Fan va innovatsiya vazirligi


Download 116.56 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi116.56 Kb.
#1572120
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
to\'g\'ri qanotlilar 2

Sakrovchi oyoqlar. Bunday oyoqlarning son qismi yo‗g’onlashgan bo’lib, orqa
juft oyoqlarigina sakrovchi bo’ladi (chigirtka, burga va chirildoqlarning orqa oyog’i).

2.2 To’gri qanotlilar tabiatdagi ahamiyati.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini kamaytiradigan omillardan biri zararli hasharotlardir. Shuning uchun o‘simliklarni ulardan himoya qilish qishloq xo‘jaligida asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Bu masalaning muhimligini O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 31-avgustdagi II chaqiriq
III sessiyasida «Qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunanda, kasallik
va begona o‘tlardan himoya qilish» to‘g‘risida qabul qilingan Qonun ham tasdiqlaydi. Dunyodagi barcha tirik mavjudot ichida hasharotlar turi va soni jihatidan eng ko‘p tarqalgan. Ular tuproqda, o‘simliklarda va, hatto, hasharotlarning o‘zida ham rivojlanadi va hayot faoliyatini davom ettiradi. Hasharotlar juda kichik (mayda) organism bo‘lishi bilan bir qatorda, juda tez ko‘payish xususiyatiga ega.
Ular odam va hayvonlar iste’mol qiladigan mahsulotlar bilan oziqlanib, sanoat va oziq-ovqat mahsulot- lariga zarar keltiradi. Qishloq xo‘jalik ekinlarini hasharotlardan to‘g‘ri himoya qilish, yetishtirilgan mahsulotni saqlab qolish, hasharotning
tarqalishi, zarar keltirish darajasi, bioekologiyasini umumiy va
qishloq xo‘jalik entomo logiyasi o‘rganadi.
Entomologiya bu hasharotlarni o‘rganishga bag‘ishlangan
(yunoncha – entomon – hasharot, logos – fan, ta’limot) nazariy fan bo‘lib, u hasharotlarning tana tuzilishi, ichki organlari va ularda kechadigan fziologik jarayonlar, hayot kechirish tarzi, tashqi muhit bilan bog‘liqligi hamda hasharotlar olamining tasnifni yoritib beradi.
Qishloq xo‘jalik entomologiyasi fanining asosiy vazifasi hosilni zararli hasharotlar ta’siridan saqlab qolishdan iborat bo‘lib, u o‘simliklarning zararkunandalarga chidamliligi, navning xossalari, agrotexnika darajasi, almashlab ekishdagi
o‘rni, agrobiologik omillarni va kurash choralarini o‘rganishdan
iborat. Shuning uchun qishloq xo‘jalik entomologiyasi umumiy
biologiya, fziologiya, mikrobiologiya, zoologiya, tuproqshunoslik, o‘simlikshunoslik, urug‘chilik va seleksiya, umumiy dehqonchilik, agrokimyo, paxtachilik, o‘simliklarni kimyoviy va
biologik himoya qilish fanlari bilan uzviy bog‘liq. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, qishloq xo‘jalik entomologiyasining nazariy asosi umumiy entomologiya hisoblanadi.
Har yili zararkunanda hasharotlar qishloq xo‘jaligiga kattan zarar yetkazadi. Ularga qarshi kurashilmagan taqdirda, hatto bir turdagi zararkunanda, o‘simlikshunoslikning ma’lum sohasida 50–60% va ayrim hollarda undan ham ko‘proq zarar yetkazishi va sohani iqtisodiy samarasiz qilib qo‘yishi mumkin. Professor Ross ma’lumotiga ko‘ra, AQSHda hasharotlarning qishloq xo‘jalik mahsulotlariga hamda o‘rmonlarga yetkazgan zarari va boshqa zararlarni hisoblaganda har yili 25–30 milliard dollarni tashkil etar ekan.
Jahonda har yili qishloq xo‘jalik ekinlari hosilining o‘ndan biri zararkunanda, kasallik va begona o‘tlar hisobiga nobud bo‘ladi. Rivojlangan davlatlarda bunday nobudgarchilik 10–15% ni tashkil etsa, kam rivojlangan davlatlarda 40, hatto 50% gacha yetadi.
Qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi tashkiliy-xo‘jalik choralarini ko‘rish, agrotexnik, mexanik, biologik, karantin tadbirlar asosida kurash olib borish va hududdagi ekologik muvozanatni saqlash, zarur bo‘lgan taqdirda atrof-muhitga kam
ta’sir etuvchi, issiqqonli organizmlarga hamda odamga va foydali
organizmlarga zarar yetkazmaydigan insektitsidlarni qolmog’i kerak.
Hasharotlar tanasi, asosan, uch qismga: bosh, ko‘krak va qorin qismlarga bo‘linadi. Ularning tanasi va organlarini qoplab turgan teri qatlami – kutikula o‘zaro elastik parda vositasi bilan tutashgan qattiq qismdan tashkil topgan. Terming bu xususiyati
hasharotlarga muskullar vositasida tanasining turli qismlarini
harakatga keltirishiga imkon beradi. Terining qattiq qismlari tashqi
skelet vazifasini bajaradi, chunki unda tananing hamma harakat muskullari o‘zaro tutashgan. Shu bilan birga bosh qismining o‘zi ham 5–6, ko‘krak qismi 3 va qorin qismi 9–11 bo‘lakdan tashkil topgan. Hasharotlarning tashqi skeleti ular tanasini tashqi muhit ta’siridan saqlaydi, ichki organlarini himoya qiladi, organizmdan
suv bug‘lanishini kamaytiradi va ichki muskullarining birlashish
joyi hisoblanadi.
Hasharotlarning bosh qismi. Hasharotlarning bosh qismi kalla suyagi, kalla qopqog‘idan iborat. Bosh qismda og‘iz organlari, bir juft mo‘ylov, bir juft oddiy ko ‘z yoki bir juft murakkab ko‘zchalar joylashgan. Bosh qismi orqa tomondan, ya’ni qorin qismidagi ichki organlar bilantutashgan. Bosh qismida bo‘g‘inlarga bo‘lingan turli ko‘rinishdagi bir juft antennasi, mo‘ylovlari bo‘ladi. Ularning vazifasi hid bilish va sezish funksiyasini bajarishdan iborat. Ular peshonaning ikki yonidagi
ko‘zlar oralig‘ida joylashgan. Har bir mo‘ylov yo‘g‘onlashgan o‘zak – asosiy dastadan va uchinchi bo‘g‘indan boshlanadigan xivchindan iborat bo‘ladi. Bosh qismining gipognatik, prognatik va opistognatik xillari bo‘ladi.
Hasharotlarning og‘iz organlari. Hasharotlarning og‘iz organlari yuqorigi lab, og‘iz o‘simtalari va tomoq osti bo‘g‘inlaridan tuzilgan. Qabul qilinadigan oziqning holatiga va xiliga (qismiga) qarab, og‘iz organlarining shakli o‘zgaradi. Asosan, ikki xil –
kemiruvchi va so‘ruvchi og‘iz organlari bo‘ladi. Kemiruvchi og‘iz organlari qattiq oziqqa, jumladan, o‘simliklarning bargi, poyasi, o‘sish nuqtalari, ildizi va hokazolarga moslashgan bo‘lib, o‘simliklarning urug‘i, organik qoldiqlar bilan oziqlanadigan
sanchib-so‘ruvchilarga nisbatan ancha oldin pay do bo‘lgan. Ha
sharotlarning ayrim guruhlari o‘simliklarning suyuq moddalari,
jumladan, o‘simliklar shirasini, gullar nektarini so‘rishga moslashgan.
XULOSA:
Ushbu kurs ishim mavzusi kasallik parazitlar haqida.Bu kurs ishim orqali o’z bilimlarimni yanada mustahkamladim.
TO’G’RI QANOTLILAR (Orthoptera) hasharotlar sinfiga mansub turkum. Tanasi uzunchoq, 2 juft qanoti yaxshi rivojlangan. Orqa oyoqlari sakrovchi. Urgochisining tuxum qo’ygichi bor. Maxsus tovush chiqarish va eshitish organlari mavjud. To’g’ri qanotlilar turkumi 2 kenja turkum: uzun mo’ylovlilar (ediexidsimonlar, temirchaksimonlar, Chirildoqsimonlar, chirildoklar katta oilalari) va kalta mo’ylovlilar (treperstsimonlar, tetrigidsimonlar, timpanalsizlar, pufaklilar, chigirtkalar katta oilalari)ga ajratiladi. 200000 dan, O’zbekistonda 350 dan ko’proq turi ma’lum. Janub hududlardagi ochiq landshaftlarda keng tarqalgan. Chala o’zgarish orqali rivojlanadi. Yilda bitta nasl beradi. Odatda, tuxum davrida qishlaydi. Ko’pchilik turlari o’simlikxo’r, ba’zi turlari aralash yoki yirtqich oziklanadi. Ayrim turlari ko’p sonli gala hosil qilib, uzoq masofaga uchib o’tishi (ko’chishi) mumkin. Qishloq xo’jalik ekinlariga zarar keltiruvchi turlari bor (chigirtkalar, buzoqboshilar). Gala bo’lib ko’chib yuruvchi turlari (Osiyo chigirtkasi, Marokash chigirtkasi) ekinlar uchun ayniqsa katta xavf tug’diradi. Cho’l temirchagi O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan.
Temirchaklar (Tettigonioidea) -toʻgʻri qanotli hasharotlar turkumi katta oilasi, 7 mingga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 100 dan ortiq turi uchraydi. Orqa oyoqlari sakrovchi. Koʻpchiligi (asosan, erkagi)ning oldingi qanotida ovoz chiqaruvchi organi bor. Issiq va iliq iqlimli mamlakatlarda tarqalgan. Eshitish organi oldingi oyogʻining boldir qismida joylashgan. Tuxum qoʻygichi qilichsimon, uzun. T. oʻsimlikxoʻr, shuningdek, yirtqichlari ham bor. Oʻrmon chetlari, butazorlar, gʻorlar, toshlar ostida va boshqa joylarda yashaydi. Tuxumi qishlaydi; bahorda tuxumdan lichinka rivojlanadi.
Chirildoqlar (Gryllidae) - toʻgʻriqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Tropik va moʻʼtadil mintaqalarda 2 mingdan ortiq turi maʼlum. Sernam oʻtloq yerlarda, poliz va sabzavot ekinzorlarida, xonadonlarda yashaydi. Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida koʻpincha dasht chirildogʻi (Acheta deserta Pall.) uchraydi. Erkagining tana uz. 10– 16 mm. urgʻochisiniki 12–20 mm, kora; tanasi mayda kulrang tuklar bilan krplangan. Orqa oyoqlari sakrovchi. Ustqanoti qornining uchigacha yetadi. Erkagi usgkanotlarini birbiriga ishqalab chirillagan tovush chiqaradi. Eshitish organi oldingi boddirida. Qornining uchida uzun oʻsimtalari bor. Tuproq yoriqlari, toshlar tagi yoki uyalarda, baʼzilari uylarda (uy chirildogʻi yoki qora chigirtka) yashaydi. Tuprokning yuza qatlamida katta (beshinchi) yoshdagi lichinkalari qishlaydi. Aprel-may oylarida lichinkalar pust tashlab, voyaga yetgan hasharotga aylanadi. Qanotlari shakllanib boʻlganidan keyin, bir oy oʻtgach Ch. kichikroq gala boʻlib, tuproq yoriqlariga tuxum qoʻyadi. 15—20 kunda tuxumdan lichinkalar chiqadi. Yiliga bir marta avlod beradi. Ekinlarni zararlaydi, baʼzan koʻchat qalinligining kamayishiga sabab boʻlishi mumkin. Vertun chirildogʻi (Oecanthus turanicus Uv.) lalmi ekinzorlarni va ularga yakin joylashgan gʻoʻza, beda, yosh toklarni zararlaydi.


Download 116.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling