Fan va innovatsiya vazirligi


To’g’ri qanotlilar turkumi vakillarining tuzilishi


Download 116.56 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi116.56 Kb.
#1572120
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
to\'g\'ri qanotlilar 2

1.1 To’g’ri qanotlilar turkumi vakillarining tuzilishi .
TO’G’RI QANOTLILAR (Orthoptera) hasharotlar sinfiga mansub turkum. Tanasi uzunchoq, 2 juft qanoti yaxshi rivojlangan. Orqa oyoqlari sakrovchi. Urgochisining tuxum qo’ygichi bor. Maxsus tovush chiqarish va eshitish organlari mavjud. To’g’ri qanotlilar turkumi 2 kenja turkum: uzun mo’ylovlilar (ediexidsimonlar, temirchaksimonlar, Chirildoqsimonlar, chirildoklar katta oilalari) va kalta mo’ylovlilar (treperstsimonlar, tetrigidsimonlar, timpanalsizlar, pufaklilar, chigirtkalar katta oilalari)ga ajratiladi. 200000 dan, O’zbekistonda 350 dan ko’proq turi ma’lum. Janub hududlardagi ochiq landshaftlarda keng tarqalgan. Chala o’zgarish orqali rivojlanadi. Yilda bitta nasl beradi. Odatda, tuxum davrida qishlaydi. Ko’pchilik turlari o’simlikxo’r, ba’zi turlari aralash yoki yirtqich oziklanadi. Ayrim turlari ko’p sonli gala hosil qilib, uzoq masofaga uchib o’tishi (ko’chishi) mumkin. Qishloq xo’jalik ekinlariga zarar keltiruvchi turlari bor (chigirtkalar, buzoqboshilar). Gala bo’lib ko’chib yuruvchi turlari (Osiyo chigirtkasi, Marokash chigirtkasi) ekinlar uchun ayniqsa katta xavf tug’diradi. Cho’l temirchagi O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan.
Bosh qismi tanaga erkin birikkan, bir juft mukammal ko‘zlaridan tashqari, 1–3 ta oddiy ko‘zi ham bor. Burtlari ko‘p bo‘g‘imli (10 tadan kam emas), turli shaklda, ular ingichka va hatto tanasidan uzun (temirchaksimonlar, chirildoqsimonlarda) yoki uning yarim uzunligiga yetar-yetmas (chigirtkalarda) bo‘ladi.
Qanotlari, odatda, yaxshi rivojlangan (ba’zan, yo‘q yoki temirqanot) va aniq tomirlangan; oyoqlari to‘liq rivojlangan; orqa oyoqlarining soni va boldiri yo‘g‘onlashgan, baquvvat, tikan va pixlari bor; ular sakrash uchun moslashgan. Ko‘pchilik
turlarida oldingi va o‘rta oyoqlar yurish, yugurish, tirmashish uchun xizmat qiladi; kovlagich tipda tuzilganlari ham bor. Ko‘pchilik to‘g‘riqanotlilar qorinchasining birinchi tergitida (chigirtkalarda) yoki oldingi boldirida (temirchaklar, chirildoqlarda) tovush eshitish (timpanal) organi bor. Ko‘pchiligi (asosan, erkak zotlari), odatda, orqa soni va ust qanotlarida (temirchaklar, chirildoqlarda) joylashgan maxsus moslamalar
yordamida tovush chiqaradi (chirillaydi).
To‘g‘riqanotlilar, asosan, yerga, qisman turli o‘simliklarga tuxum qo‘yadi. Ko‘pchilik turlari tuxum va ba’zilari lichinka yoki yetuk davrida qishlaydi. Ikkita asosiy hayot formasi uchraydi. Birinchi ftofl yoki o‘simliklar oralig‘ida, ikkinchisi geofl yoki tuproq ustida va ichida uchraydi. Birinchilarining tanasi silliq, yonboshi siniq-tekis yoki sarg‘ish; geofllarning tanasi esa aksincha, yassilashgan, usti silliq emas va rangli, tuproq rangiga o‘xshab ketadi.
To‘g‘riqanotlilarning juda ko‘p turlari o‘simlikxo‘r, lekin qisman yirtqich, shuningdek, aralashxo‘ri ham uchraydi. To‘g‘riqanotlilarning 20 mingdan ortiq turi bor, jumladan
O‘zbekistonda 700 tacha turi uchraydi. Bular 10 dan ortiq oilaga, 2 ta kenja turkumga birlashgan.
Temirchaklarning (Tittigonidae) oilasiga mansub turlarning burtlari uzun bo‘ladi. Peshanasiga joylashgan oddiy ko‘zi aniq bilinmaydi. Erkak zotlariust qanotlari asosida yo‘g‘onlashgan tomir, ikkinchi (o‘ng tomondagi) qanotida ingichkalashgan
(parda) qism bor, ular birbiriga ishqalanishi natijasida chirillagan
tovush chiqadi. Eshitish organi oldingi boldirlari asosida
joylashgan. Panjalari 4 bo‘g‘imli. Kirkilari ko‘pchiligida kalta
bo‘ladi. (Grylloidea) Chirildoqlar (Grylloidea) oilasi vakillarining tashqi belgilari temirchaklarnikiga o‘xshaydi. Burtlari uzun, eshitish organi
oldingi boldirida joylashgan. Panjalari uch bo‘g‘imli, sirkilari yumshoq. Chirildoqlar tanasi yirik, qisman yassilashgan, qora, kulrang, siyrak tukli, boshi yo‘g‘on, yumaloq va silliq. Burtlari ingichka va qilsimon. Ko‘zlari katta emas, ko‘zchalari uchta.
Chirildoqlarning rivojlanishi va hayot kechirish tarzi umuman temirchaklar va chigirtkalarnikiga o‘xshab ketadi. Chirildoqlar o‘rta yosh lichinkali davrida qishlaydi, tunda harakatchan bo‘ladi.
Chirildoqlarning bir turi xonadonlarda va xo‘jalik xonalarda
uchraydi. Kechqurun va kechasi chirillaydi. Bu uy qora chigirtkasi hisoblanadi. Oziq qoldig‘i, birinchi navbatda, non uvoqlari bilan oziqlanadi. Kattaligi 12–15 mm keladi.
Chigirtkalar (Acrididae) oilasiga mansub turlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ko‘pchiligi yirik hasharot (70 mm va undan yirik). Chigirtkalar burtlarining kaltaligi bilan temirchaklar va chirildoqlardan yaxshi farq qiladi.
Ko‘krak qismi hajmli, gardishdek ko‘tarilgan. Old ko‘krakning oldingi oyoqlari o‘rnashgan joyi oralig‘i tekis yoki
kichkina o‘simtali. Oldingi ko‘krak o‘rta ko‘krakka, qimirlab
oladigan o‘rta ko‘krak esa orqa ko‘krakka yopishib, harakatchan
o‘rnashgan. Qanotlari yaxshi rivojlangan (qanotsizlari ham bor),
aniq tomirlangan chigirtkalar qishloq xo‘jalik ekinlariga katta
zarar yetkazadi.
Ular, asosan, tuxumlik, bir qancha turlari esa yetuk yoki
lichinka davrida qishlaydi. Ko‘pchilik tur chigirtkalar tuproqqa
tuxum qo‘yadi. Tuxum qo‘ygichini tuproqqa botiradi va tuxum
chiqarish bilan bir vaqtda qo‘shimcha bezlaridan ajratilgan
ko‘piksimon suyuqlikni ham to‘kadi. Bu suyuqlik qotib borgani
sari unga tuproq qismlari yopishib, qo‘yilgan tuxumlar atrofda
tuxum ko‘zchasi hosil bo‘ladi. Tuxum qo‘yish davri bir oy va
undan ham ortiq muddatga cho‘ziladi. Tuxum qo‘yib bo‘lgan
urg‘ochi zot va undan ilgariroq esa erkak zot nobud bo‘ladi.
Lichinkalar kelasi yili bahorda ochib chiqadi. Tuproq
yuzasiga chiqqan lichinkalar tezda tullaydi va navbatdagi yoshga o‘tadi. Lichinkalar tuproq sharoitiga qarab, oldinma-ketin chiqadi. Tuxumdan ochib chiqqan lichinka 12 24 soatdan so‘ng oziqlanadi. Butun rivojlanish davrida lichinka 4–5 marta tullab,
shuncha yoshni o‘tadi, oxirgi tullashdan so‘ng yetuk hasharotga
aylanadi.
Chigirtkalar to‘da va yakka-yakka holda yashaydi. Voyaga yetganlari juda xo‘ra bo‘lib, ko‘paygan joyida dala o‘simliklariga katta ofat keltiradi. Chigirtkalarga qarshi maxsus kurash choralarini qo‘llaniladi.
Nafas olish organlari. Hasharotlarda nafas olish protsessi ularning butun tanasi bo’ylab tarmoqlangan traxeya va traxeolalarida o’tadi. Traxeya naysimon tuzilishga ega bo’lib, ichki devori kutikuladan iborat. Hasharotlarning traxeyasi tana yuzasining ichki yon tomonida joylashgan tomirlardan boshlanadi. Nafas teshiklarining 2 jufti ko’krakda, 7-8 jufti esa qorin qismida bo’ladi. Nafas teshigining ichki qismida bo’ladi. Nafas teshigining ichki qismida maxsus yopgich apparati bo’lib, uning yordamida nafas teshigi yopilishi mumkin. Maxsus yopgich apparati havoning traxeyaga o’tishi va organizmdagi suvning bug’lanishini boshqaradi. Tashqaridagi havoning nafas teshigi orqali traxeyaga o’tishi va chiqindi gazlarning traxeyadan tashqariga chiqarilishi nafas harakatlari orqali amalga oshadi. Nafas harakati turli tur yoki bir turga oid hasharotlarning, har xil aktivlik davrida o’zgaruvchan bo’ladi. Masalan, karam kapalagining nafas harakatlari minutiga 4 marta, asalarilarda esa 240 martagacha bo’ladi. Tashqaridan traxeyalar orqali kirib, barcha to’qima hujayralariga borgan kislorod undagi oqsil, yog’ va uglovodorodni oksidlantiradi. Natijada karbonad angidrid va issiqlik energiyasi ajralib chiqadi. Har bir organizmning tana tempraturasi organizmdagi moddalar almashinuvi protsessiga bog’liqdir. Hasharotlar tanasida temperaturani bir xil saqlovchi moslamalar bo’lmagani uchun ular tinch turganda tana tempraturasi tashqi muhit tempraturasiga mos keladi. Hasharot harakatda bo’lganda nafas olish va moddalar almashinuvi jarayonlari kuchayib, tana tempraturasi ko’tariladi.
Nerv sistemasi va sezgi organlari. Hasharotlarning nerv sistemasi juda rivojlangan bo’lib, sezgi organlari orqali tashqi muhitning turli ta‘sirini yaxshi sezadi. Ularning nerv sistemasi tugunchalardan, markaziy nerv zanjirlaridan va periferik nervlardan iborat. Tugunchalardan tuzilgan markaziy nerv zanjiri hasharot tanasining ostki tomonida joylashgan. Tomoq ustki nerv tugunchasi boshda joylashgan, u og’izdagi organlarning, oldingi ichakning ishini bajaradi. Hasharotlarning xam yuqori darajada rivojlangan hayvonlarniki singari beshta sezgi organlari: ko’rish, eshitish, hid bilish, ta‘m bilish va tuyg’u organlari bo’ladi. Bu organlar (sensillalar) orqali qabul qilingan ta‘sirlarni sezgi nerv tolalaridan markaziy nerv sistemasiga, undan esa ichki organlarga o’tkazadi. Buni refleks deb ataladi. Hasharotlarning hid bilish organi ancha murakkabdir. Uning mo’ylovlari hid bilish organi bo’lib xizmat qiladi. Ta‘sirot qabul qiluvchi sensillalarning miqdori har xil bo’ladi. Masalan, o’simlikxo’r hasharotlarda 2-5 tagacha, asalarilarda esa 1500 tagachadir. Hasharot mo’ylovida sensilla qancha ko’p bo’lsa, u hidni shuncha yaxshi sezadi. Ayniqsa, tekinxo’rlik qilib yashovchi hasharotlarda hid bilish organi juda rivojlangan. Masalan, yaydoqchilar o’z o’ljasini hatto o’simlik poyasi ichidan ham hidi orqali topa oladi. Ko’rish organi. O’simliklarda yashovchi hasharotlarning ko’rish organi yaxshi rivojlangan, yer ostida, g’orlarda yashovchi turlarda esa ko’z bo’lmasligi ham mumkin.
Hasharotlarning ko’zi ikki xil bo’ladi: oddiy ko’z, murakkab ko’z. Har qaysi ko’zning ustki qismida shox parda, uning ostida esa yorug’likni sindiruvchi konussimon ko’z gavhari va yorug’lik nurini qabul qiluvchi to’r parda joylashgan. To’r parda hujayralarida esa nerv uchlari joylashgan, u yorug’lik ta‘sirini qabul qilib, markaziy nerv sistemasiga yetkazadi. Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, hasharotlarning ko’pgina turlari deyarli hamma ranglarni farq qilar ekan. Masalan, asalari to’q sariq rangdan tortib binafsha ranggacha farq qiladi, ammo u qizil rangni qora rangdan farqlay olmaydi. U odam ko’ra olmaydigan ultrabinafsha nurni ta‘siriga javob beradi. Eshitish organi. Zararkunandalarda eshitish organi ovoz chiqaradigan turlarda rivojlangan bo’lib, uni tempanal (nog’ora) organ deyiladi. Masalan, chigirtkalarda, tsikada va temirchak kabilarda eshitish organi mavjud bo’lib, ko’pgina hasharot turlarida esa bo’lmaydi, ular eshitmaydi deb taxmin qilinadi. Zararkunandalarning eshitish organi parda tortilgan chuqurchadan iborat bo’lib, unga eshitish nervlarining uchlari kelib tutashadi.
Qora chigirtkalarning tempanal organi oldingi oyoqning boldir qismida, tsikada va chigirtkasimonlarniki esa qorinning birinchi sigmentida joylashgan. Ba‘zi zararkunandalarda o’zlaridan ultratovush chiqarishi ham ma‘lum. Masalan, gessen pashshasining lichinkasi, ombor uzunburuni va boshqalar. Tuyg’u organi. Hasharotlar terilari orqali tempraturani, mexanik bosimni, og’riqni sezadi. Tuyg’u organlari ayrim sensillalar yoki ularning gruppalari tarzida ostki jag’ va ostki lab paypaslagichlari, mo’ylovlari, qanot va oyoqlari, ba‘zan tananing boshqa qismlarida ham joylashadi. Ayniqsa, hasharotlarda tempratura o’zgarishini sezish yaxshi rivojlangan. Ta‘m bilish organi. Ko’p tur hasharotlarning og’iz apparatida maxsus sensillalar gruppasi joylashgan. Bunday tur hasharotlarda ta‘m bilish organi ancha rivojlangan bo’ladi. Kapalaklarning ba‘zi turlarida, masalan, g’o’za tunlamida ta‘m bilish organi oyoq panjasida joylashganligi ma‘lum. Zararkunandalarda yana yog’ tanasi deb qoplangan chiqarish organi bor. Bu tanada bo’sh joylarni to’ldirib turadi. Yana yog’ tanadagi tuplangan yog’dan hasharot metamorfoz rivojlanish jarayonida foydalanadi. Uni yig’uvchi buyrak deyishadi. Chunki, u dissimilyatsiya mahsulotlarini chiqarmaydigan “yig’uvchi buyrak” nomini olgan. Ayrim vazifasini yana yurakning yon tomonlarida joylashgan perikardial hujayralar ham bajaradi.
Nerv sistemasi - bularda murakkab rivojlangan. Ayniqsa, bu hol jamoa bo’lib yashaydigan hasharot-larda - arilarda yaxshi kuzatiladi. Hasharotlarning bosh miyasi 3 bo’limdan: 1.Oldingi bo’lim-prototserebrum deyilib, u 2 ta yarim shardan iborat. Undan ko’ra boradigan nerv bo’laklari chiqadi. Yarim shar ichida poyasimon yoki zamburursimon tanalar taraqqiy etgan. Bu tanalar jamoa bo’lib yashaydigan hasharotlarda katta ahamiyatga ega bo’lsa kerak. 2.O’rta bo’lim - dyitotserebrum deyilib, undan nerv tomirlari hasharot mo’ylovlariga boradi. U hidlov vazifasini bajaradi. 3.Orqa bo’limi - tritotserebrum-antennalar sigmentiga o’xshaydi. Bu bo’limdan lablarni idora qiladigan nervlar chiqadi. Bosh miya tomoq oldi va tamoq-osti tuguniga qo’shiladi. Bular pastki va yuqori jag’larni himoya qiladi. Ma‘lumki; oldin aytganimizdek 3 ta ko’krak va 2 ta qorin sigmentlari bor.
Ana shulardan nerv zanjirlari chiqib gavdaga tarqaladi. Ayrimlarida bir necha gangliyalar bir joyda yig’iladi. Bu hodisa voyaga yetgan hasharotlarda yaxshi ko’rinadi. Sezuv organlari - hasharotlarni nafas sistemasi kabi sezuv organlari ham yaxshi rivojlangan. 1.Tuyg’u organlari 2.Hidlash organlari 3.Ta‘m bilish organlari 4.Ko’rish organlari 5.Eshitish organlari Tuyg’u organlari vazifasini sezuvchi tuklar kirib ular jag’ apparatining (paypaslashlarida) paypaslagichlarida, oyoqlarda joylashgan. Xidlash organlarining ahamiyati (changlash) ularni har bir xidni bilishdadir. Masalan: o’limtiklarga, gullarga uzoqdan uchib kelishi, urg’ochisi xidini erkagi bilishi, 2-3 kilometrdan sezishi. Arining mo’ylovida 14-15 ming, may qo’ng’izining erkagida 50 mingga yaqin, urg’ochisida 8 minggacha hidlov chuqurchasi bor. Ta‘m bilish organlari - jag’larda, pastki labda paypaslagichlarda joylashgan. Shuning uchun ham ular hamma narsaga ko’navermaydi. Ko’rish organlari 2 xil bo’ladi. 1) Oddiy ko’zchalar. 2) Fasetkali ko’zchalar. Ko’pgina hasharotlar, arilarda 1 juft fasetkali ko’zlardan tashqari boshining tepa qismida 3 ta oddiy ko’zcha bo’ladi. Erkak aridagi ko’zda 13 090 ta, ishchilarida 6300 ta, urg’ochi arida 4920 ta ommatidiy bo’ladi. Ommatidiydan iborat fasetkali ko’zlar hasharotlarda bor, ular bir mo’ljalni ko’zlab uchishda ishtirok etsa ajab emas. Suv qo’ng’izlaridagi ko’z ommatidiylari suvdagi boshqa hayvonlarni ko’rishda ishtirok qiladi. Fasetkali ko’zlar deyarli butun bosh qismini (ninachilarda) egallab turadi, gullarni rangini ajratadi, urg’ochilarni izlab topadi. Ammo oddiy ko’zlarni mohiyati hali aniqlanmagan bo’lsada ularni yordamchi ko’rish organlari sifatida tan olishadi. Ba‘zi olimlar fikricha ayrim hasharotlar daltoniklardir (rangini ajrata olmaydi). Ayrim hasharotlar chumolilar odam ko’ra olmaydigan ultrabinafsha nurlarni ko’rish qobiliyatiga ega deyishadi.



Download 116.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling