Fan: Musiqa 1-sinf Sana: Sinf
Download 444.85 Kb.
|
1 sinf musiqa konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ______________________________
A xborot bilan ishlash kompetensiyasi
S haxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi I jtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi U mummadaniy kompetensiyasi M atematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi Darsning blok chizmasi:
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga musiqa fani , kuylar, qo`shiqlar, shoir va bastakorlar haqidagi bilimlarini mustahkamlsh, milliy cholg`u asboblari bilan tanishtirish. 2) O`quvchilarni musiqa tinglashga, estetik didlarini shakllanishiga va Vatanni sevishga o`rgatish. 3) O‘quvchilarning musiqa tinglash, qo`shiq aytish malkarini rivojlantirish. Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish Musiqa tinglash , jamoa bo`lib kuylash , Musiqiy savodxonlik Komunikativ, o`z- o`zini boshqarish umummadaniy kompitensiyalar Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, DVD Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Navbatchi axborotini tinglash Darsga hozirlik ko`rish. Fasl haqida suhbat. II. O`tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash. O`qituvchi o`quvchilardan musiqa darsi nimani o`rgatishi haqida so`raydi. O`quvchilar o`z fikrlarini bayon etishadi. So`ng savol-javoblar o`tkaziladi. Musiqa qanday yaraladi? Musiqaga kim kuy bastalaydi? Yaxshi qo`shiq uchun matn mazmuni kerakmi? Qo`shiqchi va sozandalar faoliyatini ayting. Musiqa bizga nimani o`rgatadi? O`quvchilarning javoblari to`ldirilib boriladi. II.Yangi mavzu bayoni: O`qituvchi DVD orqali milliy kuy eshittiradi.Bu kuy televizorlarda ijro etilayotgan kuylardan nimasi bilan farq qiladi? Bunday kuylarni qayerlarda eshitamiz? So`ng o`qituvchi mavzu yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi. Bizning yoshlarimiz hozirda estrada yo`nalishidagi kuy –qo`shiqlarni eshitayotganligi, Milliy cholg`uda ijro etilayotgan musiqa va kuylarni to`y tantanalarida eshitishimiz aytib o`tiladi. Milliy qo`shiqlar faqat milliy cholg`u asboblarida ijro etiladi. Bularga: dutor, tor, tanbur, doira, karnay, surnay, nay, nog`ora va b.q.lar kirishi aytiladi. Bugun biz sizlar bilan doira va nog`ora cholg`u asboblari bilan tanishamiz.Ikkala cholg`u asboblari ham zarbli cholg`u asbobi hisoblanadi. Farqi shundaki, doiraga qo`l bilan nog`oraga maxsus cho`plar bilan zarb beramiz. Shundagina bu asboblardan tovush chiqadi. Barcha to`y-tantanalarimiz bu cholg`ularsiz o`tmaydi. Qadimdan ta-bobolarimiz, momolarimiz doira bilan kuy-qo`shiq, o`lan, yor-yor, laparlar aytishgan. O`quvchilarga “Chitti gul” valq qo`shig`i eshittiriladi. So`ng o`quvchilarga xalq kuyi bilan yaratilgan “Boychechak” qo`shig`i eshittiriladi She`r mazmuni o`qib, tushuntiriladi, o`qituvchi tomonidan ijro etiladi. 2-darsda ham bugungi o`rganilgan mavzu mustahkamlanadi. Qo`shiq aytish qoidalari, “Boychechak ” qo`shig`i o`quvchilardan so`raladi va o`rgatiladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. So`ng birgalikda “Boychechak” qo`shig`ini ijro ettiramiz. O`quvchilarga avval matn so`zlarini bir necha bor takrorlab o`rgatamiz. So`ng uning kuyini ijro ettiramiz. Sinf 3 qatorga bo`linadi va har bir qatorga alohida- alohida ham ayttiramiz. Eng chiroyli ijro etgan qatorlar rag`batlantirib boriladi. Mavzu 2 ta darsga mo`ljallanganligi uchun 2-dars davomida ham qo`shiqni to`g`ri, so`zlarini aniq ijro ettirishga o`rgatib boramiz. 2-dars davomida o`quvchilardan o`tilgan mavzu yuzasidan savol-javoblar so`raladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa xalq qo`shiqlarini aytishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ______________________________ Download 444.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling