Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar) 5-sinf


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi


Download 1.28 Mb.
bet70/83
Sana29.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1400352
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83
Bog'liq
5 sinf texnologiya ogilbollar

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish, kutubxonada mutolaa qilish orqali bilimini mustaqil ravishda oshirib borish; o‘z sog‘ligini asrash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘z oilasi, mahallasi, yurti oldidagi burchini bilish; mahallada tashkil etilgan hasharlarda, shanbaliklarda faol ishtirok etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
yurish-turishda madaniy me’yorlarga amal qilish. turli yo‘nalishdagi san’at asarlarini tushuna olish va undan zavqlanish;
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish
Dars metodi: Guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”
Darsda jihozi: Аsbоb-uskunа vа mоslаmаlаr, mavzuga oid rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, mehnat qurollari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

c) Darsga tayyorgarlik ko‘rish
d) O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

a) Savol – javob o‘tkazish
b) Topshiriqlarni tekshirish
c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Har qanday buyumni yasash uchun uning tegishli chizmasi va texnologik jarayonning asosini tashkil qiladigan texnologik xaritasi bo‘lishi shart. Texnologik xaritalar tuzish va ulardan foydalanish o‘quvchilarning ijodiy faolligini oshiradi, texnik tafakkurini rivojlantiradi va mustaqil ishlashga yordam beradi. Bundan tashqari, texnologik xaritalarni tuzish orqali buyumning namunasiga yoki chizmasiga qarab uning murakkab konstruktsiyasini ishlab chiqish; buyum uchun zagotovka tanlash va uning o‘lchamlarini aniqlash; texnologik operatsiya va o‘tishlarni hamda ularni bajarish tartibini belgilash; asboblar, uskuna va moslamalarni tanlash kabi muhim ishlar o‘zlashtirib olinadi.
Tuzilgan texnologik xaritalar yordamida rejalashtirilgan buyumning hamma detallarini yasash va ularni yigishni bajarish mumkin. “Ko‘rsatkich” (ukaska) yasashning texnologik xaritasini tuzing.

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Yangi mavzu amaliy mashg‘ulot davomida mustahkamlanadi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling