Inaktivatsiyaga uchrashi


Download 158.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi158.36 Kb.
#1030124
  1   2
Bog'liq
6.6 Laboratoriya



6-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
FERMENTLARNING YUQORI TEMPERATURA TA`SIRIDA 
INAKTIVATSIYAGA UCHRASHI. 
 
Darsning maqsadi. Fermentlar faoliyatiga tempraturani ta’sirini tajriba bajarish orqali 
amalda o’rganish va fermentlarning biologik ahamiyatiga oid nazariy bilimlarni 
mustahkamlash. 
Nazariy qism: Fermentlar moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etuvchi biologik 
katalizatorlar hisoblanadi. “Ferment” atamasi (lat. fermentum – achish) XVII asr 
boshlarida gollandiya olimi Van Gelmont tomonidan taklif etilgan bo`lib, u spirtli bijg`ish 
uchun qo`llanilgan edi. Ular o’zida yuqori molekulali moddalarni tutib, oddiy va 
murakkab oqsillarga kiradi. Fermentativ kataliz o’zining ta’sir qilish xarakteriga qarab 
geterogen hisoblanadi. Fermentlar bir qator xossalari bilan anorganik katalizatorlarga 
o’xshash bo’lishi bilan birga, ba’zi bir o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. Bulardan 
fermentlarning termo labilligi (issiqlikka chidamsizligi), spetsifikligi, ferment 
aktivligining muhit pH ko’rsatgichiga bog’liqligi, katalitik jihatdan yuqori ko’rsatkichga 
ega ekanligini ko’rsatish mumkin. Fermentativ kataliz yuqori tezlik bilan, ma’lum bir 
sharoitda (pH ko’rsatgichi va temperaturada) amalga oshadi. 
Fermentning aktivligi muhitning tarkibiga sezilarli darajada bog’liq bo’ladi. Bir qator 
kimyoviy moddalar ferment aktivligini tezlashtirsa (aktivatorlar), ba’zilari esa 
sekinlashtiradi (ingibitorlar). 
Fermentlarni 2 ta gruppaga bo’lish mumkin: protein-fermentlar (oddiy oqsillar), proteid-
fermentlar (murakkab oqsillar). Proteinlarga murakkab birikmalarni oddiylarigacha 
gidrolitik parchalanishini katalizlaydigan fermentlar kiradi (masalan, pepsin, amilaza, 
ureaza va boshqalar). Proteid-fermentlar oqsil qism - apoferment va issiqlikka chidamli 
bo’lgan oqsilmas qism - kofermentdan yoki prostetik gruppadan tashkil topgan bo’ladi.
Fermentlarning ko’pchiligi oqsilmas qismlar sifatida o’zida vitamin hosilalari va 
nukleotidlarni tutadi. Shu bilan birga kofaktor rolini bir qancha metallar (temir, magniy, 
mis, kobalt, rux, marganes, molibden) o’ynashi mumkin. 
Ferment nomi o’zi ta’sir etadigan substrat nomiga "aza" qo’shilishi bilan nomlanadi. 
Masalan, organik birikma molekulalaridan H
2
atomi ajralib chiqishi reaksiyasini va ularni 
boshqa moddalar molekulasiga o’tishini katalizlaydigan fermentlar degidrogenaazalar deb 
ataladi (degidrogenizatsiya - bu vodorodning ajralib chiqishi). 
Spirtlardan 
H
2
ning 
ajralib 
chiqishini 
katalizlaydigan 
fermentlar 
alkogoldegidrogenazalar deb ataladi. Fermentlar oqsil tabiatli moddalar bo’lgani sababli, 
ular temperaturaga juda ta’sirchan bo’ladi. Fermentlar uchun optimal temperatura 37-38°S 
ni tashkil qiladi. Temperaturaning oz miqdorda ko’tarilishi, (40-45°S gacha) 
fermentlarning aktivligini oshiradi. Lekin keyingi qizdirish, yani 50°|C dan yuqori bo’lgan 
temperatura, fermentning aktivligini yo’qolishiga sabab bo’ladi. Buning sababi, 
fermentning oqsil qismi yuqori temperaturada denaturatsiyaga uchrashidir. Past 
temperaturada esa ferment o’z aktivligini yo’qotmaydi, lekin shu temperaturada aktivligi 
kamayishi mumkin. Agar temperatura ferment uchun optimal holgacha ko’tarilsa, 
fermentning aktivligi yana tiklanadi.

Download 158.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling