Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar) 5-sinf


Kommunikativ kompetensiya


Download 1.28 Mb.
bet68/83
Sana29.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1400352
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83
Bog'liq
5 sinf texnologiya ogilbollar

Kommunikativ kompetensiya:
texnologiyaga oid atamalarni xorijiy tillarda o‘rganish, so‘z boyligini oshirib borish; jamoa bilan ishlashda jamoa fikrini qo‘llab-quvvatlash, o‘z hissasini qo‘sha olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish, kutubxonada mutolaa qilish orqali bilimini mustaqil ravishda oshirib borish; o‘z sog‘ligini asrash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘z oilasi, mahallasi, yurti oldidagi burchini bilish; mahallada tashkil etilgan hasharlarda, shanbaliklarda faol ishtirok etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
yurish-turishda madaniy me’yorlarga amal qilish. turli yo‘nalishdagi san’at asarlarini tushuna olish va undan zavqlanish;
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish
Dars metodi: Guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”
Darsda jihozi: Аsbоb-uskunа vа mоslаmаlаr, mavzuga oid rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, mehnat qurollari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

c) Darsga tayyorgarlik ko‘rish
d) O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

a) Savol – javob o‘tkazish
b) Topshiriqlarni tekshirish
c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Yog‘ochga ishlov berishda qo‘llaniladigan xalq hunarmandchiligi elementlari O‘rta Osiyo naqqoshlik san’ati qadimdan dunyoga mashhur. O‘tmishda ota-bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yo‘qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar bizni hayratga solib kelmoqda. Milliy naqshlarimiz g‘oyatda boy mazmunga ega. Oddiy qoshiq, lagan, quticha, sandiq, belanchak, cholg‘u asboblari, uy-ro‘zg‘or buyumlaridan tortib turar joy va jamoat binolarining devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonni hayratga soladi, uni o‘ylantiradi. Bu go‘zal naqshlar ajoyib naqqoshlar tomonidan yaratilgan bo‘lib, asrlar davomida bunyod topdi, rivojlandi, me’morchilik hamda tasviriy san’at rivoji bilan bog‘langan holda takomillashib bordi Naqsh-arabcha tasvir, gul degan ma’noni anglatadi. Tabiatdagi o‘simliklar, qush va jonivorlarga qiyoslab chizilgan shakl va boshqa elementlarni ma’lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir Ganchkorlik, kandakorlik, kashtado‘zlikda, zardo‘zlik, kulolchilik, zargarlik, gilam to‘qish, to‘qimachilik, panjaralar va hokazolarda har xil yo‘llar bilan naqshlar ishlanadi. Masalan, o‘yib, chizib, chok yordamida, zarb bilan, qadab va boshqa usullarda naqsh solinadi. Naqqoshlik san’ati tarixi insoniyat madaniyati bilan bir qatorda qadimiydir. Madaniyatning rivojlanishi natijasida rassomlik va naqqoshlik ajralib chiqdi hamda rivojlandi. Har xil arxeologik qazilmalar shuni ko‘rsatadiki, naqqoshlik jahondagi barcha xalqlarda qadimdan mavjud ekanligi bizga ma’lum bo‘ldi. Chunonchi, Xitoyda, Qadimiy Eronda, Hindistonda va boshqa joylarda naqshning har xil turlarini ko‘rish mumkin. Naqqoshlik har bir davlatning o‘ziga xos muhitiga: geografik o‘rniga, o‘lkaning o‘simlik dunyosiga ko‘ra rivoj topdi. Masalan, arman va gruzinlarda uzum va uzum bargi, shimol xalqlarida archa va har xil hayvonlar, qirg‘iz va qozoqlarda mol shoxi, tojiklar va o‘zbek xalqlarining naqshlariga qarasak anor, bodom, gullar, qalampir va boshqalarni ramziy naqsh tariqasida ishlatilganligini ko‘rasiz. Bu esa o‘z-o‘zidan naqqoshlik san’atining rivojlanishiga ta’sir etdi. Naqqoshlik sa’atining o‘ziga xos turli uslub va usullari bor. Xiva naqshida asosan zangori va yashil ranglar juda ko‘p ishlatiladi. Xorazm naqshlari butun yuzani geometrik naqshlar bilan to‘ldirib moviy va yashil bo‘yoq berishni yaxshi ko‘rganlar. Buxoro naqshlarida murakkab girihlar aniq, puxta o‘lchamda ishlatilishi o‘simliksimon naqshlarning o‘ziga xos san’at bilan ishlangani naqshlarning yaproq, meva, gul barglar ritmiga alohida e’tibor berilishi bilan farqlanadi. Samarqand naqshlari Toshkent, Farg‘ona naqshlariga o‘xshab ketadi. Samarqand naqshlari o‘ta guldorligi barg va gullarining badiiy harakatchanligi, jonliligi bilan farq qiladi. Naqshlar qaysi bino yoki buyumni bezamasin, o‘ziga xos uslub va texnologiyani talab qiladi. Shuning uchun ham ota-bobolarimiz naqsh turlarini puxta o‘rganganliklari uchun hayotdagi shodlikni ham, g‘am kulfatni ham jonli chiziqlar, rang-barang naqshlar orqali bera olganlar. Albatta naqshlardagi mazmun va ma’noni o‘qiy olish uchun kishida badiiy ma’lumot, o‘ziga xos bir san’at bo‘lishi kerak. Naqsh arabcha tasvir, gul degan ma’noni bildirib, elementlari ma’lum tartibda takrorlanadigan o‘simliksimon, geometrik shakllar, hayvon, qush va boshqalarning sxematik tasviridan tashkil topgan bezak. Har qanday materialga naqsh ishlash mumkin. Chunonchi, toshga, ganchga, misga, yog‘ochga o‘yish yoki qog‘oz, mato, yog‘ochga, ganchga chizib, bo‘yab ishlash va hokozo. Albatta bularni ishlashdan oldin naqsh chizish geometriyasini bilish zarur.Naqqoshlikda ishlatiladigan naqshlar tuzilishiga ko‘ra - islimiy va girix naqshlarga bo‘linadi. Islimiy naqsh - tabiatdagi barg, band, daraxt, buta, g‘uncha, qush, baliq
va boshqa narsalarni naqqosh tomonidan stillashtirib olingan shaklini ma’lum qonuniyatlar asosida takrorlanishidan hosil qilinadi. Stilizastiya – qush, baliq, gul rangi va shaklini manzarali tarzda umumlashtirishdir. Girix naqsh – geometrik naqsh turlaridan biri bo‘lib, chigal, tugun degan ma’noni anglatadi. Girix naqsh murakkab naqsh turi. U geometrik naqsh
urlaridan biri bo‘lib, to‘rtburchak, uchburchak, aylana va yoylar hamda ko‘pburchaklardan tashkil topadi. Tuzilish jihatidan to‘g‘ri chiziq, egri chiziq va aralash chiziqlardan tashkil topgan girixga bo‘linadi. Naqqoshlikda garmoniya, kontrast, simmetriya, assimetriyaga alohida e’tibor berish zarur. Garmoniya – grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, munosiblik, bog‘liq bo‘lish, muvofiqlik degan ma’nolarni anglatadi. Naqqoshlikda naqshning rangi, o‘lchami, shakllar nisbatidagi eng chiroyli uzviylik. Kontrast – franstuzcha keskin farq degani bo‘lib, ranglarning qarama –qarshiligi yoki ranglarni bir - biridan keskin farqi. Yog‘ochga ishlov berishga oid kasb-hunarlar to‘g‘risida ma’lumot:
Maktabni muvaffaqiyatli tugallaganingizdan so‘ng kasb-hunar kollejlarida xizmat ko‘rsatish sohalariga oid quyidagu kasblarni egallashingiz mumkin:
– yog‘och o‘ymakorlik bo‘yicha usta-rassom; – naqqoshlik bo‘yicha usta-rassom;
– yog‘ochga ishlov barish taxnologiyasi va mabal ishlab chiqarish ustasi;
– musiqa asboblarini yasash va ta’mirlash bo‘yicha usta;
– lakli miniatyura ustasi;
– mebellarni loyihalovchi dizayner.


  1. Download 1.28 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling