zoologiya Sinf 7 Sana
Download 1.48 Mb.
|
Fan zoologiya 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars uslubi
- Reja asosida dars bosqichlari
Fan:Zoologiya Sinf 7 Sana
DARS № 47 Darsning mavzusi: Ko'k kaptarning tashqi tuzilishi Darsning maqsadlari: A) Ta`limiy: O`quvchilarga Ko'k kaptarning tashqi tuzilishi haqida tushunchalar berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat,ajdodlarga sadoqat ruhida tarbiyalash V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarga mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish Dars turi: A) kirish darsi B)boshlang'ich materiallar bilan tanishish darsi C)Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi D)Bilim, ko'nikma, malakalarni mustahkamlash darsi E) Takrorlash va umumlashriruvchi dars F) Nazorat-tekshiruv darsi G) Aralash tipdagi dars H) Olingan bilimlarni amaliyotga qo'llash darsi Dars uslubi: a) og'zaki b) yozma c) ko'rgazmali-amaliy Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi, aqliy hujum, muzyorar Darsning jihozi Darslik, ko`rgazma, kompyuter, test varaqlari, nazorat ishi variantlari DARSNING BORISHI: I.Tashkiliy qism: Psixologik iqlim yaratish;
Skeleti. Ko'k kaptar va boshqa qushlarning skeleti bosh, umurtqa pog'onasi, qanot, oyoq hamda yelka va chanoq kamarlari skeletidan iborat (83-rasm). Skeletning tuzilishi qushlarning uchishga moslashganligini aks ettiradi. Naysimon suyaklarning bo'shlig'ida havo bo'lganligi tufayli juda yengil bo'ladi. Bir qancha suyaklar qo'shilib o'sganligi tufayli qushlar skeleti sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan ancha pishiq va mustahkam bo'ladi. Bosh skeleti yumaloq bosh qutisi. yirik ko'z kosasi, yuqori va pastki jag'lardan iborat. Jag'lar muguz bilan qoplangan tumshuqqa aylangan; tishlar bo'lmaydi. Bosh skeletida faqat pastki jag' harakatchan bo'ladi. Umurtqa pog'onasining bo'yin bo'limi uzun bo'lib, o'zaro harakatchan birikkan umurtqalardan tashkil topgan. Qush boshini orqaga 180° ga burushi, tanasini qimirlatmasdan va egmasdan atrofidagi oziqni cho'qilashi mumkin. Ko'krak umurtqalari o'zaro harakatsiz birikkan. Bel, dumg'aza va dum umurtqalari o'zaro birikib, yagona dumg'aza suyagini hosil qiladi. Dum suyagi qushlarning dumidagi burilish patlari uchun tayanch bo'ladi. Umurtqa pog'onasining ko'krak bo'limi qovurg'alar va to'sh suyagi bilan birga ko'krak qafasini hosil qiladi. To'sh suyagining pastki tomoni kengayib. qayiqqa o'xshash ko'krak toj suyagini hosil qiladi. Bu suyakka qanotlami harakatga keltiradigan muskullar birikadi. Qovurg'alaming bir uchi ko'krak umurtqalari, ikkinchi uchi to'sh suyagi bilan harakatchan qo'shilgan. Qanotlar kamari ko'krak tirgak. kurak va o'mrov suyaklaridan iborat. O'mrov suyaklarining pastki uchi tutashib, ayrini hosil qiladi. Qanot skeleti bitta yelka, ikkita bilak (tirsak va bilak) va bir necha panja suyaklaridan tashkil topgan. Qushlarning qanotida faqat uchta barmoq bo'ladi, bu bilan ular suvda hamda qumqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilarning besh barmoqli oldingi oyoqlaridan farq qiladi. Qanotidagibir necha mayda panja suyaklar qo'shilib, yaxlit bitta suyakni hosil qiladi. Barmoqlar sonining kamayishi va mayda suyaklarining qo'shilishi tufayli panja suyagi mustahkam bo'ladi. Qushlar uchganida eng ko'p og'irlik ana shu suyakka tushadi. Oyoq kamari skeleti uch juft chanoq suyagidan tashkil topgan. Bu suyaklar ir ш-tqa pog'onasining bel va dumg'aza bo'limlari hamda oldingi dum umurtqalari bilan harakatsiz qo'shilib ketgan. Kaptar oyoqlarining skeleti yo'g'on son, ikkita boldir hamda ilik va barmoq suyaklaridan iborat. Ilik suyagi faqat qushlar uchun xos bo'lib, bir necha mayda suyaklarning birikishidan hosil bo'ladi. Ilik suyagining pastki uchiga barmoq suyaklari kelib tutashgan. Ilik suyagi qush tanasini yerdan dast ko'tarib turadi va qo'nayotganda tanaga beriladigan zarbani kamaytiradi. Muskullari. Bir juft katta ko'krak muskullari qushlar tanasidagi eng yirik muskullar hisoblanadi. Massasi boshqa barcha muskullar massasiga teng keladi. Ko'krak muskullarining bir uchi yelka suyagiga, ikkinchi uchi ko'krak toj suyagiga birikadi. Katta ko'krak muskullari qisqarganida qanodar tushiriladi. Bu muskullaming ostida joylashgan birmuncha kuchsiz o'mrov muskullarining qisqarishi tufayli qanotlar ko'tariladi. Yaxshi rivojlangan oyoq muskullari qushlarning yerda harakatlanishiga yordam beradi. Oyoq bo'g'imlari orqali paylar o'tgan. Paylar uchi barmoqlarga birikadi. Qush shohga qo'nganida bu paylar tortiladi va barmoqlar siqilib, shoxni mahkam ushlab turadi. Shuning uchun qushlar daraxt shoxida bemalol o'tirishi va yiqilib tushmasdan uxlashi mumkin. Uyga vazifa O`qib, o`rganish Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling