Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar) 5-sinf


Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi. Dars uslubi


Download 1.28 Mb.
bet19/83
Sana29.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1400352
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83
Bog'liq
5 sinf texnologiya ogilbollar

Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish
Dars metodi: Guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”
Darsda jihozi: Yupqa tunuka va simlar, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, mehnat qurollari.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

b) Topshiriqlarni tekshirish
c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Detallarni payvandlash yordamida biriktirish:
Metall detallarini tanlangan joyini yuqori temperatura hisobiga bir-biriga ulash yoki birgalikdagi deformatsiyasi natijasida ulanishi va shu hisobdan mustahkam bog‘lanish payvandlash deb ataladi. Qizdirish usuliga qarab payvandlash gazli yoki elektr payvandlilarga bo‘linadi.
Gazli payvandlash qalinligi uncha katta bo‘lmagan metall jismlarni ulash uchun ishlatiladi. Bunda issiqlik manbai, yonuvchi gazning (asetilen, propan, vodorot va boshqa) kislorodda yonishi hisobdan paydo bo‘ladi. Ko‘pincha asetilin bilan texnik kislorod qo‘shilmasi ishlatiladi. 26- rasmda gaz bilan payvandlash uchun kerak bo‘lgan uskunalar tasvirlangan. Oq rangli ballonda asetilen bo‘ladi. Asetilen vintel va reduktor orqali chiqadi.
Kislorod ko‘k rangdagi ballondan rediktor orqali chiqadi. Ikkala gaz shlangiar orqali gorelkada qo‘shiladi. Asetilen va kislorodning ma’lum nisbatida yonish temperaturasi 3150°C ga ko‘tariladi. Gaz bilan payvandlayotgan paytda payvand tizimi uchun metall sim ishlatiladi. Payvandlanayotgan metall va ishlatiladigan simning kimyoviy tarkibi bir-biriga yaqin bo‘lishi kerak. Maxsus gorelka va gaz bilan payvandlash uskunasi yordamida kesish ham mumkin. Kesish metallni 1000–1180°C temperaturagacha qizdirishdan boshlanadi. Keyin kislorodning qirquvchi oqimi qizigan metall bilan reaksiyaga tushadi, natijada issiqlik ajralib chiqadi va metallni pastki qatlamlarini qizdiradi. Gaz bilan payvandlash uskunasi bilan ishlash paytda judayam ehtiyotkorlik, tajriba va maxsus tayyorgarlik talab qilinadi. Elektrpayvadning ikkita turi mavjud: yoyli va kontaktli. Elektr yoyli payvandda asosiy bo‘lgan uskuna payvandlash apparati hisoblanadi. Simlarning biri ishlanadigan detalga ikkinchisi elektrodga ulanadi. Elektordlar po‘lat elektrodli simlardan tayyorlanadi. Payvand sifati yuqori bo‘lishi uchun elektrodlar maxsus o‘rama bilan qoplanadi va u metallni oksidlanishdan saqlaydi. Qo‘l bilan ishlatiladigan elektr yoy payvandlash jarayoni quyidagicha. Avval ulanadigan detallarning qalinligiga qarab to‘k kuchi to‘g‘rilanib olinadi. Keyin detal va elektrodni qisqa tutashtiriladi, natijada kontakt bo‘lgan joyda temperatura keskin ko‘tariladi. Bundan keyin elektrod detaldan 3-5 mm uzoqlikka olinadi va elektr yoy paydo bo‘ladi. Keyin elektrodni asta yurg‘iziladi va erigan metal ulanadigan joyga oqizib tushiriladi. Elektr yoy yordamida payvandlash nisbatan unchalik qiyin emas lekin baribir boshlang‘ich tajriba kerak bo‘ladi. Payvandlash apparati bilan ishlaganda har doim extiyotlik, sanitar-gigienik va olovga qarshi me’yorlarni hisobga olish kerak bo‘ladi. Ishlov paytida maxsus qo‘lqop, etik va maxsus kiyimda ishlash kerak, chunki sachrayotgan qizigan metall tomchilari badanni kuydirishi mumkin. Ishlayotgan jaryonda, yon-atrofda tez yonuvchi moddalar bo‘lmasligi lozim, yuzni maxsus niqobl bilan himoya qilish kerak.
Detallarni parchinlash yordamida biriktirish:
Parchinli birikmalar yuzi yassi bo‘lgan bir-birining sirtini yopgan detallarni biriktirish uchun ishlatiladi. Parchinlash asosan aviatsiya, kemasozlik, ko‘prik qurilishida va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi. Uni tunukalarni biriktirish uchun ham ishlatsa bo‘ladi. Parchinlar uchi har xil shakldagi sterjen ko‘rinishida bo‘ladi (28-rasm). Ular shtampovka yo‘li bilan egiluvchan metalldan (yumshoq po‘lat, mis, allyuminiy) tayyorlanadi. Tunukadan tayyorlangan detallarni parchinlash uchun bolg‘a, borodok, natyajka, objimka va podderjkalar ishlatiladi (29-rasm.) Parchinlash uchun detal yog‘och brusiga o‘rnatilib, diametri shunday
bo‘lishi kerakki, unga parchin sterjenni bemalol, lyuftsiz kirishi kerak. Teshik ochilgandan keyin unga parchin o‘tqaziladi va uchi past tomonidan podderjkaga tiraladi (29-rasm, b). Bolg‘a bilan urib detallarni bir-biriga natyajka yordamida qisiladi (29- rasm, d). Sterjenning chiqib qolgan joylari bolg‘a bilan urib chiqqan joylarini yalpaytiriladi. Asta sekin zarblar qattiqlashtiriladi(29-rasm, e) va objimka yordamida kerakli shaklga kelitiriladi (29-rasm, f).

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling