Fan-ilmiy dunyoqarash shakli. Reja


Download 325.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi325.94 Kb.
#1558041
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Fan-ilmiy dunyoqarash shakli. Reja

3. Falsafiy dunyoqarash 
 
Falsafa – borliq, turli shakllari orasidagi o‘zaro aloqadorlikni ifodalovchi 
nazariy qarashlar sistemasidir. Ushbu ta’rif “dunyoqarash” tushunchasiga berilgan 
ta’rifga o‘xshab ketadi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki dunyoqarashning tarixiy tiplari 
bir-biridan predmeti bilan emas, uni anglash usullari bilan farqlanadilar. Falsafa – 
donishmandlik haqidagi ta’limotdir, shu boisdan u, biz ta’kidlab o‘tganimizdek, 
olamni aql chig‘irig‘idan o‘tkazib tahlil qilinadi.
Dunyoqarashni, ayniqsa falsafiy dunyoqarashni bir butun qilib ushlab turgan 
ikki qutb mavjud: olam va odam (yoki obyektivlik va subyektivlik, moddiylik va 


ma’naviylik, katta olam va kichik olam va hokazo). Shuni nazarda tutgan holda 
hamyurtimiz, buyuk faylasuf Shayx Aziziddin Nasafiy butun olamning o‘zi ulug‘ 
olam (olami kubro) bo‘lsa, insonning o‘zi kichik olamdir (insoni kubro), deb 
ta’kidlaydi. Bunda odam olamning bir bo‘lagi sifatidagina emas, borliqning o‘ziga xos 
shakli sifatida idrok etiladi. Boshqa narsalardan uning farqi shundaki, u o‘ylash va 
bilish, sevish va nafratlanish, quvonish va qayg‘urish, orzu qilish va baxtli bo‘lish 
imkoniga ega. Ushbu qarama-qarshi qutblar orasidagi turli munosabatlar falsafaning 
bahs mavzuini tashkil etadi.
Falsafa uchun xarakterli bo‘lgan ba’zi savollarga nazar tashlaylik. Shirinlik – 
shakarning obyektiv xossasimi yoki odamning subyektiv tuyg‘usimi? Go‘zallik – 
narsalarga xos xususiyatmi yoki inson tomonidan o‘ylab topilgan mezonmi? 
Chuqurroq qarasak, bu va bunga o‘xshash savollar bir umumiy muammoga – borliq 
va ong, obyektivlik va subyektivlik, olam va odam orasidagi o‘zaro munosabatlarlarga 
taalluqlidir. “Falsafaning vazifasi, - deb yozgan edi Bertran Rassel, - ushbu savollarga 
javob berish yoki hech bo‘lmasaularni tadqiq etishdan iboratdir”. Bundan xulosa 
shuki, “olam-odam” muammosi universal xarakterga ega bo‘lib, har qanday falsafiy 
muammoning umumiy formulasi deb hisoblashi mumkin. Shuning uchun ham uni 
falsafaning asosiy masalasi deb atashadi. 
Ba’zida nega aynan shu masala falsafaning asosiy masalasi deb hisoblanishini 
uqib olish qiyin bo‘ladi. Falsafa ikki yarim ming yildan beri mavjud, biroq uzoq 
muddat davomida ushbu masala faylasuflar tomonidan kun tartibiga qo‘yilmagan. 
Ko‘pgina faylasuflarbu masalani hal qilishga ham intilmaydilar. Masalan, Alber 
Kamyuning fikricha, falsafaning asosiy muammosi “inson o‘zi uchun berilgan umrni 
yashab o‘tishi kerakmi yoki buning hojati yo‘qmi?” – degan savoldan iboratdir.
Xo‘sh, unda olam va odam orasidagi munosabatlarni o‘rganishni falsafaning 
asosiy masalasi deb ta’kidlashga asos bormikan? Faylasuflarning ko‘pchiligi bu 
masalaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishga intilmagan bo‘lsalarda, bir narsa oydek 
ravshan bo‘lib turibdi: olam va odam orasidagi munosabatlar muammosi o‘ziga xos 
xarakterga ega. Gap shundaki, “olam – odam” o‘zaro munosabati har qanday falsafiy 


mulohazaning negizini tashkil etadi. Bu muammoni ma’lum shaklda ifodalamoqchi 
bo‘lsak, uning bir necha boshqa savollar bilan bog‘liq ekanligiga amin bo‘lamiz.
“Olam-odam” munosabatlarini uch asosiy tipga bo‘lish mumkin: gnesiologik 
(bilishga doir), aksiologik (qadriyatlarga doir), prakseologik (amaliyotga doir). O‘z 
vaqtida buyuk nemis mutafakkiri Immanuil Kant falsafa uchun prinsipal ahamiyatga 
ega bo‘lgan uch savolni aytib o‘tgan edi. Ular quyidagilar: “Nimani bilishim 
mumkin?”, “nima qilishim kerak?”, “Nimaga umid qilishim mumkin?”. Savollar 
mohiyatiga 
chuqurroq 
nazar 
tashlasak, 
ular 
odamning 
olamga bo‘lgan 
munosabatlarining uch tipiga mos tushiga ishonch hosil qilamiz. 
Falsafiy bilish “Olam nima?”-degan savolga javob berishdan boshlanadi. Bu 
savol mohiyatan “Biz olam haqida nimalarni bilamiz?”- degan savol bilan tutashdilar. 
Falsafa – bunday savolga javob izlaydigan yagona bilim sohasi emas. Asrlar 
davomida yangi va yangi nazariya va amaliyot natijalari unga javob berishga urinib 
ko‘rdilar. Biroq falsafaning olamni bilish borasidagi vazifalarni o‘ziga xos 
xususiyatga ega bo‘ldi.
Falsafaning shakllanishi – nazariy tafakkur tarixida yagni bosqich bo‘ldi. O‘zga 
bilim sohalariga nisbatan keyinroq yetuklikka erishgani tufayli falsafa uzoq yillar 
davomida universal nazariy bilim sifatida hukm surdi. Aristotelning fikriga ko‘ra, 
alohida fanlar borliqning konkret shakllarini o‘rgansalar, falsafa eng umumiy 
prinsiplarni aniqlashga intiladi. Kant esa falsafani turli bilimlarning sintezi deb 
hisoblardi. Shuning uchun falsafaning muhim vazifasi, uning fikricha, katta 
miqdordagi ritsional bilimlarga ega bo‘lish va ularni yagona yagona butunlikka 
birlashtirishdan iborat bo‘lmog‘i zarur. Falsafa va faqat falsafaga o‘zga fanlarga 
sistemali birlik ato eta oladi.
Nazariy – falsafiy bilimning boshqa vazifalari ham bor. Bunday bilim 
yordamida kishilarda o‘z dunyoqarashlarini muttasil kengaytirib borishga ehtiyoj 
vujudga keladi. Falsafiy tafakkur atrof – muhitni o‘rganish bilan cheklanib qolmay, 
makon va zamonning benazir tomonlariga nazar tashlashga harakat ham qiladi. Buni 
faylasuflar intelektning tajribasiz bilim yig‘ishga bo‘lgan qobiliyati deb ataydilar. 
Haqiqatdan ham, olamni makonda tubsiz, zamonda cheksiz yaxlitlik sifatida bilish 


uchun hech qanday tajribaga tayanib bo‘lmaydi. Tajriba bunday bilimlarni dunyoga 
keltira olmaydi, falsafa esa buning uddasidan chiqishga majbur. 
Kantning “Nimani bilishim mumkin?” – degen savoliga qaytsak. Bu savol inson 
bilishining imkoniyatlariga ham taalluqli. Uni qator savollar bilan bog‘lash mumkin: 
“Olamni bilib bo‘ladimi?”, “Inson bilishning imkoniyatlari cheksizmi?”, “Agar 
olamni bilib bo‘lsa, unda bu vazifani fan qay tarzda, falsafa qay tarzda bajarmog‘i 
lozim?”, “Bilimlarning” haqqoniyligini qanday aniqlasa bo‘ladi?, “Bilish uslublari 
qanday bo‘lmog‘i lozim?” va hokazo. 
Bu savollarning barchasi falsafiy muammolar turkumiga kiradi va chuqurroq nazar 
tashlasak, ularda xam “olam-odam ” o‘zaro munosabatlari borligiga amin bo‘lamiz. 
Olamni bilib bo‘ladi, deb xisoblovchi faylasuflarning pozitsiyalariga zid 
yo‘nalishlar xam bor.Bu qarashlar sistemasining birini skeptsizm deb atasak, 
ikkinchisini agnostitsizm deymiz. 
Darxaqiqat, olamni bilish bilan bog‘liq savollrgam javob berish mushkul. Kant 
buni nixoyatda yaxshi tushunar yedi. Fan va falsafaning qudratiga yuqori baho berar 
ekan, u bilishning chegarasi bor, degan xulosaga keldi. Yigirmanchi asr faylasuflari bu 
fikrlagi ratsional mag‘izni uzoq yillar anglab yeta olmadilar. O‘z mohiyatiga ko‘ra, 
Kantning pozitsiyasi oqilona ogohlantirishdan iborat edi. “Inson, ko‘p narsani bilib 
olganingga qaramay, bilmagan narsalaring hali benihoyaligicha qolmoqda, bu arolikda 
yashash – sening taqdiringdir”, - demoqchi edi u.
Falsafiy mulohaza yuritishning mazmunini bilishga oid vazifalar bilan 
cheklanib qolmaydi. Bilimsiz faylasuf bo‘lishning imkoni yo‘q, lekin faqat bilim 
yordamidagina faylasuf bo‘lib bo‘lmaydi. Donishmandlikni bilimdan emas, turmush 
tarzidan izlamoq zarur. Haqiqiy faylasuf faqat so‘z bilan emas, ish bilan ham 
tarbiyalaydi. 
Falsafa – mukammal donishmandlik g‘oyalari yig‘indisidir. U inson 
tafakkurining oliy maqsadini ahloqiy qadriyatlar bilan bog‘lovchi vositadir. 
Shuningdek, falsafa ahloqiy qadriyatlarni ham asoslab beradi.
Xo‘sh, falsafiy izlanishning oliy maqsadi nimadan iborat? Kantning “olam – 
odam” o‘zaro munosabatlariga doir uch savolini eslaylik. Buyuk mutafakkir ushbu 


uch savol ustida bosh qotirar ekan, ularning barchasi bitta – “Inson nima”? degan 
to‘rtinchi savolni tug‘dirishini ko‘rsatib o‘tadi. Ko‘rinib turibdiki, Kant insonni oliy 
qadriyat deb e’lon qiladi. Falsafaning maqsadi ham inson, uning axloqiy ma’suliyati 
haqida fikr yuritish, bilm yig‘ishdan iboratdir. 
Xullas, falsafiy dunyoqarash – nazariy sistemalashtirilgan, izchil, asoslangan 
qarashlar yig‘indisidir. Unda ikki qutb mavjud: olam va odam. Falsafaning asosiy 
masalasi ana shu ikki qutb orasidagi o‘zaro munosabatni tadqiq etishdan iborat. Bu 
masala bir necha savollar turkumiga bo‘linadi va olamni falsafiy bilishga undaydi.

Download 325.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling