Fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti


Download 183.5 Kb.
bet4/16
Sana17.06.2023
Hajmi183.5 Kb.
#1521312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ta’lim

Milliy-mafkuraviy tarbiya – o‘quvchilarda milliy istiqlol g‘oyasiga, umumbashariy va milliy qadriyatlarga sodoqat, vatanparvarlik his-to‘yg‘ularini shakllantirishga qaratilgan jarayondir .
Xuquqiy tarbiya - o‘z haq-xuquqlarini biladigan, ularni himoya qila oladigan, mustaqil fikrlaydigan, siyosat va inson xuquqini chuqur biladigan, konstitutsiya qonunlariga amal qiladigan, o‘z fuqarolik burchlarini yaxshi his etadigan yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan .
Aqliy tarbiya - barkamol inson tarbiyasining etakchi tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchi yoshlarni tabiat va jamiyat, kishi tafakkuri haqidagi bilimlar tizimini ilg‘ab olishi, ularda ilmiy dunyoqarash, yuqori onglilik hislatlarini parvarishlash, fan asoslaridan xabardor qilish, tafakkur va nutq qobiliyatlarini o‘stirishni maqsad qilib qo‘yadi .
Axloqiy tarbiya. Axloq - ijtmoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, insonlarning jamiyatga, mehnatga, boshqalarga va o‘z-o‘ziga nisbatan bo‘lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi hulq- odob qonun-qoidalari, me’yorlari majmuasidir. Ana shu xulq-odob qonun-qoidalarini o‘quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish uchun ko‘rsatilayotgan ta’sirga axloqiy tarbiya deyiladi.
Musulmon axloqining asoslari mazmunan boy va rang-barang ko‘rinishlarda o‘zligini namoyon etadi. Markaziy Osiyo xalqlari axloqshunoslik sohasida eng boy tajribaga egadirlar. Qur’oni karimda va Hadisu shariflardagi axloqqa oid ibratli ko‘rsatmalar, maslahatlar, ota-bobolarimiz yaratgan ma’naviy meroslar, mutafakkirlarimizning axloq haqidagi yaratgan ma’naviy meroslari bugunga qadar ham uz qadr qimmatini yo‘qotgani yo‘q. Axloqiy tarbiya eng muhim insoniy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan jarayondir.
Mehnat tarbiyasi. Mehnat va mehnat tarbiyasi inson kamolotining asosi, hayot manbai, umur mazmuni hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan ko‘zlangan maqsad avvalo mehnatning mohiyatiga, mazmuniga teran nigoh tashlamoq, muayyan xulosa chiqarishga o‘rgatishdan iborat. Mehnat qilayotgan kishi o‘zi bajarayotgan ishning natijalarini ko‘rsa, his qilsa, o‘sha natijalardan ayniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Dono xalqimiz, allomalarimiz mehnat haqida juda ko‘plab fikrlar aytishgan. Haqiqatda ham mehnatsevarlik doimo ulug‘langan, dangasalik, mehnatsiz boylik orttirish qoralangan. Mehnat muhtojlikdan, bekorchilikdan, yurak siqilishdan, axloqiy buzilishdan saqlaydi. Mehnat orqali inson o‘zini, o‘z qadrini biladi, uni el-yurt ulug‘laydi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh vazifalaridan biri ham yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash, ularni aniq bir kasb-hunar egasi qilib tarbiyalashdan iboratdir.
Estetik tarbiya. Estetika lotincha «Ectetikos», ya’ni «his etaman» degan ma’noni bildiradi. Aqliy, axloqiy, mehnat, jismoniy va boshqa tarbiyalarni estetik his-tuyg‘usiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Estetik tarbiyaning maqsadi o‘quvchilarni tabiat, jamiyat va san’atdagi go‘zalliklarni idrok etishga, ularni to‘g‘ri tushunib etishga, qadriga etishga, hayotga qayta go‘zallik olib kira olishga o‘rgatishdan iboratdir. Maktabda tasviriy san’at, musiqa, adabiyot, tabiatshunoslik darslari estetik tarbiyaning asosiy vositalari hisoblanadi. Biz nafaqat narsa va xodisalar, balki insoniy xulq-atvor, fazilatlarni ham estetik jihatdan baholashimiz mumkin. Insoniy go‘zallik aql, burch, iymon, insof, kamtarlik, latofat, lafz, mehmondo‘stlik, mehr, muloyimlik, poklik, yaxshilik va hakozo sifatlarni o‘zida namoyon qiladi.
Estetik tarbiya go‘zallikdan zavqlanishga, xuniklikdan nafratlanishga, kulgilikdan kulishga, fojealikdan istirobga tushishga o‘rgatadi. Bu holatlarni kishi hayot va san’at voqealiqlarida uchratishi mumkin.

Download 183.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling