Fan-ilmiy dunyoqarash shakli. Reja


 Dunyoqarashning tarixiy tiplari


Download 325.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi325.94 Kb.
#1558041
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Fan-ilmiy dunyoqarash shakli. Reja

2. Dunyoqarashning tarixiy tiplari 
Hodisa va voqeaning mohiyatini bilmoq uchun uning qanday vujudga 
kelganini anglamoq zarur. Falsafiy dunyoqarash uzoq davom etgan evolyutsion 
jarayon mahsulidir. Uning mohiyatini chuqurroq anglab olish uchun dunyoqarashning 
boshqa tarixiy tiplariga – mifologiya va dinga murojaat etishimiz kerak bo‘ladi. 
Mifologiya – ijtimoiy ongning universal shakli bo‘lib, tarixiy taraqqiyotning ilk 
bosqichlarida mavjud bo‘lgan.miflar (rivoyatlar, naqllar, afsonalar, ertaklar, 
dostonlar) barcha xalqlar dunyoqarashi uchun xos xususiyatdir. Ulardagi qator 
mavzular bir-biriga nihoyatda o‘hshash bo‘lib, ko‘pgina rivoyatlarda takrorlandi. 
Rivoyatlarning katta qismida koinot bilan bog‘liq muammolar yoritiladi, olamning 
yaralishi (yohud yaratilishi), tuzilishi, tabiat hodisalari, inson umriga doir savollarga 
javob izlanadi. Ularda olam Xudoning karomati bilan shaklsiz ibtidodan yaralgan 
mo‘jiza deb uqtiriladi. Ba’zi rivoyatlarda esa hatto olamning cheklanganligi, uning 
oxir-oqibatda o‘limga yuz tutishi haqida ham gap boradi.
Shuning bilan birga rivoyatlarda insonning kelib chiqishi, uning turmushi, 
orzu-umidlari, olam haqidagi tasavvurlariga ham katta e’tibor beriladi. Ayniqsa 
olovdan foydalanishning boshlanishi, dehqonchilik va hunarmandchilikning kelib 
chiqishi haqida maroqli hikoya qilinadi. Turli xalqlarning rivoyatlari biri ikkinchisi 
bilan bog‘lanib ketadi (“Ramayana”, “Iliada”, “Go‘ro‘g‘li”). 
Rivoyatlarda ilk bilimlar, siyosiy qarashlar,san’at, va falsafaning turlari ham 
o‘z aksini topgan. Keyinchalik ularning barchasi mustaqil ravish- 
da taraqqiy eta boshlaydi. Jamiyat hayotining ibtidoiy shakllari nihoyaisga yeta 
boshlagach, shu davrdagi dunyoqarashni ifodalagan miflar ham inqirozga yuz tutdi. 
Biroq undan ham kuch olib, rivojlana boshlagan boshqa dunyoqarash shakllari 
mifologiu ong kun tartibiga qo‘ygan muammolarga javob izlashda davom etdilar. 
Faqat bu izlanishlarda din va falsafaning yo‘li ayri tushdi (2-chizmaga qarang).


Din olamni ikkiga – foniy va boqiy dunyoga bo‘lib o‘rganadi. Diniy 
dunyoqarashning asosini ilohiy qudratning mavjudligiga ishonish va sig‘inish tashkil 
etadi. Ishonch – diniy ong mavjudligining shaklidir. U kishi ruhiyatning o‘ziga xos 
holatini xarakterlaydi. Ishonch sig‘inish orqali namoyon bo‘ladi. Sig‘inish- qat’iy 
o‘rnatilgan marosimlar sistemasidir. Islomda ilohiy qudratga ishongan va unga 
sig‘ingan kishini iymonli kishilar deb aytadilar. Iymon - e’tiqod obyekti to‘g‘risida 
guvohlik berishdan iborat bo‘lib, uning yetti asosiy predmeti mavjud: 
Xudoning yakka-yu yagonaligiga ishonish; 
Muqaddas kitoblarga ishonish; 
Xudoning Rasullariga (Payg‘ambarlariga) ishonish; 
Farishtalarning mavjudligiga ishonish; 
qiyomat kunining kelishiga ishonish; 
taqdirning ilohiyligiga ishonish; 
o‘limdan keyingi hayotga ishonish;
Din – tarixiy taraqqiyot mahsulidir, u bir kishi yoki biror guruhning hohish irodasi 
bilan vujudga kelib qolgan emas. Shu nuqtai-nazardan martksistlarning “din- ommani 
tobelikda saqlab qolish uchun o‘ylab topilgan g‘oya”, degan degan fikrlari haqiqatdan 
mutloqo yiroqdir. Din jamiyatning ma’lum ehtiyojlariga javoban vujudgan kelgan 
dunyoqarashdir. Jamiyat rivojining turli bosqichlarida (shu jumladan bugungi ham) 
dinning turli variantlari, shakllari, ko‘rinishlari mavjud bo‘lgan. Chunonchi, “World 
almonas – 1994” jo‘rnalining ma’lumotlariga qaraganda, bugungi kunda sayyoramiz 
aholisining 1 milliard 833 million xristian diinga, 971 million 300 minggi islom 
diniga, 723 million 800 minggi induizmga, 314 million 900 minggi buddizmga 
e’tiqod qilishadi. Bundan tashqari, 187 million 100 ming kishi Xitoy xalq dinlari, 143 
million 400 ming kishi Osiyoning yagni dinlari tarfdorlari hisoblanadilar. 
Shuningdek, jahonda 96 million 600 ming butparastlar, 18 million 800 ming sikhlar, 
18 million 600 ming yangi davr sektantlari, 17 million 800 ming iudaizm tarafdorlari, 
10 yarim million shamanistlar, 6 million konfutsiylar istiqomat qilishadi. Atigi 876 
million kishigina ateistdir. Bu faktlar nafaqat dinlarning turli-tumanligidan, balki 


diniy g‘oyalarning ijtimoiy ongga ta’siri bugungi kunda ham kattaligidan dalolat 
beradi. 
Dinning asosiy tushunchasi – Xudodir. U odamzotning madadkori, maslahatchisi 
sifatida talqin etiladi. Diniy dunyoqarashga ko‘ra, inson Xudoga intilib yashamog‘i 
lozim. Biroq Xudoni to‘liq, oxirigacha anglab bo‘lmaydi. Chunki u shunday bir 
absolyutdirki, uni insonning cheklangan ongi bilan bilib bo‘lmaydi. Xudoni to‘liq 
anglab yetishga intilgan kishi latifadagi toshbaqaning ming yil yashashini aniqlash 
uchun uyiga olib kelgan bolakayni eslatadi. 
Din dushmanlikni, qotillikni, ahloqsizlikni tarhib etmaydi. Xudo yo‘lida o‘z jonidan 
voz kechishni, birovning hayotini qurbon qilishni targ‘ib etuvchig‘oyalar soxta 
dindir. Din kishilarni adolatli, ahloqli bo‘lishga, sog‘lom hayot kechirishga chorlab 
kelgani uchun ming yillar davomida o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. 
Dindan farqli o‘laroq, falsafa dunyoqarashning intelektual tomoniga e’tiborni 
qaratadi. U donishmandlikni izlash bilan mashg‘ul bo‘ldi. Zero, “Falsafa” so‘zining 
ma’nosi ham “donishmandlikni sevaman” iborasini anglatadi. Tarixiy ma’lumotlarga 
qaraganda, “Faylasuf” so‘zini ilk bora yunon mutafakkiri Pifagor ishlatgan. Uning 
fikricha, donishmandlikka intiluvchi va oqilona hayot kechiruvchi kishinigina 
“faylasuf” deb atalishga munosibdir. “Falsafa” terminini birinchi marta Platon 
qo‘llagan. 
Falsafiy tafakkur o‘z izlanishlarini aql, intellekt pozitsiyasidan olib boradi. 
Rivoyatlarga xos bo‘lgan uydirmalar, timsollar o‘rnini mantiqiy tahlil 
umumlashtirish, xulosa, isbot egallay boshladi. Asta-sekinlik bilan ma’naviy 
madaniyatning eng e’tiborli qadriyatlarini o‘zida jamlagan falsafa ma’naviyatning 
mustaqil sohasiga, oliy qadriyatga aylana bordi. Falsafaning vujudga kelishi ham 
qadimda Hind va Xitoy, Eron va Turon, Yunonistonda yuz bergan buyuk madaniy 
o‘zgarishlarning tarkibiy qismi edi. Dasturilavvalda “falsafa” so‘zi nazariy 
tafakkurning sinonimi sifatida ishlatilgan. Falsafiy tafakkur nafaqat turli 
ma’lumotlarni jamlashga, balki olamni yaxlit tarzda idrok etishga intilgan. 
Shuningdek, falsafiy tafakkur inson tabiati, uning taqdiri haqidagi mulohazalarni ham 
o‘z ichiga oladi. Biroq falsafiy tafakkur ibtidosidagi eng buyuk ixtirolardan biri shu 


bo‘ldiki, dogishmandlik tayyor holda mavjud bo‘lganhosila emasligi anglab yetildi. 
Donishmandlik – insonning barcha aqliy imkoniyatlarini va ma’naviy kuch-qudratini 
jalb etishni talab qiladigan yo‘ldirki, uni har bir kishining o‘zi mustaqil bosib o‘tishi 
shart. 
Tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarida yashab, ijod qilgan mutafakkirlar “Falsafa 
nima?”- degan savolga turlicha javob berganlar. Buning bir necha sababi mavjud. 
Ma’naviy madaniyatning o‘zgarishi bilan birga falsafaning predmeti ham o‘zgara 
bordi. Hatto olamni faosafiy tushunishning bir davrda bir necha variantlari ham 
bo‘ldi. Lekin olamga mutafakkirlar munosabatining o‘zgarishi qanchalik farq 
qilmasin, o‘hshash joyi shundaki, ularning barchasi falsafiy sitemalardir. 
Xo‘sh, faylasuflar nimalar haqida mulohaza yuritganlar? Asrlar davomida 
ularning e’tiborini tortib kelgan muammo olamning borligi va birligi, xususan 
borliqning turli shakllari orasidagi o‘zaro aloqadorlik bo‘ldi. Ilk faylasuf tabiat 
muammolariga alohida e’tibor bilan qaraydilar. Ularni olamning tuzilishi, Yer, 
Quyosh, yulduzlarning vujudga kelishi, bir so‘z bilan aytganda, kosmogonik va 
kosmologik muammolar hayajonlantiradi. Faylasuflar butun borliqning o‘zagini 
tashkil etgan ibtidoni topishga intiladilar. Eramizdan avvalgi U 1 asrda Markaziy 
Osiyoda keng tarqalgan Zardo‘sht Sepitoma (er.avv. 589-512) ta’limotida esa olamni 
bilish qoidalari haqida ham fikr yuritilgan. Bunday mulohazalar “Avesto”ning 
tarkibiy qismi bo‘lmish “Vispart” kitobida o‘z aksini topgan. Hullas, falsafa – tabiat 
falsafasi (naturfilosofiya) sifatida faoliyat ko‘rsatib, asrlar mobaynida o‘zining ana 
shunday xususiyatlarini yo‘qotmay keldi.
Asta-sekinlik bilan faylasuflar e’tibori ijtimoiy hayot muammolariga ham 
qaratila boshlandi. Ijtimoiy-falsafiy tafakkur pozitiv, ijtimoiy-siyosiy bilimlarning 
vujudga kelishiga zamin yaratdi. Ijtimoiy voqealarni qunt bilan o‘rganar ekanlar, 
faylasuflar jamiyatda adolatni qaror toptirish, davlat va fuqarolar orasidagi 
munosabatlarni muvofiqlashtirish yo‘llari haqida fikr yuritdilar. Ayniqsa, Moniy ibn 
Fatakning (216-276) demokratiya haqidagi, Mazdak ibn Xomadonning (456-528) 
ijtimoiy adolat va tenglik haqidagi mulohazalari falsafiy tafakkur taraqqiyotiga katta 


ta’sir ko‘rsatdi. Ular o‘zlarining insonparvar g‘oyalarini keyingi avlodlarga bebaho 
tuhfa sifatida meros qilib qoldirganlar. 
Faylasuflarni junbushga keltirgan muammolardan yana biri inson, uning 
tabiati, aqli, tuyg‘ulari, ahloqi, qobiliyati va hakazolar bilan bog‘liq. Hind va Xitoy, 
Eron va turon falsafasi inson muammolarini o‘rganishga avvaldan alohida e’tibor 
berib kelingan bo‘lsa, Yunon falsafasida koinotni qo‘yib, insonga boqqan birinchi 
mutafakkir Suqrot (er.avv.470-399) bo‘ldi. Uning mulohazalarining asosiy mavzui 
inson hayoti va mamoti, yashashdan maqsad, ahloqiy fazilatlar va shu kabilar bo‘ldi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida 
dunyoqarashning uch tarixiy tipi (mifoldogiya, din, falsafa) vujudga keldi. 
Mifologiya - kishilik jamiyatining ilk bosqichlarmda hukm surgan universal ijtimoiy 
shakli bo‘lsa, din – olamni foniy va boqiy dunyoga bo‘lib o‘rganuvchi dunyoqarash 
tipidir. O‘ziga xos dunyoqarash tipi bo‘lgan falsafa esa g‘oyalarning asoslanganligi, 
izchilligi, sistemaviyligi bilan ajralib turadi. Falsafiy dunyoqarash mifologik 
dunyoqarash zaminida vujudga kelgan bo‘lsa ham undan keskin farq qiladi. 
Mifologiyada qabiladagi urug‘chilik va qarindoshchilik munosabatlari ham tabiatga 
ko‘chiriladi, reallik va uydirma, voqelik va orzu umid o‘rtasida chegara qo‘yilmaydi. 
Dinda esa olam ilohiy qudrat mahsuli sifatidagina tasvirlanadi. Ulardan farqli 
ravishda falsafa aql, intellekt va mantiq pozitsiyasidan o‘rganishga intiladi. 

Download 325.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling