Fan: Jahon tarixi 7-sinf


Download 38.19 Kb.
bet10/12
Sana29.01.2023
Hajmi38.19 Kb.
#1139510
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
7-jahon t namuna

Brittlar — kelt qabilalaridan bo'lib, Britaniyaning asosiy aholisi hisoblangan.
Drujina — ko'ngillilardan iborat harbiy bo‘linma. Ushbu bo'linma bir necha o'ndan bir necha yuzgacha jangchini birlashtirgan.
Qirol Artur. Britaniya oroliga bostirib kelayotgan germanlarga qarshilik ko'rsatish Amvrosiy Avrelian nomi bilan bog‘liq. U oroldagi so'nggi rimliklardan edi. Amvrosiy Avrelian VI asrning boshlarida brittlami birlashtiradi. Buning natijasida u qator yorqin g'alabalarga erishadi. Kuchli qo'shin tuza olgan Am­vrosiy Avrelian angl-sakslar tazyiqini deyarli yarim asrga to'xtatadi. Qirol Artur qabilalari xotirasida bu g'alabalar haqidagi ma’lumotlar asrlar davomida saqlanadi. Lekin rivoyatlarda bosqinchilarga zarba bergan qahramonning ismi o'zgargan. Dostonchilar uni Artorius yoki Artur deb atay boshlashgan. Vaqt o'tishi bilan Artur siymosi atrofida VI asrga aloqasi bo'lmagan ko'plab tarixiy afsonalar to'planadi. Oradan besh asr o‘tib ham Yevropaning turli mamlakatlari yozuvchilari qirol Artur va uning ritsarlari Lanselot, qirolicha Jinevra, sehigar Merlinlar haqida asarlami yaratishda davom etishadi. Bu asarlar kitobxonlar orasida keng tarqaladi.
Kurashning yakuni. Amvrosiy Avreliandan so‘ng britt- larda munosib yo'lboshchi bo'lmasligi angl-sakslar to monidan orolning katta qismi bosib olinishiga imkon be- radi. Bosqinga uchramagan kelt qabilalari Irlandiya va Shotlandiyada, qisman Britaniyaning g'arbiy chekkasida saqlanib qoladi.
Istilochilar Britaniya yerlarida yettita qirollik tuzishadi. Ular turli lahjalarda so'zlashgan, lekin yillar o‘tib angllar yashagan Mersiya shevasi tobora keng qo'llanila boshlanadi. Shu tufayli keyinchalik istilochilar muoma- lasidagi til ingliz, mamlakat esa Angliya nomini oladi. Bosqinchilarning ko'plab qabilalari va bo'ysundirilgan aholining qolgan qismi yagona xalqqa birlasha boshlaydi. Tarixda ular angl-saks nomini oladi.

Download 38.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling