Fan: Operatsion tizimlar 5-maruza. Operatsion tizimlarning turlari O’qituvchi: dotsent. Hamroyev A. Sh


Download 11.81 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi11.81 Kb.
#1552421
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Операцион тизим-hozir.org


Операцион тизим

Fan: Operatsion tizimlar 5-maruza. Operatsion tizimlarning turlari

O’qituvchi: dotsent. Hamroyev A.Sh.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti kafedrasi

REJA


  • Sensorli uzellar uchun operatsion tizimlar,

  • Monolit tizimlar,

  • Mikroyadro,

  • Ekzoyadro,

  • Real-vaqt operatsion tizimlari,

  • Smart-kartalar operatsion tizimlari,

  • Cho'ntak kompyuterlari operatsion tizimlari

Sensorli uzellar (tugunlar) uchun operatsion tizimlar


  • Mikro-elektro-mexanik tizim (Micro-Electro Mechanical System) asosidagi sensor texnologiyasidagi yutuqlar simsiz aloqa, sezish va hisoblashlarni amalga oshirishga qodir bo'lgan miniatyuralashtirilgan va arzon sensorli uzellarni ishlab chiqishga olib keldi.

Simsiz sensor tarmoqlari (Wireless Sensor Networks – WSN) - sensorlar (harorat, yorug'lik, bosim va boshqalar) va qabul qiluvchi radio qurilmalar bilan jihozlangan elementlardan iborat.


Sensorli uzellar uchun operatsion tizimlar


  • Bir-biri va tayanch stansiya bilan simsiz bog’langan miniatyurali sensorli uzellar (tugunlar)dan tashkil topgan tarmoqlar turli maqsadlarda foydalaniladi. Bunday sensor tarmoqlar binolarni himoya qilish, davlat chegarasini qo'riqlash, o'rmonda yong'inlarni aniqlash, ob-havo prognozlarini aniqlash, harbiy sohalarda dushman harakati haqida ma'lumot to'plash va boshqalar uchun ishlatiladi.

Bunday tarmoqning uzellari batareyadan quvvat olib, radioaloqa tizimiga ega bo’lgan miniatyurali (kichik) kompyuterlaridir. Ularning quvvati cheklangan va uzoq vaqt davomida ochiq havoda, og'ir iqlim sharoitida ishlashiga to’g’ri keladi.


Simsiz sensor tarmoqlari (WSN)

Sensorli uzellar tarmog’ etarlicha ishonchli bo'lishi kerak. OT biror sensorning ishdan chiqishi yoki uning batareyasi quvvatining tugashi tarmoqning ishini davom ettirishini ta’minlashi kerak.



Download 11.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling