Fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 244.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana18.06.2023
Hajmi244.42 Kb.
#1565116
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
RAYHONA.docxMMMM




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
 
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 
TABIIY FANLAR FAKULTETI 
BIOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI 
2-BOSQICH 521-GURUH TALABASI 
G’AFFAROVA RAYXONANING 
ZOOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN 
 
 
KURS ISHI
 
Mavzu: Ôzbekistonni muhofazaga olingan hududlari 
Topshirdi: _____________________ 
Qabul qildi: _____________________
TERMIZ-2023 






KIRISH …………………………………………………………………….3 
ASOSIY QISM
I BOB O’ZBEKISONING ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY 
HUDUDLAR EKOLOGIK HOLATI
1.1 ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR 
EKOLOGIK-HUQUQIY HOLATI VA UNING XUSUSIYATLARI….6 
1.2 DAVLAT QO‘RIQXONALARI VA ULARNING EKOLOGIK-
HUQUQIY TARTIBI…………………………………………………..11 
II BOB ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN O‘ZGA TABIIY HOLATI
2.1 DAVLAT MILLIY TABIAT BOG‘LARI………………………..14 
2.2 ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN O‘ZGA TABIIY 
HUDUDLAR………………………………………………………….22 
XULOSA…………………………………………………………..34 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………..35 
 
 



 
KIRISH 
Kurs ishining dolzarbligi Qoʻriqxonalar bu belgilangan qonunlarga muvofiq, davlat 
tomonidan ajratilgan, alohida ilmiy yoki madaniy ahamiyatga ega boʻlgan (tipik yoki 
noyob landshaft, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar va boshqalar), 
tabiiy obʼyekt joylashgan yer (hudud) yoki suv kengliklari va madaniy-maʼrifiy 
maqsadlar uchun uzoq muddatga ajratilgan va toʻlaligicha xoʻjalik ishlaridan xoli 
tabiiy majmua hisoblanadi. 
XX-asrning 90-yillarida BMTning "Milliy bogʻlar va ular maqomidagi qoʻriqxonalar 
roʻyxati"ga 2618 alohida qoʻriqlanadigan hududlar (yer may-doni 4 mln. km2dan 
ortiq va Yer yuzidagi quriqlikning 3% ini tashkil qiladi) kiritilgan. 
Qo`riqxonalar hududi va uning atrofidagi belgilangan chegaradagi muhofaza 
qilinadigan zonalarda qo`riqxonalar tabiiy majmuasiga zarar yetkazadigan yoki tabiiy 
obʼyektlarga xavf tug`diradigan har qanday faoliyat (ov qilish, baliq tutish, daraxt 
kesish, foydali qazilmalarni qzib olish, oʻt oʻrish, mol boqish va boshqalar), 
shuningdek, Qoʻriqxonalar faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan sanoat va qishloq xoʻjaligi 
obʼyektlari qurilishi ham taqiqlanadi. Qoʻriqxonalar hududiga maʼmuriyatning 
ruxsatisiz begona odamlar kiritilmaydi. 
Oʻzbekistonda Qo`riqxonalarning tashkil 
qilinishi, faoliyati, taʼminoti va muhofazasi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3 
dekabrdagi "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida"gi qonuni bilan tartibga 
solinadi Qoʻriqxonalarda reja asosida ilmiy tekshirish. ishlari olib boriladi, tabiat 
yilnomalari, ilmiy hisobotlar (yillik, besh yillik) tuziladi, tavsiyanomalar, 
Qoʻriqxonalar hududi va milliy bogʻlarda qoʻriqxona tartibiga rioya qilish talab va 
qoidalari ishlab chiqiladi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish 
davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Ovchilik xoʻjaliklari, 
qoʻriqxonalar va milliy bogʻlar boshqarmasi, Geologiya va mineral resurslar davlat 
qoʻmitasi tasarrufida 8 ta davlat qoʻriqxonasi bor: Zomin togʻoʻrmon davlat 
qoʻriqxonasi, Badaytoʻqay davlat qoʻriqxonasi, Qizilqum davlat qoʻriqxonasi, 



Zarafshon davlat qoʻriqxonasi, Surxon davlat qoʻriqxonasi, Hisor davlat qoʻriqxonasi, 
Chatqol biosfera qoʻriqxonasi, Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi. Oʻzbekistonda
shuningdek, milliy bogʻ va buyurtma qoʻriqxonalar faoliyat olib boradi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida”gi qonunga binoan muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va foydalanish sohasida 
davlat boshqaruvni hukumat, joylarda davlat hokimiyati organlari hamda maxsus 
tayinlangan davlat organlari amalga oshiradilar.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasida 
davlat nazorati O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi 
va joylarda davlat hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Yangi qonun 
qabul qilinishi bilan uni yangilash va takomillashtirish rejalashtirilgan. Respublikada 
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yaxlit bir tizimdan iborat bo'ladi. U oxir-
oqibatda bioxilma-xillikni uzoq vaqt saqlab qolishni ta'minlovchi uzluksiz ekologik 
turga aylanadi. "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida” gi qonun qabul 
qilingandan so'ng ko'p sonli ob'ektlarga – o'rmon xo'jalik korxonalari va ovchilik 
xo'jaliklariga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomi beriladi. Biosferik davlat 
rezervati tushunchasini kiritish alohida ahamiyatga ega. Ularni tashkil etish tartib va 
rejimi bizning qonunchiligimizda birinchi bor ko'zda tutiladi va biosferik rezervatlar 
bo'yicha YuNESKO xujjatlari talablariga mos keladi. Xozirgi kunda 
Respublikamizda 9 qo'riqxona va 2 milliy bog' mavjud. 

Download 244.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling