Fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


-  daraxt kesishga (sanitariya maqsadidagi va parvarishlash yo„sindagi kesish  bundan mustasno);  -


Download 244.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana18.06.2023
Hajmi244.42 Kb.
#1565116
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
RAYHONA.docxMMMM


daraxt kesishga (sanitariya maqsadidagi va parvarishlash yo„sindagi kesish 
bundan mustasno); 

ekologik jihatdan xavf-xatar tug„diruvchi sanoat korxonalarining faoliyat olib 
borishiga; 

gidrologik va gidrogeologik tartibni o„zgartirib yuboruvchi harakatlarga; 

tuproq eroziyasini, shuningdek o„simlik va hayvonot dunyosining 
tanazzulini keltirib chiqaruvchi harakatlarga; 

davlat milliy tabiat bog„larining faoliyati bilan bog„liq bo„lmagan yo„l va 
muhandislik-kommunikatsiya ishlari olib borishga; 

kimyo va radioaktiv moddalarning chiqindilarini ko„mishga; 
- iqlimlashtirish maqsadida tirik organizmlarni ko„chirib keltirishga yo„l 
qo„yilmaydi. 
Davlat milliy tabiat bog„larida ular hududining tabiiy, ilmiy, estetik va madaniy 
qimmati pasayishiga olib keluvchi boshqa faoliyat turlari taqiqlanishi yoki 
cheklanishi mumkin. 
Bog„ning rasamadi bilan faoliyat ko„rsatishi uchun yo„llar, boshqa 
kommunikatsiya va inshootlar qurish zarur bo„lib qolganda muhofaza qilish tadbirlari 
majmuini o„tkazish majburiyligi nazarda tutiladi (18-modda). 
Ta‟kidlash joizki, «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to„g„risida» gi 
qonunda, davlat qo„riqxonalari va davlat milliy tabiat bog„larini muhofaza qilishga 


20 
ham katta e‟tibor berilgan. Jumladan, ushbu qonunning 33-moddasiga asosan, davlat 
qo„riqxonalari va davlat milliy tabiat bog„larini muhofaza qilishni maxsus tabiat 
hududlarini muhofaza qilish inspeksiyasi amalga oshiradi va bu ish davlat 
qo„riqxonasi to„g„risidagi yoki davlat milliy tabiat bog„i haqidagi nizom bilan 
tartibga solinadi. 
Muhofaza qilish xodimlari davlat qo„riqxonalari ^va davlat milliy tabiat bog„lari 
shtatida turadilar hamda O„zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat 
inspektorlariga 
xos 
barcha 
huquqlar 
va 
imtiyozlardan 
foydalanadilar.Qo„riqxonalardan tashqari, kamayib ketayotgan o„simlik va hayvon 
turlarini saqlab qolish va tiklash maqsadida 10 ga yaqin zakazniklar barpo etilgan. 
Masalan Toshkent viloyatidagi Oqbuloq zakaznigi Chatqol tizmasi tarmoqlarida 
Oqbuloq soyi havzasida joylashgan bo„lib, maydoni 12,5 ming gektardan ortiq, uning 
hududida oqtirnoq ayiq, to„ng„iz, O„rta Osiyo echkisi, bo„rsiq va tosh suvsari 
muhofaza qilinadi. Buxoro viloyatidagi tashlama suvlardan hosil bo„lgan ko„l asosida 
tashkil etilgan To„dako„l zakaznigida (maydoni 30 ming gektar) qishlovga uchib 
keluvchi yirik qushlardan - o„rdak, g„oz, birqozon, oqqush qo„riqlanadi. Dengizko„l 
zakaznigida ham (8620 gektar) suv qushlaridan o„rdak, g„oz, qoravoy, flamingo 
(qizilg„oz) kabilar himoya ostiga olingan. 
Xorazm zakaznigida (maydoni 11 ming gektar) ko„l va suv qushlari hamda sut 
emizuvchi hayvonlardan to„ng„iz, shoqol, tulki, bo„rsiq qo„riqlanadi. Eng janubiy - 
Ko„hitang zakaznigida esa (maydoni 43 ming gektar) morxo„r, Buxoro tog„ qo„yi, 
burgut kabi hayvonlar bilan birga, dunyo ahamiyatiga molik ajoyib arxeologik 
yodgorlik - Zarautkamar qoya yozuvlari himoya qilinadi. 
1977 yil respublikada birinchi xalq xiyoboni - O„zbekiston milliy xiyoboni tashkil 
etildi. U Jizzax viloyatining Zomin tumani hududida, Turkiston tizmasining shimoliy 
yon bag„rida, dengiz sathidan 1000-4030 metr balandlikda joylashgan (maydoni 
47,47 gektar). Xiyobonning ajoyib iqlimli sermanzara landshaftlari aholining dam 
olib, xordiq chiqarishi, sport turizmi bilan shug„ullanishi uchun juda qulaydir. Unda 
bargi siyrak tog„ o„rmonlari, butazorlar, archazorlar, subalp o„tloqlari tabiiy 


21 
majmualari muhofaza qilinadi. 
O„zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 
to„g„risida» gi qonunining 19-moddasida davlat buyurtma qo„riqxonasi tushunchasi 
va bunday qo„riqxonalarni tashkil etish masalasi aniq ko„rsatilgan. Unga ko„ra, davlat 
buyurtma qo„riqxonalari tabiiy majmualarni yoki ularning ayrim bo„laklarini asrash, 
ko„paytirish va tiklash maqsadida buyurtma qo„riqxonalari oldiga qo„yilgan 
vazifalarni bajarish uchun zarur muddatga ajratib beriladigan hududlar 
(akvatoriylar)dir. 
Davlat buyurtma qo„riqxonalari respublika va mahalliy ahamiyatga molik bo„lishi 
mumkin. Buyurtma qo„riqxonalar vazifasiga ko„ra: 

alohida qimmatga ega bo„lgan tabiiy landshaftlar va majmualarni asrash va 
tiklash uchun mo„ljallangan landshaft (yaxlit) buyurtma qo„riqxonalarga; 

qimmatli, nodir va yo„qolib borayotgan o„simliklar va 
jonivorlar turlarini asrab qolish va tiklash uchun mo„ljallangan biologik (botanik, 
zoologik) buyurtma qo„riqxonalarga; 

Download 244.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling