Fan: Jahon tarixi 7-sinf


Download 38.19 Kb.
bet11/12
Sana29.01.2023
Hajmi38.19 Kb.
#1139510
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
7-jahon t namuna

Yangi bosqin. Norvegiya yoki Daniya sohilidan chiqqan kema Britaniya orollariga bir necha kun ichida suzib borgan.
Zamondoshlarining yozishicha, shu sababdan daniyaliklar har yili hujum qilib Angliya xalqining mol-mulkini talagan.
Rohiblari o‘z bilimlari bilan tanilgan, lotin va yunon tillarida asarlar bitgan, ajoyib xattotlik san’ati markazlari bo'lgan mashhur irland monastirlari normannlar tomonidan yondirilib, kuli ko'kka sovurilgan.
Angl-saks qirolliklaridagi ichki nizolar natijasida ular istilochilarni qaytara olmagan. Buning oqibatida, normannlar 842-yilda Londonni bosib olib, talaydilar va yondirib yuboradilar. Keyinchalik, daniyaliklar talonchilik hujumlaridan so‘ng uylariga qaytmasdan Angliyada bosib olgan yerlarida qishlab qoladigan bo‘ladilar.
Deyarli barcha angl-saks qirolliklari daniyaliklar tomonidan bo‘ysundiriladi. Qarshilikni faqat orolning janubi- g‘arbidagi Uesseks qirolligi davom ettiradi.
Qirol Buyuk Alfred. Buyuk Alfred (871—900) Uesseksda taxtga kelguniga qadar daniyaliklami hech kirn to‘xtatishga qodir bo‘lmagan. Buyuk Alfred butun Angliyadan bosqin- chilarni jazolash orzusidagi jangchilarni yig‘adi. U bu qo‘shin bilan daniyaliklami bir necha bor mag‘lub etadi.
Buyuk Alfred 879-yilda daniya­liklar bilan tinchlik sulhini tuzadi.
Unga binoan, butun orol ikki qism- ga bo‘linib: janubi-g‘arbiy hududlar Alfredga, shimoli-sharqiy hududlar esa — daniyaliklaiga beriladi. Chegara London va Chechter oralig‘idagi qadimgi rimliklar qurdirgan tosh yo‘l bo‘ylab o‘tadi. Skandinavlarga qoldirilgan yerlar Daniya qonunlari viloyati yoki inglizcha Denlo nomini oladi.
Buyuk Alfred tinchlik sulhidan yangi kuchli qo‘shin tuzish uchun foydalandi. Ma lumki, avvallari dushman xavfi tug‘ilganida xalq lashkari to‘planardi. Endi har beshta angl-saks oltinchisini boqishi va qurollantirishi majburiy etib qo‘yiladi. Natijada tinimsiz urushlar davrida qishloqning ko‘pchilik aholisi o‘z ishidan ajratilmagan. Yan­gi qoidaga binoan, besh kishi oltinchisini dubulg‘a, qilich va jang boltasi bilan ta’minlab, vikingdan yomon qurollan- tirmagan. Qolaversa, bu oltinchi kishi doimo mashq qili- shi, jangga tayyorlanishi shart edi. Uning uchun qolgan beshta qo‘shnisining ishlashi oilasi haqida o‘ylamasligi uchun ham imkon beradi. Shu tariqa son jihatidan qisqargan Buyuk Alferd qo‘shini sifati bo‘yicha awalgiga qaraganda bir necha bor kuchaydi. Yangi qo'shinning paydo bo'lishi bilan jamiyatda ham muhim o'zgarishlar bo‘ladi. Jamiyat professional jangchilar va ziroatchilarga bo‘linadi.
Buyuk Alfred daniyaliklar qal’alami qamal qilishni unchalik xush ko'rmasligini anglab, o‘z mulklari chegaralarida ko'plab qal’alar — burglar barpo ettiradi. Qirol kema yasaydigan ustalarni topib, daniyaliklarnikidan qolishmay- digan kemalarni yasattiradi.
Qirol Alfred faqat qo'shin haqida qayg‘urmagan. U o‘z davrining оrta ma’lumotli kishisi bo‘lgan. Uesseksda esa daniyaliklar hujumlaridan keyin lotin tilini biladigan odamlar deyarli qolmagan edi.
U eski angl-saks qonunlarini yozishni va Angliya tarixiga oid ma’lumotlar to'plashni buyuradi. Buyuk Alfred davrida “Anglosakson solnomasi” tuzilib, unda yilma-yil muhim voqealar qayd etila boshlanadi.

Download 38.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling