Fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 244.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana18.06.2023
Hajmi244.42 Kb.
#1565116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
RAYHONA.docxMMMM

Mavzuning dolzarbligi. Insoniyat rivojlanishi bilan uning tabiatga bo`lgan 
munosabati ham o`zgarib bormoqda. Shuning uchun ham har bir davlat o`z 
mamlakatining tabiiy boyliklarini asrash maqsadida muhofaza qilinadigan 
hududlarini tashkil qilgan. Bu hududlarni esa Davlat qo`mitasining boshqarmalari 
boshqaradi. Bugungi kungacha yer yuzida turli noyob hayvonlar insonning noto`g`ri 
munosabati va tazyiqi oqibatida butunlay yo`qolib ketgan va yo`qolish havfi ostida 
turibdi. Buning misoli sifatida XX asrgacha yo`q bo`lib ketgan tur, stellerov sigiri
qalin junli karkidon, xaltali bo`ri, sayyor kaptar, dronit, gigant dinoris kabi 
hayvonlarini misol qilib keltirish mumkin. Bu ko`rsatkich faqat yer yuzida emas



balki mamlakatimizda ham mavjud. Jumladan: turon yo`lbarsi, gepard, turkman 
quloni, Orol sulaymon balig`i kabi hayvonlar umuman yo`q bo`lib ketdi, qoplon, 
sirtlon, to`xta tuvaloqlar esa yo`q bo`lib ketish havfi ostidagi hayvonlardir. Ana 
shunday ayanchli oqibatlarning oldini olish va bioxilma-xillikni saqlab qolish uchun 
alohida muhofaza qilinadigan hududlar tashkil etilgan. 
Ishning maqsadi va vazifalari. Ushbu kurs ishini bajarishdan asosiy 
maqsadimiz O`zbekiston muhofazasidagi hududlarni o`rganish hamda ularni 
insoniyat hayotida tutgan o`rnini o`rganishdan iboratdir. 
Kurs ishining ob`yekti va predmeti. O`zbekiston muhofazasidagi hududlar 
kurs ishining ob`yekti hisoblanadi. O`zbekiston muhofazasidagi hududlar y`ni Davlat 
qo`riqxonalari, milliy bog`lar, davlat buyurtmaxonalari, davlat tabiat yodgorliklari 
bular kurs ishimizning predmeti hisoblanadi. 
Ishning amaliy ahamiyati. . O„rta umumta‟lim maktablarida, kollej va 
litseylarda hamda Oliy o„quv yurtlarida o„quvchi-talabalarga o„qitilib kelinayotgan 
zoologiya fanlaridan mavjud bo„lgan darslik va o„quv hamda uslubiy qo„llanmalarda, 
qo`riqxonalar, milliy bog`lar, tabiat yodgorliklari haqidagi ma`lumotlar to`laqonli 
yoritilib berilmagan. Ushbu ma`lumotlardan o`quvchi talabalarga qo`riqxonalar, 
tabiat bog`lari, milliy bog`lar haqida mavzu o`tilganda qo`shimcha manbaa sifatida 
foydalanilsa bo`ladi. 

Download 244.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling