Fan: ona tili Mavzu: Teng bog`lanish va tobe bog`lanish Maqsad


Download 0.96 Mb.
bet3/5
Sana05.02.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1168391
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-sinf 2019 teng va tobe boglanish sadikov.uz (2)

TOBE bog`lanish:
- bir mustaqal so`z boshqa mustaqil so`zni izohlaydi,ya`ni tobe so`z hokim so`zga bo`ysunadi;
- kamida ikkita mustaqil so`z bo`lishi kerak;
- ikki va undan ortiq so`zdan iborat bo`lishiga qaramay,bitta tushunchani ifodalaydi;
- tobe so`z hokim so`zga kelishiklar,ko`makchilar va ohang yordamida bog`lanad;
- tobe bog`lanishdan so`z birikmasi hosil bo`ladi
Masalan: a) kelishiklar bilan
kitobni o`qimoq, b) ohang bilan
uyga kirmoq, a`lochi o`quvchi
radiodan eshitmoq, issiq havo
ko`chada o`tirmoq, qunt bilan o`qimoq
maktabning hovlisi, to`satdan uchrashmoq


d) ko`makchilar bilan
telefon orqali eshitmoq,
onam uchun olmoq
Diqqat savol! Nega b guruhdagi qunt bilan o`qimoq birikmasi ko`makchilar, to`satdan uchratmoq esa kelishiklar qatoridan o`rin olmagan?
N avbat yana sizga
……..ni ……..
…….ga ………
……..dan ……..
……..bilan ……..


Yana savol! Bilan so`zi qachon ko`makchi ,qachon bog`lovchi?

Gapda so`zlarning tobe bog`lanishi yuzasidan berilgan ma`lumotni tushundingizmi? _______


IV. Mustahkamlash. 23- topshiriq. (Yozuv taxtasida bajariladi. Daftaringizga yozing)
Shart: Ajratib ko`rsatilgan so`z birikmalaridagi tobe so`z hokim so`zga nima vositasida bog`langan va hokim so`z qaysi turkumga oid?

1.Hech bir xalq dalada ishlash doston yozishdek shonli ish ekanligini anglab yetmaguncha yuksalmaydi.


2. Hech narsa qilmaslik - bu juda og`ir ish.
3. Baxt yalqovga begona.
4.Betashvish bosh qayda, mehnatsiz osh qayda?


Namuna: dalada ishlash – dalada- tobe so`z, ishlash- hokim so`z, tobe soz hokim so`zga –da kelishik qo`shimchsi orqali bog`langan.






24-topshiriq (Yozuv taxtasida bajariladi. Daftaringizga yozing)




Shart: Ajratib ko`rsatilgan so`z birikmalaridagi tobe so`z hokim so`zga nima vositasida bog`langan va hokim so`z qaysi turkumga oid?

  1. Dunyodagi eng og`ir yuk hasad yukidir. Chunki hasadchi butun dunyodagi shod va quvnoq odamlarning quyg`ularini o`z ustida yuklab yuradi.



  1. Boy insonlar pulni ko`proq toppish hamda jamlashni o`ylasa,kambag`al odamlar uni ko`proq sarflashni o`ylaydi.

  2. Olimlar o`rtasidagi hasad va ko`rolmaslik jamiyat uchun ofatdir.

Namuna: Shod va quvnoq - va teng bog`lovchisi, shod - sifat, quvnoq - sifat.





Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling