Fan va innovatsiya vazirligi

O’zbekistonning turli mintaqalarida tarqalgan to’g’ri qanotlilar turkumi

Download 116.56 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi116.56 Kb.
#1572120
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
to\'g\'ri qanotlilar 2

1.2 O’zbekistonning turli mintaqalarida tarqalgan to’g’ri qanotlilar turkumi.
Temirchaklar (Tettigonioidea) -toʻgʻri qanotli hasharotlar turkumi katta oilasi, 7 mingga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 100 dan ortiq turi uchraydi. Orqa oyoqlari sakrovchi. Koʻpchiligi (asosan, erkagi)ning oldingi qanotida ovoz chiqaruvchi organi bor. Issiq va iliq iqlimli mamlakatlarda tarqalgan. Eshitish organi oldingi oyogʻining boldir qismida joylashgan. Tuxum qoʻygichi qilichsimon, uzun. T. oʻsimlikxoʻr, shuningdek, yirtqichlari ham bor. Oʻrmon chetlari, butazorlar, gʻorlar, toshlar ostida va boshqa joylarda yashaydi. Tuxumi qishlaydi; bahorda tuxumdan lichinka rivojlanadi. Lichinka 1—2 oy mobaynida 5—8 marta pust tashlab taraqqiy etadi. Hayot sikli bir yoki bir necha yil (dshpauza hisobiga) davom etadi. Baʼzi T. (yashil T. va kulrang T.) qurgʻoqchilik yillari ekinlar (gʻalla, tokzorlar)ga ziyon keltiradi.

Chirildoqlar (Gryllidae) - toʻgʻriqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Tropik va moʻʼtadil mintaqalarda 2 mingdan ortiq turi maʼlum. Sernam oʻtloq yerlarda, poliz va sabzavot ekinzorlarida, xonadonlarda yashaydi. Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida koʻpincha dasht chirildogʻi (Acheta deserta Pall.) uchraydi. Erkagining tana uz. 10– 16 mm. urgʻochisiniki 12–20 mm, kora; tanasi mayda kulrang tuklar bilan krplangan. Orqa oyoqlari sakrovchi. Ustqanoti qornining uchigacha yetadi. Erkagi usgkanotlarini birbiriga ishqalab chirillagan tovush chiqaradi. Eshitish organi oldingi boddirida. Qornining uchida uzun oʻsimtalari bor. Tuproq yoriqlari, toshlar tagi yoki uyalarda, baʼzilari uylarda (uy chirildogʻi yoki qora chigirtka) yashaydi. Tuprokning yuza qatlamida katta (beshinchi) yoshdagi lichinkalari qishlaydi. Aprel-may oylarida lichinkalar pust tashlab, voyaga yetgan hasharotga aylanadi. Qanotlari shakllanib boʻlganidan keyin, bir oy oʻtgach Ch. kichikroq gala boʻlib, tuproq yoriqlariga tuxum qoʻyadi. 15—20 kunda tuxumdan lichinkalar chiqadi. Yiliga bir marta avlod beradi. Ekinlarni zararlaydi, baʼzan koʻchat qalinligining kamayishiga sabab boʻlishi mumkin. Vertun chirildogʻi (Oecanthus turanicus Uv.) lalmi ekinzorlarni va ularga yakin joylashgan gʻoʻza, beda, yosh toklarni zararlaydi.

Download 116.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling