Fan bo‘yicha mustaqil ish mavzulari


 INSONNING MA'NAVIY KAMOLOTIDA


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana09.04.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1346415
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Falsafa mustaqil ishlar asosiy

2. INSONNING MA'NAVIY KAMOLOTIDA 
FALSAFIY 
 
DUNYOQARASHNING ROLI
. Falsafa insoniyatning bir necha ming yillik 
tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan madaniyatining ajralmas tarkibiy 
qismi bolib, ilmiy bilimlar orasida muhim orin tutadi. U borliqning umumiy 
rivojlanish qonuniyatlarini organib, kishilarda olam haqida yaxlit ilmiy 
tasavvur hosil qiladi. 
Falsafa dunyoqarash xarakteridagi fan hisoblanadi. Dunyoqarash esa 
kishilarning olam va uning ozgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, 
siyosiy, huquqiy, ax-loqiy, estetik, diniy qarashlari va tasavvurlari majmuidan 
iborat. 
Odatda, falsafani organishga kirishuvchi har bir kishida, qanday bolmasin, 
falsafa togrisida oziga xos biron bir tasavvur mavjud boladi. Bu tasavvurni u 
oz hayoti davomida: oilada, maktabda, kundalik turmushda, oz atrofidagi 
kishilar, narsalar, buyumlar bilan bolgan munosa-batlari asosida, u yoki bu 
manbani oqishi, boshqa kishi-lardan eshitishi, kinofilmlarni korishi orqali hosil 
qilgan boladi. Kishi bunda ozining hayoti, yashashi, hayotdagi orni, kundalik 
ishlari haqida, hayotdagi 
quvonch va sevinch-lar
, gam-tashvishlar, baxt va 
baxtsizlik haqida, kishilarning dunyoga kelishi, yashashi va olamdan otishi 
haqida malum ta-savvurga ega bolib boradi. Shu asosda u dunyo haqida
undagi predmet va hodisalar haqida, ozining ularga va ularning oziga 
munosabatlari haqida oz ongida muayyan tasavvurlar va tushunchalarni hosil 
qila boradi. Bu tasavvur va tushunchalar uning ozi yashayotgan dunyoni 
qanday tushunishi, ozining kim-ligi, uning dunyoga va oz atrofidagi kishilarga 
munosabat-larini ifodalaydi. Bular dunyo togrisidagi oddiy ong, oddiy 


qarashlardir. Aslida mana shu oddiy qarashlardayoq falsafa-ning ilk kurtaklari 
mavjud boladi. 
Kishilarning dunyoni va unga bolgan oz munosabatlarini organishi ularning oz 
turmush tajribalari aso-sida ongli va ongsiz ravishda yuzaga kelgan 
tasavvurlari va qarashlari oz miyalarida qayta ishlanib, chuqur oylagan, 
nazariy
ozlashtirilgan, ularning etiqodlariga
aylangan oziga 
xos dunyoqarashning paydo bolishiga olib kelgan. 
Dunyoqarash, bu avvalo, insonning zaruriy ravishda dunyoni 
anglashi

tushunishi, bilishi natijasida yuzaga keladigan qarashlar sistemasidir. 
Dunyoqarash dunyoning inson ongida oziga xos inikosi bolib, u insonning 
dunyoni va oz-ozini anglashining alohida shaklidir. Dunyoqarash inson-ning 
uni qurshab turgan dunyoga bolgan munosabatlarini ifodalaydigan muayyan 
konikmalari, bilim-laridir. Dunyoqarash, shu bilan birga, insonning dunyoni 
malum darajada tushu-nishi, anglashi, bilishi, baholashi va shular asosida 
dunyoni amaliy ozlashtirishi hamdir. U insonning dunyoni bir butun yoki turli-
tuman holda korishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, tushunishi, insonning 
dunyodagi oz orni va rolini belgilashi hamdir. 
Dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Bu jihatdan har bir davrning, 
har bir avlodning, har bir kishining, har bir jamoaning, har bir sinfning oziga 
xos dunyoqarashi boladi. Shunga kora dunyoqarash oziga xos alohida, 
maxsus va umumiy xususiyatlarga ega. Dunyoqarashning ijtimoiy ozozini 
anglash sifati-dagi oziga xos xususiyati shundaki, u hayotiy mu-him hodisa 
va voqealarga kishi va kishilarning, ularning oz hayotiy maqsad va 
manfaatlari asosida shaxsiy mavqelaridan kelib chiqqan holdagi 
munosabatlarining ifodalanishidir. Shunga kora dunyoqarash insonning 
dunyoni oddiy umumlashtirib aks ettirishi bolmay, balki u dunyoni insonning 
amaliy qayta ozlashtirishining natijasi sifatidagi bilimlaridir. Dunyoqarashning 
oziga xos xususiyatlaridan biri haqiqat, yani olamning haqiqiy manzarasini, 
holatini bilishdan iborat. 
Dunyoqarash bir butun uyushma bolib, ozida uch asosiy holatni: bilish - 
baholash - hatti-harakatni birlashtiradi. Xuddi shuning uchun ham 
dunyoqarash individual, jamoaga xos, ommaga xos boladi. Dunyoqarashning 
3-ta eng muhim tomoni mavjud. Ular qoyidagilardan iborat: 
Dunyoni his qilish; 
Dunyoni tasavvur qilish; 
Dunyoni tushunish. 


Kishilarning aqliy va hissiy tajribalari dunyoqa-rashning turli shakllarida turli 
tarzda oz ifodasini topadi. Uning hissiy-ruhiy tomonini dunyoni his etish deb 
atasak, kishining olam haqidagi tasavvurlarini dunyoni id-rok qilish deymiz. 
Dunyoqarashning intellektual tomonini dunyoni tushunish tashkil etadi. 
Dunyoqarashning 2 ta eng muhim qutbi mavjud: 
1. Aqliy (aql), 
2. Hissiyot (hissiy). 
Turli dunyoqarashlarning «aqliylik koeffitsienti» tur-licha boladi. 
Shuningdek

ularning his-tuygularga asoslanganligi darajasi ham farq qiladi. Biroq bundan 
qatiy nazar, har qanday dunyoqarash ikkala qutbni ham oz ichiga oladi. hatto 
eng yetuk dunyoqarash ham faqat aqliylik kompo-nentidan iborat emas va 
aksincha hatto eng rivojlanmagan dunyoqarash ham faqat his-tuygulardan 
iborat emas, chunki dunyoqarash birgina aql mahsuli emas, u inson his-
tuygulariga asoslanadi va aksincha. 
Dunyoqarashning 2 ta darajada namoyon boladi: 
1. Kundalik ong; 
2. Nazariy ong. 
Dunyoqarash integral tuzilma bolib, uning barcha eleme-ntlari ozaro 
aloqadordir. Dunyoqarash strukturasida eng asosiy orinni umumlashtirilgan 
bi-limlar egallaydi. Ushbu bilimlar hajmi qanchalik katta bolsa, inson 
dunyoqarashi ham shunchalik keng boladi. 
Umuman, dunyoqarash-bu kishilarning faqat dunyo togrisidagi hozirgi aniq 
tasavvurlari va tushunchalari hamda bi-limlarining yigindisidan iborat 
bolmay, balki u butun insoniyat hayoti sharoitining anglab olinishini ham, 
butun qadriyatlar sistemasini ham, otmish obrazlari, hozirgi realliklarni, 
kelajakning moljallarini ham oz ichiga oladi. Dunyoqarash, shu bilan birga, 
ozida kishi-larning u yoki bu turmush tarzini moljallashi yoki rad qilishi, 
ularning axloqiy yurish-turish meyorlaridan tortib, bir butun madaniyatgacha 
bolgan hamma manaviyliklarni mujassam-lashtirgan boladi. Dunyoqarashda 
butun insoniyat hayotiga oid manaviylik bilan bahramandlik, kishilarning 
insoniyat hayotining mazmunini anglash tajribasi, oz taraqqiyotida 
nimalarnidir butunlay uloqtirib tashlash, nimalarnidir juda avaylab asrash 
kabi xususiyatlar ham boladi. 


Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonning amaliy bilish faoliyati ham 
rivojlanib boradi. Bu oz navbatida dunyoqarashning ham rivojlanishini taqozo 
qiladi. Insonning dunyoni amaliy ozlashtirishining ozgarib bo-rishi bilan uning 
ongidagi inikos bolgan dunyoqarash ham ozgarib, 
rivojlanib
, yangi-yangi 
tarixiy shakllari paydo bolib boradi. 
SHunday qilib dunyoqarash-bilim va baho; aql va his-tuygu, dunyoni 
tushunish va uni his qilish, aql-farosat bilan isbotlash va ishonch, etiqod va 
etiqodsizlik, shaxsiy va ijtimoiy, individual va ommaviy, ananaviy va 
noananaviy (ijodiy) fikrlashning murakkab qarama-qarshi to-monlarining 
yigindisidir. 
Dunyoqarashning 3 ta asosiy turi yani tarixiy tiplari bor: 
a) mifologik dunyoqarash; 
b) diniy dunyoqarash; 


v) falsafiy dunyoqarash. 
Dunyoqarashning dastlabki tarixiy tipi mifologik dunyoqarashdir. 
Mifologik dunyoqarash (mifologiya-yunoncha: mitos-naql, rivoyat; lagosfikr, 
talimot degani) ijtimoiy taraqqiyot-ning eng boshlangich bosqichlariga xos 
bolgan insonning dunyoni tushunishining oziga xos usuli sifatida paydo 
bolgan dunyoqarashning dastlabki shaklidir. Mifologik dunyoqarash odatda 
oz ifodasini osha qadimgi davr kishilari tomonidan yaratilgan, toqilgan 
naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgandir. 
Har bir xalqda ozining uzoq tarixiy otmishiga xos rivoyatlar va afsonalar 
mavjud. Ularda bu xalqlarning ijtimoiy hayoti, turmush va fikr tarzlari, 
ijtimoiy-iqti-sodiy va madaniy munosabatlari hayoliy tarzda xudolar, ilohiy 
kuchlar va afsonaviy qahramonlar obrazlarida gay-ritabiiy, yovuz kuchlarga 
qarshi kurash olib boradilar. Oqibatda, bu kurashlarda doimo adolat va 
haqiqat tantana qiladi. Bunday rivoyat va afsonalar dastlabki paytlarda xalq 
ogzaki ijodi namunalarida, keyinchalik yozuvning paydo bolishi bilan taraqqiy 
topgan xalqlarda oziga xos adabiy asarlarda oz ifodasini topadi. Bunga misol 
sifa-tida biz qadimgi yunon eposlari-«Iliada» va «Odessiya»ni, hind eposi 
«Ramayana»ni, qirgiz xalqining eposi «Manas»ni, ozbek xalqi eposi 
«Alpomish» va shu kabilarni keltirishimiz mumkin. Bu eposlarda osha 
xalqlarning ot-mishdagi ijtimoiy-iqtisodiy 
va manaviy hayoti
, ularning 
madaniyati, urfodatlari, ananalari, axloqiy, diniy, este-tik, huquqiy, siyosiy 
qarashlari va tasavvurlari oz ifodasini topgandir. Bir soz bilan aytganda, 
bunday yodgorlik-larda ifodalangan rivoyat va afsonalarda qadimgi jamiyat 
xalqlari dunyoqarashining shakllanishi oziga xos korinishda oz aksini topgan. 
Mifologik dunyoqarashning birinchi xillari asosan olamning paydo bolishi, 
uning tuzilishi, tabiat, jamiyat hodisalarining yuz berishi, dunyoning 
boshqarilishi, dunyo-dagi predmet va hodisalarning ozaro boglanishlari va 
munosabatlari, dunyoning halokati masalalari va muammolariga 
bagishlangandir. 
Afsona va rivoyatlarning ikkinchi xillari esa insonning paydo bolishi, uning 
yashashi, insonning dunyodagi orni, uning ishlari, tabiat kuchlari bilan olib 
borgan kurashi, uning manaviy kamoloti sari intilishlari, nihoyat, insonning 
olimi va shu kabi muammolarga bagishlangan. 
Umuman, rivoyat va afsonalar oz tematikasi jihatdan xilma-xil va 
rangbarangdir. Lekin bu rivoyat va afsonalar, baribir qanday mavzuga, 
qanday sohaga oid bolmasin, ular mifologik ong darajasidagi qadimgi 
dunyoqarashning asosiy shakli-mifologik dunyoqarashni ifodalagan. Bu 


dunyoqarash qadimgi dunyo kishilarining ozlaricha osha 
davrga xos dunyoni 
tushunish
, idrok qilish va uni izohlashi sifatida turli vazifalarni bajargan. 
Birinchidan, bu dunyoqarash malum xalqning, malum ijtimoiy jamoaning 
umumiy qarashlarining shakllanishi bolgan bolsa, ikkinchidan, bu 
dunyoqarash ozida jamiyatning malum manaviy, madaniy qadriyatlarini 
(axloqiy, estetik, diniy, badiiy, ilmiy, falsafiy va boshqa-lar) 
mujassamlashtirgan edi. Uchinchidan, bu dunyoqarashda tabiat va 
jamiyatning, olam va odamning bir butun borligini umumiy birligi, ichki va 
tashqi aloqadorligi, insonning ichki manaviy dunyosining manzarasi, garchi 
hali chuqur bolmasa ham, ozining dastlabki ifodasini topadi. 
Dunyoqarashning ikkinchi tarixiy tipi diniy dunyoqarashdir. 
Diniy dunyoqarashning asosiy va hal qiluvchi belgisi-ilohiy kuchlarga 
ishonish, butun olam, barcha mavjudot, insoniyat dunyosining Xudo 
tomonidan yaratilganligini va boshqarilishini etirof etish, Xudoga, ruhlarga 
siginishdan iboratdir. 
Diniy dunyoqarashning oziga xos xususiyati shundaki, u tabiiy va ijtimoiy 
hodisalar mohiyatini ularning ozidan emas, balki tabiatdan tashqari sabablar, 
xudoning qudrati bilan tushuntiradi. U hamma narsada va har qaerda ilohiy 
kuch-larning tasiri, 
mojizaviy kuch bor
, deb pisanda qiladi. 
Umuman din oziga xos dunyoqarash bolishi bilan birga, u murakkab manaviy 
tuzilma sifatidagi ijtimoiy-tarixiy hodisa hamdir. 
Din ijtimoiy hodisa sifatida jamiyatda muayyan ij-timoiy vazifalarni ham 
bajaradi. Dinning ijtimoiy vazifalarini aniqlash va tushunish, birinchidan, uni 
xayoliy mushohaza sifatida gnoseologik baholashga, ikinchidan, di-niy 
etiqodlarni zaruriy ravishda keltirib chiqargan ijtimoiy ehtiyojlarni aniqlashga 
yordam beradi. Bu shuni korsatadaki, biron jamiyatning dinga ehtiyoji, eng 
avvalo, kishilarning ozlarining amaliy ojizligi, chorasizligini xayolan 
qondirishga bolgan ehtiyojidan kelib chiqadi. Shunga muvofiq, dinning 
kishilarni xayoliy taskin toptirish vazifasi kelib chiqadi. Uning kishilar kongliga 
dalda berishi, ularni sabrli, qanoatli qilishi, ularni azobuqubatlardan 
qutqarishi, qiyinchiliklarni bartaraf etishda ruhiy madad bolish vazifasi ham 
bor. Bu dinning xayoliy-kompensatorlik vazifasi deyiladi. 
Din axloqiy meyor va korsatmalar yordami bilan kishilarning xulq-atvorini 
belgilash va boshqarish vazifasiga ham ega. Bu dinning regulyativ vazifasini 
tash-kil etadi. Din shu bilan birga, bir dindagi va turli dindagi kishilar ortasida 
malum munosabatlar va aloqalar orna-tishda ham muhim rol uynaydi. Bu 
dinning kommunikativ vazifasidir. 


Din, bundan tashqari, diniy talimotlar umumiy-ligini mustahkamlash uchun 
kurash ham olib boradi. U kop hollarda jamiyatdagi ijtimoiy 
munosabatalarning mavjud sistemasini saqlashga yordam beradi. Bunda 
dinning integ-rativ vazifasi oz ifodasini topadi. 
Din kop vazifali, kop rejali, kop tomonli hodisadir. U jamiyat taraqqiyotining 
oziga xos qonuniyatlari asosida paydo bolgan, shuning uchun uning mohiyati 
va taq-dirini ham ayni paytda ijtimoiy jarayonlar belgilaydi. 
Hozirgi kunda fan va texnika yuksak 
rivojlangan bir sharoitda
, gayritabiiy 
kuchlarning mavjudligi goyalari tobora zaiflashayotgan bir sharoitda, dinning, 
diniy dunyoqarashning, diniy goyalarning butun dunyodagi turli mamla-katlar 
va regiondagi xalqlarning ijtimoiy ongiga otkazayotgan tasiri hamon 
yuqoridir. Bu, oz navbatida, dinning «inson dunyosi»da hozirgi insonlar 
uchun juda zarur bolgan insoniyatning boy hayotiy tajribalarini oziga xos aks 
ettirishi bilan, ozida emotsional-hissiy obrazlarga asoslangan tasavvurlar va 
kechinmalarni, hayotiy meyorlarni, axloqiy ideallarni va umuminsoniy 
qadriyatlarni saqlab kelishi bilan chambarchas bogliqdir. Otmishda din 
kishilarni manaviy jihatdan yuksal-tiruvchi, ularning manaviy kamolotida 
oziga xos katta rol oynab kelgan. Bundan tashqari, u insoniyat manaviy 
madaniyatining ham malum bir qismini tashkil etgan. Shuning uchun dinni 
ijtimoiy hayot bilan boglab, manaviy hodisa sifatida organish, izohlash va 
tushuntirish lozim. 
Umuman, din dunyoqarash sifatida falsafaga yaqin turadi, diniy dunyoqarash 
falsafiy dunyoqarash bilan cham-barchas bogliqdir. Ular dunyoqarash-ning 
shakllari sifatida ozaro umumiy birlikka ega bolib, uning turli ijtimoiy-tarixiy 
tiplari sifatida bir-birlaridan tubdan farq ham qiladi. Ozining insoniy tash-
vishlarga, ishonch va umidlarga, faqatgina etiqodga ustun darajada etiborini 
qaratuvchi diniy dunyoqarashdan farqli ravishda, falsafiy dunyoqarash 
insonning dunyoni aql va bilim asosida tushuntiruvchi intellektual 
tomonlariga koproq etibor beradi. 
Dunyoqarashning uchinchi tarixiy tipi falsafiy dunyo-qarashdir. Falsafiy 
dunyoqarash mifologik va diniy dunyo-qarashlardan farqli olaroq, dunyoni 
sof ilmiy tushuntiruvchi nazariy qarashlar sistemasidir. 
Falsafiy dunyoqarashning oziga xos xususiyati shundan iboratki, u kishilarga 
tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishning umumiy qonuniyatlari haqida 
bir butun, yaxlit malumot beradi. Shu bilan birga u insonni qurshab turgan 
moddiy olamning hech kim 
tomonidan yaratilmaganlgini, abadiyligini 
uqtiradi. Falsafiy dunyoqarash dunyoni va uning taraqqiyot qonunlarini 


bilish mumkinligini, bilish murakkab, ziddiyatli jarayondan iboratligini 
takidlaydi. 
Falsafiy dunyoqarash qotib qolgan emas, balki doimiy ravishda ozgarib, 
rivojlanib, boyib va takomillashib boradigan dunyoqarashdir. Tabiatda, 
jamiyatda boladigan ozgarishlar tufayli, birinchi navbatda, tabiiy, texnik va 
ijtimoiy fanlar-dagi kashfiyotlar, ijtimoiy hayotda toxtovsiz roy berib 
turadigan muhim oz-garishlar natijasida kishi-larning obektiv olam haqidagi 
ilmiy bilim va tasavvur-lari, xususan falsafiy dunyoqarashlari oldingiga 
nisbatan ancha rivojlanadi, boyiydi va chuqurlashadi. Ho-zirgi zamon 
ilmiytexnika inqilobi tufayli inson bilim-lari doirasi behad kengayib, 
mazmunan chuqurlashib va murakkablashib borayotgan-ligi bunga yaqqol 
misoldir. Bino-barin falsafiy dunyoqarash faqat nazariy bilish jihatdangina 
emas, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga egadir. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling