Fan bo‘yicha mustaqil ish mavzulari
INSONNING MA'NAVIY KAMOLOTIDA
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa mustaqil ishlar asosiy
2. INSONNING MA'NAVIY KAMOLOTIDA
FALSAFIY DUNYOQARASHNING ROLI . Falsafa insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi bolib, ilmiy bilimlar orasida muhim orin tutadi. U borliqning umumiy rivojlanish qonuniyatlarini organib, kishilarda olam haqida yaxlit ilmiy tasavvur hosil qiladi. Falsafa dunyoqarash xarakteridagi fan hisoblanadi. Dunyoqarash esa kishilarning olam va uning ozgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, ax-loqiy, estetik, diniy qarashlari va tasavvurlari majmuidan iborat. Odatda, falsafani organishga kirishuvchi har bir kishida, qanday bolmasin, falsafa togrisida oziga xos biron bir tasavvur mavjud boladi. Bu tasavvurni u oz hayoti davomida: oilada, maktabda, kundalik turmushda, oz atrofidagi kishilar, narsalar, buyumlar bilan bolgan munosa-batlari asosida, u yoki bu manbani oqishi, boshqa kishi-lardan eshitishi, kinofilmlarni korishi orqali hosil qilgan boladi. Kishi bunda ozining hayoti, yashashi, hayotdagi orni, kundalik ishlari haqida, hayotdagi quvonch va sevinch-lar , gam-tashvishlar, baxt va baxtsizlik haqida, kishilarning dunyoga kelishi, yashashi va olamdan otishi haqida malum ta-savvurga ega bolib boradi. Shu asosda u dunyo haqida, undagi predmet va hodisalar haqida, ozining ularga va ularning oziga munosabatlari haqida oz ongida muayyan tasavvurlar va tushunchalarni hosil qila boradi. Bu tasavvur va tushunchalar uning ozi yashayotgan dunyoni qanday tushunishi, ozining kim-ligi, uning dunyoga va oz atrofidagi kishilarga munosabat-larini ifodalaydi. Bular dunyo togrisidagi oddiy ong, oddiy qarashlardir. Aslida mana shu oddiy qarashlardayoq falsafa-ning ilk kurtaklari mavjud boladi. Kishilarning dunyoni va unga bolgan oz munosabatlarini organishi ularning oz turmush tajribalari aso-sida ongli va ongsiz ravishda yuzaga kelgan tasavvurlari va qarashlari oz miyalarida qayta ishlanib, chuqur oylagan, nazariy ozlashtirilgan, ularning etiqodlariga aylangan oziga xos dunyoqarashning paydo bolishiga olib kelgan. Dunyoqarash, bu avvalo, insonning zaruriy ravishda dunyoni anglashi , tushunishi, bilishi natijasida yuzaga keladigan qarashlar sistemasidir. Dunyoqarash dunyoning inson ongida oziga xos inikosi bolib, u insonning dunyoni va oz-ozini anglashining alohida shaklidir. Dunyoqarash inson-ning uni qurshab turgan dunyoga bolgan munosabatlarini ifodalaydigan muayyan konikmalari, bilim-laridir. Dunyoqarash, shu bilan birga, insonning dunyoni malum darajada tushu-nishi, anglashi, bilishi, baholashi va shular asosida dunyoni amaliy ozlashtirishi hamdir. U insonning dunyoni bir butun yoki turli- tuman holda korishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, tushunishi, insonning dunyodagi oz orni va rolini belgilashi hamdir. Dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Bu jihatdan har bir davrning, har bir avlodning, har bir kishining, har bir jamoaning, har bir sinfning oziga xos dunyoqarashi boladi. Shunga kora dunyoqarash oziga xos alohida, maxsus va umumiy xususiyatlarga ega. Dunyoqarashning ijtimoiy ozozini anglash sifati-dagi oziga xos xususiyati shundaki, u hayotiy mu-him hodisa va voqealarga kishi va kishilarning, ularning oz hayotiy maqsad va manfaatlari asosida shaxsiy mavqelaridan kelib chiqqan holdagi munosabatlarining ifodalanishidir. Shunga kora dunyoqarash insonning dunyoni oddiy umumlashtirib aks ettirishi bolmay, balki u dunyoni insonning amaliy qayta ozlashtirishining natijasi sifatidagi bilimlaridir. Dunyoqarashning oziga xos xususiyatlaridan biri haqiqat, yani olamning haqiqiy manzarasini, holatini bilishdan iborat. Dunyoqarash bir butun uyushma bolib, ozida uch asosiy holatni: bilish - baholash - hatti-harakatni birlashtiradi. Xuddi shuning uchun ham dunyoqarash individual, jamoaga xos, ommaga xos boladi. Dunyoqarashning 3-ta eng muhim tomoni mavjud. Ular qoyidagilardan iborat: Dunyoni his qilish; Dunyoni tasavvur qilish; Dunyoni tushunish. Kishilarning aqliy va hissiy tajribalari dunyoqa-rashning turli shakllarida turli tarzda oz ifodasini topadi. Uning hissiy-ruhiy tomonini dunyoni his etish deb atasak, kishining olam haqidagi tasavvurlarini dunyoni id-rok qilish deymiz. Dunyoqarashning intellektual tomonini dunyoni tushunish tashkil etadi. Dunyoqarashning 2 ta eng muhim qutbi mavjud: 1. Aqliy (aql), 2. Hissiyot (hissiy). Turli dunyoqarashlarning «aqliylik koeffitsienti» tur-licha boladi. Shuningdek , ularning his-tuygularga asoslanganligi darajasi ham farq qiladi. Biroq bundan qatiy nazar, har qanday dunyoqarash ikkala qutbni ham oz ichiga oladi. hatto eng yetuk dunyoqarash ham faqat aqliylik kompo-nentidan iborat emas va aksincha hatto eng rivojlanmagan dunyoqarash ham faqat his-tuygulardan iborat emas, chunki dunyoqarash birgina aql mahsuli emas, u inson his- tuygulariga asoslanadi va aksincha. Dunyoqarashning 2 ta darajada namoyon boladi: 1. Kundalik ong; 2. Nazariy ong. Dunyoqarash integral tuzilma bolib, uning barcha eleme-ntlari ozaro aloqadordir. Dunyoqarash strukturasida eng asosiy orinni umumlashtirilgan bi-limlar egallaydi. Ushbu bilimlar hajmi qanchalik katta bolsa, inson dunyoqarashi ham shunchalik keng boladi. Umuman, dunyoqarash-bu kishilarning faqat dunyo togrisidagi hozirgi aniq tasavvurlari va tushunchalari hamda bi-limlarining yigindisidan iborat bolmay, balki u butun insoniyat hayoti sharoitining anglab olinishini ham, butun qadriyatlar sistemasini ham, otmish obrazlari, hozirgi realliklarni, kelajakning moljallarini ham oz ichiga oladi. Dunyoqarash, shu bilan birga, ozida kishi-larning u yoki bu turmush tarzini moljallashi yoki rad qilishi, ularning axloqiy yurish-turish meyorlaridan tortib, bir butun madaniyatgacha bolgan hamma manaviyliklarni mujassam-lashtirgan boladi. Dunyoqarashda butun insoniyat hayotiga oid manaviylik bilan bahramandlik, kishilarning insoniyat hayotining mazmunini anglash tajribasi, oz taraqqiyotida nimalarnidir butunlay uloqtirib tashlash, nimalarnidir juda avaylab asrash kabi xususiyatlar ham boladi. Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonning amaliy bilish faoliyati ham rivojlanib boradi. Bu oz navbatida dunyoqarashning ham rivojlanishini taqozo qiladi. Insonning dunyoni amaliy ozlashtirishining ozgarib bo-rishi bilan uning ongidagi inikos bolgan dunyoqarash ham ozgarib, rivojlanib , yangi-yangi tarixiy shakllari paydo bolib boradi. SHunday qilib dunyoqarash-bilim va baho; aql va his-tuygu, dunyoni tushunish va uni his qilish, aql-farosat bilan isbotlash va ishonch, etiqod va etiqodsizlik, shaxsiy va ijtimoiy, individual va ommaviy, ananaviy va noananaviy (ijodiy) fikrlashning murakkab qarama-qarshi to-monlarining yigindisidir. Dunyoqarashning 3 ta asosiy turi yani tarixiy tiplari bor: a) mifologik dunyoqarash; b) diniy dunyoqarash; v) falsafiy dunyoqarash. Dunyoqarashning dastlabki tarixiy tipi mifologik dunyoqarashdir. Mifologik dunyoqarash (mifologiya-yunoncha: mitos-naql, rivoyat; lagosfikr, talimot degani) ijtimoiy taraqqiyot-ning eng boshlangich bosqichlariga xos bolgan insonning dunyoni tushunishining oziga xos usuli sifatida paydo bolgan dunyoqarashning dastlabki shaklidir. Mifologik dunyoqarash odatda oz ifodasini osha qadimgi davr kishilari tomonidan yaratilgan, toqilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgandir. Har bir xalqda ozining uzoq tarixiy otmishiga xos rivoyatlar va afsonalar mavjud. Ularda bu xalqlarning ijtimoiy hayoti, turmush va fikr tarzlari, ijtimoiy-iqti-sodiy va madaniy munosabatlari hayoliy tarzda xudolar, ilohiy kuchlar va afsonaviy qahramonlar obrazlarida gay-ritabiiy, yovuz kuchlarga qarshi kurash olib boradilar. Oqibatda, bu kurashlarda doimo adolat va haqiqat tantana qiladi. Bunday rivoyat va afsonalar dastlabki paytlarda xalq ogzaki ijodi namunalarida, keyinchalik yozuvning paydo bolishi bilan taraqqiy topgan xalqlarda oziga xos adabiy asarlarda oz ifodasini topadi. Bunga misol sifa-tida biz qadimgi yunon eposlari-«Iliada» va «Odessiya»ni, hind eposi «Ramayana»ni, qirgiz xalqining eposi «Manas»ni, ozbek xalqi eposi «Alpomish» va shu kabilarni keltirishimiz mumkin. Bu eposlarda osha xalqlarning ot-mishdagi ijtimoiy-iqtisodiy va manaviy hayoti , ularning madaniyati, urfodatlari, ananalari, axloqiy, diniy, este-tik, huquqiy, siyosiy qarashlari va tasavvurlari oz ifodasini topgandir. Bir soz bilan aytganda, bunday yodgorlik-larda ifodalangan rivoyat va afsonalarda qadimgi jamiyat xalqlari dunyoqarashining shakllanishi oziga xos korinishda oz aksini topgan. Mifologik dunyoqarashning birinchi xillari asosan olamning paydo bolishi, uning tuzilishi, tabiat, jamiyat hodisalarining yuz berishi, dunyoning boshqarilishi, dunyo-dagi predmet va hodisalarning ozaro boglanishlari va munosabatlari, dunyoning halokati masalalari va muammolariga bagishlangandir. Afsona va rivoyatlarning ikkinchi xillari esa insonning paydo bolishi, uning yashashi, insonning dunyodagi orni, uning ishlari, tabiat kuchlari bilan olib borgan kurashi, uning manaviy kamoloti sari intilishlari, nihoyat, insonning olimi va shu kabi muammolarga bagishlangan. Umuman, rivoyat va afsonalar oz tematikasi jihatdan xilma-xil va rangbarangdir. Lekin bu rivoyat va afsonalar, baribir qanday mavzuga, qanday sohaga oid bolmasin, ular mifologik ong darajasidagi qadimgi dunyoqarashning asosiy shakli-mifologik dunyoqarashni ifodalagan. Bu dunyoqarash qadimgi dunyo kishilarining ozlaricha osha davrga xos dunyoni tushunish , idrok qilish va uni izohlashi sifatida turli vazifalarni bajargan. Birinchidan, bu dunyoqarash malum xalqning, malum ijtimoiy jamoaning umumiy qarashlarining shakllanishi bolgan bolsa, ikkinchidan, bu dunyoqarash ozida jamiyatning malum manaviy, madaniy qadriyatlarini (axloqiy, estetik, diniy, badiiy, ilmiy, falsafiy va boshqa-lar) mujassamlashtirgan edi. Uchinchidan, bu dunyoqarashda tabiat va jamiyatning, olam va odamning bir butun borligini umumiy birligi, ichki va tashqi aloqadorligi, insonning ichki manaviy dunyosining manzarasi, garchi hali chuqur bolmasa ham, ozining dastlabki ifodasini topadi. Dunyoqarashning ikkinchi tarixiy tipi diniy dunyoqarashdir. Diniy dunyoqarashning asosiy va hal qiluvchi belgisi-ilohiy kuchlarga ishonish, butun olam, barcha mavjudot, insoniyat dunyosining Xudo tomonidan yaratilganligini va boshqarilishini etirof etish, Xudoga, ruhlarga siginishdan iboratdir. Diniy dunyoqarashning oziga xos xususiyati shundaki, u tabiiy va ijtimoiy hodisalar mohiyatini ularning ozidan emas, balki tabiatdan tashqari sabablar, xudoning qudrati bilan tushuntiradi. U hamma narsada va har qaerda ilohiy kuch-larning tasiri, mojizaviy kuch bor , deb pisanda qiladi. Umuman din oziga xos dunyoqarash bolishi bilan birga, u murakkab manaviy tuzilma sifatidagi ijtimoiy-tarixiy hodisa hamdir. Din ijtimoiy hodisa sifatida jamiyatda muayyan ij-timoiy vazifalarni ham bajaradi. Dinning ijtimoiy vazifalarini aniqlash va tushunish, birinchidan, uni xayoliy mushohaza sifatida gnoseologik baholashga, ikinchidan, di-niy etiqodlarni zaruriy ravishda keltirib chiqargan ijtimoiy ehtiyojlarni aniqlashga yordam beradi. Bu shuni korsatadaki, biron jamiyatning dinga ehtiyoji, eng avvalo, kishilarning ozlarining amaliy ojizligi, chorasizligini xayolan qondirishga bolgan ehtiyojidan kelib chiqadi. Shunga muvofiq, dinning kishilarni xayoliy taskin toptirish vazifasi kelib chiqadi. Uning kishilar kongliga dalda berishi, ularni sabrli, qanoatli qilishi, ularni azobuqubatlardan qutqarishi, qiyinchiliklarni bartaraf etishda ruhiy madad bolish vazifasi ham bor. Bu dinning xayoliy-kompensatorlik vazifasi deyiladi. Din axloqiy meyor va korsatmalar yordami bilan kishilarning xulq-atvorini belgilash va boshqarish vazifasiga ham ega. Bu dinning regulyativ vazifasini tash-kil etadi. Din shu bilan birga, bir dindagi va turli dindagi kishilar ortasida malum munosabatlar va aloqalar orna-tishda ham muhim rol uynaydi. Bu dinning kommunikativ vazifasidir. Din, bundan tashqari, diniy talimotlar umumiy-ligini mustahkamlash uchun kurash ham olib boradi. U kop hollarda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatalarning mavjud sistemasini saqlashga yordam beradi. Bunda dinning integ-rativ vazifasi oz ifodasini topadi. Din kop vazifali, kop rejali, kop tomonli hodisadir. U jamiyat taraqqiyotining oziga xos qonuniyatlari asosida paydo bolgan, shuning uchun uning mohiyati va taq-dirini ham ayni paytda ijtimoiy jarayonlar belgilaydi. Hozirgi kunda fan va texnika yuksak rivojlangan bir sharoitda , gayritabiiy kuchlarning mavjudligi goyalari tobora zaiflashayotgan bir sharoitda, dinning, diniy dunyoqarashning, diniy goyalarning butun dunyodagi turli mamla-katlar va regiondagi xalqlarning ijtimoiy ongiga otkazayotgan tasiri hamon yuqoridir. Bu, oz navbatida, dinning «inson dunyosi»da hozirgi insonlar uchun juda zarur bolgan insoniyatning boy hayotiy tajribalarini oziga xos aks ettirishi bilan, ozida emotsional-hissiy obrazlarga asoslangan tasavvurlar va kechinmalarni, hayotiy meyorlarni, axloqiy ideallarni va umuminsoniy qadriyatlarni saqlab kelishi bilan chambarchas bogliqdir. Otmishda din kishilarni manaviy jihatdan yuksal-tiruvchi, ularning manaviy kamolotida oziga xos katta rol oynab kelgan. Bundan tashqari, u insoniyat manaviy madaniyatining ham malum bir qismini tashkil etgan. Shuning uchun dinni ijtimoiy hayot bilan boglab, manaviy hodisa sifatida organish, izohlash va tushuntirish lozim. Umuman, din dunyoqarash sifatida falsafaga yaqin turadi, diniy dunyoqarash falsafiy dunyoqarash bilan cham-barchas bogliqdir. Ular dunyoqarash-ning shakllari sifatida ozaro umumiy birlikka ega bolib, uning turli ijtimoiy-tarixiy tiplari sifatida bir-birlaridan tubdan farq ham qiladi. Ozining insoniy tash- vishlarga, ishonch va umidlarga, faqatgina etiqodga ustun darajada etiborini qaratuvchi diniy dunyoqarashdan farqli ravishda, falsafiy dunyoqarash insonning dunyoni aql va bilim asosida tushuntiruvchi intellektual tomonlariga koproq etibor beradi. Dunyoqarashning uchinchi tarixiy tipi falsafiy dunyo-qarashdir. Falsafiy dunyoqarash mifologik va diniy dunyo-qarashlardan farqli olaroq, dunyoni sof ilmiy tushuntiruvchi nazariy qarashlar sistemasidir. Falsafiy dunyoqarashning oziga xos xususiyati shundan iboratki, u kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishning umumiy qonuniyatlari haqida bir butun, yaxlit malumot beradi. Shu bilan birga u insonni qurshab turgan moddiy olamning hech kim tomonidan yaratilmaganlgini, abadiyligini uqtiradi. Falsafiy dunyoqarash dunyoni va uning taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini, bilish murakkab, ziddiyatli jarayondan iboratligini takidlaydi. Falsafiy dunyoqarash qotib qolgan emas, balki doimiy ravishda ozgarib, rivojlanib, boyib va takomillashib boradigan dunyoqarashdir. Tabiatda, jamiyatda boladigan ozgarishlar tufayli, birinchi navbatda, tabiiy, texnik va ijtimoiy fanlar-dagi kashfiyotlar, ijtimoiy hayotda toxtovsiz roy berib turadigan muhim oz-garishlar natijasida kishi-larning obektiv olam haqidagi ilmiy bilim va tasavvur-lari, xususan falsafiy dunyoqarashlari oldingiga nisbatan ancha rivojlanadi, boyiydi va chuqurlashadi. Ho-zirgi zamon ilmiytexnika inqilobi tufayli inson bilim-lari doirasi behad kengayib, mazmunan chuqurlashib va murakkablashib borayotgan-ligi bunga yaqqol misoldir. Bino-barin falsafiy dunyoqarash faqat nazariy bilish jihatdangina emas, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga egadir. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling