Fan-ilmiy dunyoqarash shakli. Reja
Download 325.94 Kb. Pdf ko'rish
|
Fan-ilmiy dunyoqarash shakli. Reja
5. Falsafaning ilmiyligi
1. Falsafa bilan tanishishni boshlar ekanmiz, yana bir masalaga to‘xtalmay ilojimiz yo‘q. Bu masala falsafaning ilmiyligi, falsafaning fanga munosabati bilan bog‘liq. Qadimgi mutafakkirlar haqiqiy bilimni soxti bilimdan ajratishga intilib kelganlar. Bunday chegara inson faoliyatining turli shakllari uchun ham ahamiyati beqiyosdir. Xo‘sh, falsafiy mushohada natijalarini nima deb atamoq lozim: haqiqiy bilim debmi yoki faraz debmi? Falsafiy xulosalarning haqqoniyligiga nima kafil bo‘la oladi? Falsafa fanmi yoki fan emasmi ? 2. Falsafaning ilmiyligi muammosini hal etish uchun ijtimoiy ongning ushbu murakkab shaklini boshqa shakllari bilan taqqoslash zarur bo‘ladi. Falsafa va fan imkoniyatlarini taqqoslash – bugun vujudga kelgan muammo emas, u azaldan mavjud. Ularning har ikkalasi bir ildizdan hosil bo‘lgan, keyinchalik esa mustaqil rivojlana boshlagan. Biroq bundan endilikda ular orasida o‘tib bo‘lmas chegara mavjud, degan xulosa kelib chiqmaydi. Ular hamisha o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, tarixiy taraqqiyot davomida birgalikda o‘zgarib borganlar. Ularning birgalikda rivojlanish jarayoni uch davrni o‘z ichiga oladi. 3. Qadimgi zamon kishilarining umumiy bilimlari falsafa deb atalardi. Dastlabki bilimlar turli kuzatishlarning olam va odam haqidagi mulohazalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Bunday bilimlar, shubhasiz ham fanning, ham falsafaning ildizlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Fan va falsafaning asta – sekinlik bilan shakllanishi jarayonida ularning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘xshash va ayri funksiyalari aniqlana bordi. 4. Bilimning ixtisoslashuvi, yangi aniq fanlarning shakllanishi ularning falsafadan ajralib chiqishi uchun real shart – sharoit yaratdi. Oqibatda falsafadan turli fanlar ajralib chiqdi. Falsafadan aniq fanlarning ajralishi tufayli ham falsafa ham fanning o‘ziga xos sohasi sifatida rivojlana bordi. Bunday jarayon uzoq davom etgan bo‘lsada, XVII-XVIII asrlarga kelib yanada yaqqolroq namoyon bo‘ldi. 5. Qator fanlarning (xususan falsafaning) nazariy qismlari, bo‘limlari va sohalarining shakllanishi fan va falsafaning birgalikda rivojlanish jarayonining uchuinchi davriga to‘g‘ri keladi. 6. Birinchi ikki davrda konkret – ilmiy bilimlar tasvirlash, sharhlash xarakteriga ega edi. O‘sha davrlarda falsafa olam va odam haqida bilmilar to‘plash bilan cheklanib qolmasdan, turli holdisalar o‘rtasidagi aloqadorlikni ham aniqlashi lozim edi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga kelib bu vazifani fan bajara boshladi. Bu esa falsafaning ilmiyligi muammosini kun tartibiga qo‘ydi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, endilikda ba’zi birovlar falsafaning fan ekanligiga shudha bilan qaray boshladilar. Falsafaning o‘ziga xos vazifalaridan ilk bor Aristotel ifodalab o‘tgan edi. U falsafani “fanlar shohi” deb atagandi. Biroq XIX asrga, XX asrga kelib, ushbu fikrga g‘irt teskari mulohazalar bildirila boshlandi. Masalan, pozitivsitlar falsafaning ilmiyligiga shubha bilan qarab, uni “shoh”dan “xizmatkor” ga aylantirdilar.Bugungi kunda pozitivistlarning davomchilari falsafa o‘z obyekti va predmetiga ega emas, uning natijalarini asoslab bo‘lmaydi, degan fikrlarni aytmoqdalar. Bizning fikrimizcha, quyidagi taqqoslash ularning e’tirozlariga javob bo‘ladi, chunki undan falsafaning ilmiyligi, yaxlit fan ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi: Fan Fan o‘z obyekti va predmetiga ega. Fan dunyoqarashiga oid funksiyalarini, ishlab chiqaruvchi kuch funksiyasini bajaradi. Fan – ijtimoiy kuch – qudrat vazifasini o‘taydi. Uning ijtimoiy- iqtisodiy rejalar tuzishda qo‘llanadi. Fan voqelikni obyektiv aks ettirishga intiladi. Fan o‘z metodlari va sistemalaariga, tadqiqotlari natijasi bayon etiladigan maxsus tilga ega. Fan o‘z natijalari turli tajribalar, tahlillar, ekspe-rimentlar yordamida asoslab beradi. Fanning yuzaga keltirgan bilimlari o‘zaro bog‘liq, yaxlit sistemani tashkil etadi. Fan o‘z taraqqiyotini ta’min-lash uchun ijtimoiy ongning boshqa shakllari bilan aloqada bo‘ladi. Hulosa 1. Falsafaning obyektini yaxlit olingan borliq, uning predmetini esa borliqning turli shakllari orasidagi aloqadorlik tashkil etadi. Buni biror bir boshqa fan tanqid etmaydi. 2. Falsafada dunyoqarashga oid (insonparvarlik, ijtimoiy – aksiologik, madaniy – tarbiyaviy, informatsiyalar to‘plash) va metodologik (evritik, integrativ, muvofiqlashtirish, mantiqiy – gnoseologik) funksiyalarni bajaradi. 3. Falsafiy tadqoqotnatijalari olamning yaxlit manzarasini tasvirlash bilan birga jamiyat taraqqiyotining yo‘nalishlarini, strategiyasi va taktikasini aniqlash imkonini beradi. Falsafiy izlanishlarning xulosalaridan ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyot rejalarini tuzishda ham foydalaniladi.bu falsafaning katta ijtimoiy qudrat ekanligidan dalolat beradi. 4. Falsafa olamning obyektiv manzarasini chizishga intiladi, borliq haqidagi falsafiy ta’limotni shakllantiradi va rivojlantiradi. 5. Falsafa o‘z tadqiqotlarini dialektika, metafizika, snergetika, fenomenologiya, futurologiya kabi metodlar sistemasiga asoslanib amalga oshiradi. Falsafiy asarlarning barchasi faqat falsafagagina xos bo‘lgan tilda bayon etilgan. 6. Falsafa o‘z natijalarini aqliy eksperiment, mantiqiy tahlil, shuningdek, sotsiologik tadqoqot yakunlari, kuzatishlar va amaliyot yordamida asoslab beradi. 7. Falsafiy bilimlar o‘zaro aloqador, sistemalashtirilgan bo‘lib, yagona ta’limotni tashkil etadilar. 8. Falsafa ijtimoiy ongning barcha shakllari, boz ustiga ularning – ham kundalik, ham nazariy darajasi bilan bevosita aloqadordir. Ushbu taqqoslashdan ko‘rinib turibdiki, ilmiylikning quyidagi mezonlari bor: a)o‘z obyekti va predmetiga ega bo‘lish; b) jamiyatda aniq funksiyalarni bajarish; v) obyektivlik; g) asoslanganlik; d) sistemalilik.biz keltirgan taqqoslash falsafasining fan ekanidan, ilmiyligidag dalolat beradi. Biroq falsafa faqat fangina emas. U ham mafkura, ham gumanitar bilim, ham san’at vazifasini o‘taydi. Falsafa va vanning ilmiylik nuqtai nazaridan o‘zaro munosabatni Eyler doiralarida ifodalaydigan bo‘lsak, ularning hajmi qismangina mos tushishini ko‘ramiz (4- chizmaga qarang). Shuning bilan birga, falsafa fanga, fan esa falsafaga muntazam ta’sir ko‘rsatib turishini e’tibordan chetda qoldirmasligimiz lozim. Zero, falsafani fandan, fanni esa falsafadan ajratib bo‘lmaydi. Falsafa yaxlit fan bo‘lish bilan birga, fanlarning metodologik asosi hamdir. Fan esa falsafaga olamning yaxlit manzarasini chizish imkonini beradigan ilmiy informatsiyalar yetkazib turadi. Ularning o‘zaro aloqadorlik nuqtai nazaridan munosabati esa Eyler doiralarida biroz boshqacharoq ifodolanadi (5-chizmaga qarang). Xullas, falsafa fan kabi ilmiydir. U fan bilan birga vujulga kelib, fan bilan birga rivojlangan. Falsafa ilmiylikning barcha mezonlariga javob beradi, ya’ni uning o‘z obyekti va predmeti bor, u jamiyatda aniq funksiyalarni bajaradi, uning bilimlari asoslangan, obyektiv va sistemalidir. Shuning bilan bir qatorda falsafa fanlarning metodologik asosi vazifasini ham o‘taydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling