Fan: Musiqa 1-sinf Sana: Sinf


Download 444.85 Kb.
bet46/62
Sana13.02.2023
Hajmi444.85 Kb.
#1193322
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62
Bog'liq
1 sinf musiqa konspekt

Fan: Musiqa 1-sinf
Sana: ___________________ Sinf: ______________________
25-dars
Mavzu: Dars konsert.
Texnologik xaritasi

Maqsad vazifalar.

Maqsad:
Ta`limiy: Musiqa savodida musiqiy atamalar, an’analar, templar (sur’at), intervallar, alteratsiya belgilari, dinamik belgilar, musiqaning ifoda tili, oddiy musiqa shakllari va janrlari, major va minorlari haqida tushuncha beradi.
Tarbiyaviy: milliy g‘urur, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didini o‘stirish.
Rivojlantiruvchi: Jamoa bo‘lib kuylash faoliyati o‘quvchilarning musiqa – o‘quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish
Vazifalar:- Musiqa madaniyati o‘quv fani bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash orqali ularda kuzatuvchanlikni, musiqiy xotirani, obrazli tasavvur qilishni, ijodkorlikni, tashabbuskorlikni, badiiy va musiqiy didni rivojlantirish va fikr doirasini kengaytirish;

O’quv jarayoning mazmuni

O‘zbek va jahon kompozitorlari asarlarini va turli musiqiy janrlarni bir-biridan farqlay olish, tayanch va umumiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnalogiyasi

Uslub: “Aql charhi” o’yini, “Topqirlik” mashqlari, hikoya, suhbat, savol-javob, “Klaster”,
Shakl: Suhbat-munozara, guruhlarda va jamoada ishlash.
Vosita: Tarqatma materiallar, notalar yoki audio SD disk yozuvlari, fortepiano cholg’u asbobi, rag’batlantiruvchi kartochkalar.
Usul: Tayyor yozma materiallar.
Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish.
Baholash: Rag’barlantirish. 5 balli tizim asosida baholash.

Kutiladigan natijalar

O’qituvchi: Mavzuni berilgan vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish. O’quvchilar faolligini oshirish. O’quvchilarda darsga nisbatan qiziqish o’yg’otish. Dars jarayonida ko’proq o’quvchini baholashga erishish. Savol-javoblarga qatnashib, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
O’quvchi: Musiqa haqida bilimlar egallaydi, yakka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi, nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. O’z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotlarga ega bo’ladi va baholay oladi.

Kelgusi rejalar

O’qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirib, darsda qo’llash, o’z ustida ishlash, mavzuni xayotiy voqyealar bilan bog’lash, pedagogik mahoratini oshirish, ko’proq qo’shimcha ma’lumotlar berib, o’quvchilarni madaniy saviyasini oshirishga erishish.
O’quvchi: Mustaqil ishlashni o’rganadi. Fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzuga asoslanib qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. Fikri va guruh fikrini tahlil qilib, mustaqil fikrlash malakasini hosil qiladi. Musiqiy bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi.

Shakllantirilayotgan kompetensiyalar:

Fanga oid kompetensiyalar:


1. Musiqiy savodxonlik kompetensiyasi
2. Jamoa bo‘lib kuylash kompetensiyasi
3. Musiqa tinglash va tahlil qilish kompetensiyasi

Tayanch kompetensiyalar:

  1. K ommunikativ kompetensiya

  2. A xborot bilan ishlash kompetensiyasi

  3. S haxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi

  4. I jtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  5. U mummadaniy kompetensiyasi

  6. M atematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi

Darsning blok chizmasi:

1

Tashkiliy qism:
a) salomlashish
b) davomat aniqlash
v) o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirsh.

2

2

O’tilgan mavzuni takrorlash mustahkamlash: “Aql charhi” o’yini, “Topqirlik” mashqlari yordamida takrorlanib, mustahkamlanadi.

7

3

O’quvchilarga yangi mavzu haqida tushuncha beriladi.

10

4

Tinglash: Nota yozuvlaridan yoki audio CD disk yozuvlaridan foydalanib, arab hamda eron musiqa asaridan namunalar eshittirilib, suhbat-munozara o’tkaziladi.

8

5

Musiqa savodi: Darslikda berilgan kuy parchasini dirijyorlik qilib, notalarni aniq va ravon sof tovushda kuylashga erishish.

8

6

Jamoa bo’lib kuylash

7

7

Dars yakuni: Test sinovlari orqali mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, qo’shiqni yod olish

3

Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga musiqa fani , kuylar, qo`shiqlar, shoir va bastakorlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash, o`quvchilarga tinglash orqali o`rganishni o`rgatish.
2) O`quvchilarni musiqa tinglashga, estetik didlarini shakllanishiga va Vatanni sevishga o`rgatish.
3) O‘quvchilarning musiqa tinglash, qo`shiq aytish malkarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish
Musiqa tinglash , jamoa bo`lib kuylash , Musiqiy savodxonlik Komunikativ, o`z- o`zini boshqarish umummadaniy kompitensiyalar
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, DVD
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II. O`tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash.
O`qituvchi o`quvchilardan musiqa darsi nimani o`rgatishi haqida so`raydi. O`quvchilar o`z fikrlarini bayon etishadi. So`ng milliy cholg`u asboblari so`raladi.O`quvchilar milliy cholg`u asboblarini sanab beradilar , ular qanday kuy chiqarishi haqida ma`lumot beradilar.O`quvchilardan “Chitti gul” qo`shig`i so`raladi, birgalikda kuylanadi va o`quvchilar rag`batlantirib boriladi.
II.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi DVD orqali turli xil kuylarni eshittiradi.Bu kuy televizorlarda ijro etilayotgan kuylardan nimasi bilan farq qiladi? Bunday kuylarni qayerlarda eshitamiz?
So`ng o`qituvchi mavzu yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi.Kuylarni tinglash orqali biz musiqaning qandayligini bilishimiz mumkin. Sho`x kuylar insonning yavshi kayfiyatidan darak beradi, g`amgin kuylar esa qalb jarohatidan hosil bo`ladi. Shuningdek biz kuy va shovqinlarni ajrata bilishimiz lozim. Tabiat hodisalaridan momaqaldiroqning ovozi, shamollarning ovozlarini, turli xil hayvonlarning ovozlarini eshitamiz. Biz ularniu aslo kuy deb ayta olamymiz.
Kuy biror bir musiqa asbobi yordamida yuzaga keladi. Yuqorida aytganimizdek kuylar turli xil bo`ladi.Biz doimo kuylarni shovqinlardan ajrata bilishimiz lozim.
Shuningdek tovushlarni to`g`ri talaffuz qilish qo`shiqning ma`noli va yoqimli bo`lishiga olib kelishi aytiladi.Tovushlar yuqori, past va bir tekis balandlikda bo`ladi. Sho`x ku va qo`shiqlar yuqori tovushda, g`amgin qo`shiqlar past tovushda ijro etilishi aytib o`tiladi.
Son`g o`quvchilar bilan birinchi chorakda o`rganilgan qo`shiqlar takrorlanadi.Sinf uch guruhga bo`linbadiu. Har bir qator o`zlari ijro etmoqch bo`lgan qo`shiqlarini qura tashlash yo`li orqali tanlab olishadi.Masalan: 1-qator- “Pianino’ , 2-qator- “Buvijonim”, 3-qator –“ Gullola” Qo`shiqlarini maroq bilan ijro etib beradilar. Qo`shiqning talaffuziga va kuyiga alohida e`tiobor berib boriladi.
Shuningdek o`quvchilarga turli xil musiqalarni eshittirish va shu musiqwaga moz raqs harakatlarini bajarish aytib o`tiladi. O`quvchilar raqsga tushadilar..
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa o`rganilgan mavzular yuzasidan takrorlash topshiriladi.. Dars yakunlandi.
Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ______________________________



Download 444.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling