Fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


 Alohida muhofaza etiladigan o‘zga tabiiy hududlar


Download 244.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana18.06.2023
Hajmi244.42 Kb.
#1565116
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
RAYHONA.docxMMMM

2.2 Alohida muhofaza etiladigan o‘zga tabiiy hududlar 
O„zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 
to„g„risida» gi qonunida mazkur masalaga alohida e‟tibor berilib, qonunning 22-32-
moddalari aynan shu muammolarni o„z ichiga olgan. Jumladan, uning 22-moddasida 
suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari) va ularni tashkil etishga alohida e‟tibor 
berilgan. Unga ko„ra, daryolar, ko„llar, suv omborlari, kanallar, kollektorlar hamda 
boshqa suv ob‟ektlarining o„zanlariga tutash hudud suvni muhofaza qilish tegrasi deb 
e‟tirof etiladi hamda ularning ifloslanishi, bulg„anishi, sayozlanishi hamda to„lib 
qolishining oldini olish, shuningdek, eng maqbul suv maromini saqlab turish maqsadida 
bu hudud uchun maxsus tartib-qoida belgilab qo„yiladi. 
Suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari)ning ish tartibi yer usti va yer osti 
suvlari hosil bo„ladigan tegralar (daryo uvalari, oqiziqli adirlar, tog„ yonbag„rlarining 
etaklari) ga ham taalluqlidir. 
Suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari) O„zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tasdiqlaydigan tartibga muvofiq tabiatni muhofaza qilish va suv xo„jaligi 
idoralarining taqdimiga binoan belgilanadi. 
Davlatlararo daryolardagi suvni muhofaza qilish tegralari manfaatdor davlatlar 
o„rtasida tuzilgan shartnomalarga binoan belgilanadi. Aholi punktlari hududida 
xo„jaliklararo yer tuzish va yer tekislash chog„ida suvni muhofaza qilish mintaqalari 
(tegralari) barpo etishga doir masalalar tabiatni muhofaza qilish va suv xo„jaligi 
idoralari bilan kelishib olinishi lozim. 
Suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari) ish tartibining huquqiy holati ham katta 
ahamiyaga ega. Suvni muhofaza qilish tegrasi doirasida suv ob‟ektlarini yoqalab 
xo„jalik faoliyati yuritish qat‟iy cheklangan hududdan iborat qirg„oq bo„yi mintaqalari 
ajratiladi. Suvni muhofaza qilish tegrasi doirasida aholi punktlaridagi aholining ichishi 
va ro„zg„orda foydalanishi uchun suv to„plash maqsadida suv ob‟ektlarini yoqalab 
sanitariya muhofazasi mintaqasi belgilanib, unda har qanday xo„jalik faoliyati yuritish 
man etiladi. 
Suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari) doirasida cheklangan xo„jalik faoliyati 


26 
yuritishga yo„l qo„yiladi. Suvni muhofaza qilish tegrasida: 

Download 244.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling