14
1.2 Davlat qo‘riqxonalari va ularning ekologik-huquqiy tartibi
O„simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ularning nodir va tugab borayotgan
turlarini
saqlab qolish, sonini ko„paytirishda qo„riqxona, zakaznik va xalq
xiyobonlarining ahamiyati kattadir. Shu maqsadda respublikamizda «Jayron» ekologik
markazi faoliyat ko„rsatmoqda. Respublikada qo„riqlanadigan
yerlarning umumiy
maydoni 2 mln. gektardan ortiq, alohida qo„riqlanadigan 11 ta tabiiy-hududiy ob‟ekt,
shu jumladan 9 ta qo„riqxona bo„lib, 3 tasi tog„da, 3 tasi daryo qayiridagi to„qayda va 3
tasi cho„l landshaftlarida joylashgan. Bular Chatqol tog„o„rmon, Payg„ambarorol,
Qizilqum, Bodayto„qay, Nurota,
Zarafshon, Hisor, Varganza, Ko„hitangtog„,
Kitob
qo„riqxonalaridir. Bu qo„riqxonalarda bioekologik tadqiqotlar olib boriladi.
Ta‟kidlash joizki, davlat qo„riqxonalarining ta‟rifi va vazifalari O„zbekiston
Respublikasining «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to„g„risida» gi
qonunida aniq ko„rsatib berilgan. Mazkur qonunning 10-moddasiga asosan, davlat
qo„riqxonalari o„z
oldiga oddiy, odatiy va noyob tabiiy majmualar, o„simliklar va
hayvonlarning irsiy fondlarini saqlab qolish va o„rganish, tabiiy jarayonlar va hodisalar
o„zgarishi ustidan monitoring o„tkazish maqsadini qo„ygan
tabiatni muhofaza etuvchi
ilmiy-tadqiqot muassasalari hisoblanadi.
Davlat qo„riqxonalari hududidagi yer, suv, yer osti boyliklari, o„simlik va hayvonot
dunyosi xo„jalik foydalanishidan to„liq va bir umrga olib qo„yiladi hamda doimiy
foydalanish uchun qo„riqxonalarga bepul beriladi. Davlat qo„riqxonalari
yerlarini
ijaraga berish taqiqlanadi.
Hududi tabiiy landshaftlarning xos bo„laklaridan iborat bo„lgan va belgilangan
tartibda biosfera qo„riqxonalarining xalqaro shoxobchasiga
kiritilgan davlat
qo„riqxonalari biosfera davlat qo„riqxonalari maqomiga egadir.
Davlat qo„riqxonalari zimmasiga:
Do'stlaringiz bilan baham: