Fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 424.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana16.11.2023
Hajmi424.13 Kb.
#1778947
1   2   3   4
Bog'liq
5 topshiriq Darslarda didaktik o‘yinlarni o‘tkazish texnologiyasi (1)

Didaktik о‘yinlar orqali 
о‘quvchilarning idrok qilish faoliyatini 
faollashtirish 
 О‘yinni birinchi darsdanoq о‘tkazishga shoshilmaslik kerak. Oldin 
о‘quvchilarda chizmachilikdan ma’lum darajada bilim hosil qilish lozim. Shuning 
uchun о‘qituvchi sinfdagi о‘quvchilarning bilim darajalarini о‘rganib chiqqandan 
keyingina о‘yin mavzusini tanlash tavsiya etiladi. Ba’zida о‘yinni yangi о‘tilgan 
mavzuni о‘quvchilar qanday о‘zlashtirganliklarini tekshirish maqsadida о‘tkazish 
ham mumkin. Ba’zi hollarda dars davomida о‘quvchilar mavzuni tushunishga 
qiynalishsalar, shu mavzuga bog‘liq bо‘lgan, ammo о‘tilgan dars yuzasidan 
о‘quvchilarning faolligini oshirish maqsadida о‘tkazish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 
О‘yinda sinfdagi hamma о‘quvchilarning qatnashishi yoki ular ikkita va 
undan ortiq komandalarga bо‘linib о‘ynashi mumkin. 
Ba’zi о‘yinlarni sinfdan tashqarida о‘tkazish mumkin. Chizmachilikdan 
о‘tkaziladigan viktorina, olimpiyada kabi tanlovlarda ham о‘tkazish yaxshi natija 
beradi. 
Domino о‘yini. 
О‘yinning sharti. Detalning kо‘rinishlarini ularning yaqqol tasvirlari bilan 
solishtirib о‘qish. 
Maqsad. О‘quvchilarning chizmalarni о‘qish bо‘yicha olgan malakalarini, 
idrokini takomillashtirish. 
Jihozlar. Domino toshlari о‘rniga eni 60 mm, uzunligi eniga nisbatan ikki 
marta katta, ya’ni 120 mm li karton qog‘ozlarda detallarning yaqqol tasvirlari va 
kо‘rinishlari. 


Ana shu karton qog‘ozlarni teng ikkiga chiziq bilan bо‘lib, ularning bir 
tomoniga detallarning yaqqol tasvirlari ikkinchi tomoniga о‘sha detallarning 
kо‘rinishlari chiziladi. Natijada domino “toshlari” hosil bо‘ladi. Buning uchun 
oldin quyidagi jadval tuziladi: 
 
 
0:0 
1:0 
2:0 
3:0 
4:0 
5:0 
6:0 
0:1 
1:1 
2:1 
3:1 
4:1 
5:1 
6:1 
0:2 
1:2 
2:2 
3:2 
4:2 
5:2 
6:2 
0:3 
1:3 
2:3 
3:3 
4:3 
5:3 
6:3 
0:4 
1:4 
2:4 
3:4 
4:4 
5:4 
6:4 
0:5 
1:5 
2:5 
3:5 
4:5 
5:5 
6:5 
0:6 
1:6 
2:6 
3:6 
4:6 
5:6 
6:6 
 
 
Yettita detal tanlanib, ularning birinchini 0, ikkinchisini 1, uchinchisini 2, 
tо‘rtinchisini 3, beshinchisini 4, oltinchisini 5 va yettinchisni 6 raqamlar bilan 
belgilab, jadvaldagiga о‘xshatib domino “toshlari” tuziladi. Shunda har bir 
detalning yaqqol tasviri va kо‘rinishlari yetti martadan takrorlanadi. 0:0, 1:1, 2:2, 
3:3, 4:4, 5:5 va 6:6 lar dominodagidek dupl toshlar hisoblanadi (3-chizma). 
Qolgan kartochkalarda, masalan 1:5 da 1 detalning yaqqol tasviri, uning yonidagi 
joyga kо‘rsatilgan raqamdagi detalning kо‘rinishlari chiziladi (4-chizma). 
Hammasi bо‘lib, kserokopiya yordamida, 49 ta “tosh” tayyorlanadi. 
О‘yinning tafsiloti. О‘yinni eng kam ikki о‘quvchi ishtirokida boshlash 
mumkin. Chizmalar ham domino toshlari kabi aralashtirib teskarisi bilan 
qо‘yiladi. О‘quvchilar ularni bittalab yettitagacha oladilar. О‘yin qur’aga binoan 
о‘qituvchi rahbarligida boshlanadi. О‘yinchi о‘zi hohlagan “tosh”ni о‘rtaga 
tashlaydi. Ikkinchi о‘yinchi о‘rtaga tashlangan detalning kо‘rinishlariga mos 
yaqqol tasvirini yoki yoki detalning yaqqol tasviriga mos kо‘rinishlarini “tosh”ga 
ulab qо‘yadi (5- chizma). О‘yin shu tartibda davom etadi. Bunda detalning yaqqol 
tasviriga yoki kо‘rinishlariga mos kelmaydigan chizma qо‘yilsa, notо‘g‘ri yurilgan 
hisoblanadi. О‘yinchining qо‘lida mos keladigan chizma bо‘lmasa, о‘rtadagi 
chizmalar 


tо‘dasidan toki mos kelguncha olaveradi. Agar о‘rtadagi chizmalardan mosi 
topilmasa, u holda yurish navbatini о‘tkazib yuboradi, ya’ni domino о‘yinining 
qoidasiga rioya qilinadi. Bu yerda yaqqol tasvirga yaqqol tasvir, kо‘rinishlarga 
kо‘rinishlar qо‘yilmaydi. Faqat yaqqol tasvirga unga mos kо‘rinishlari qо‘yiladi. 
Kо‘rinishlariga esa mos yaqqol tasviri qо‘yiladi. О‘yinchilar ushbu qoidani eslab 
qolishlari shart hisoblanadi. 
 
 
 
 
 
 

Download 424.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling