Fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


  II BOB ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN O‘ZGA TABIIY HOLATI


Download 244.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/17
Sana18.06.2023
Hajmi244.42 Kb.
#1565116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
RAYHONA.docxMMMM

 


17 
II BOB ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN O‘ZGA TABIIY HOLATI
2.1 DAVLAT MILLIY TABIAT BOG‘LARI 
Davlat milliy tabiat bog„lari bilan bog„liq bo„lgan barcha ekologik-huquqiy 
muammolar O„zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlar to„g„risida» gi qonuni bilan tartibga solinadi. Qonunning 15-18-moddalari 
bevosita mazkur masalaga bag„ishlangan. 
Ushbu qonunda davlat milliy tabiat bog„larining ta‟rifi va aniq vazifalari ko„rsatib 
berilgan. Jumladan, ana shu qonunning 15-moddasiga ko„ra, davlat milliy tabiat 
bog„lari tabiatni muhofaza qilish muassasasi bo„lib, ularning hududlari (akvatoriylari) 
alohida ekologik, tarixiy va estetik qimmatga ega bo„lgan hamda tabiatni muhofaza 
qilish, rekreatsiya, ma‟rifiy, ilmiy va madaniy maqsadlarda foydalanishga 
mo„ljallangan tabiiy majmualarni qamrab oladi. 
Davlat milliy tabiat bog„lari hududi davlat milliy bog„lariga egalik qilish yoki 
ulardan foydalanish uchun beriladigan yerlarda, shuningdek boshqa yer egalari va 
yerdan foydalanuvchilarning yerlarida joylashadi. Davlat milliy tabiat bog„lariga: 

rekreatsiya, ma‟rifiy va ilmiy maqsadlarda foydalanish uchun tabiiy 
majmualar va tarixiy-madaniy meroslarni asrab qolishni ta‟minlaydigan ish tartibiga 
rioya etish; 

shikast yetgan tabiiy majmualarni tiklash; 

tarix, madaniyat, me‟morchilik obidalarini saqlab qolish; 

turizm, ekskursiya va dam olish uchun sharoit yaratish; 

ekologik bilimlarini targ„ib qilish; 

zaxiralarni tejaydigan, ekologik jihatdan sof texnologiyalarni qishloq 
xo„jaligi, sanoat ishlab chiqarishi va boshqa faoliyatda ishlatishga joriy etishga 
ko„maklashish; 

tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida ilmiy 
tadqiqotlar o„tkazish, ilmiy kadrlar va mutaxassislar tayyorlashda hamkorlik qilish 
vazifalari yuklatiladi. 
Ana shu vazifalarni bajarish bevosita davlat milliy tabiat bog„larini tashkil etish va 


18 
boshqarish jarayonlari bilan ham bog„liq. Davlat milliy tabiat bog„larini tashkil etish 
to„g„risidagi qarorni O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi manfaatdor 
idoralarning O„zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo„mitasi 
bilan kelishib turib kiritgan taqdimnomasiga ko„ra qabul qiladi. 
Davlat milliy tabiat bog„larini boshqarish ular faoliyati tabiatni muhofaza qilish 
bilan bog„liq qaysi vazirlik, davlat qo„mitasi yoki idora tasarrufida bo„lsa, shu 
vazirlik, davlat qo„mitasi yoki idora tomonidan amalga oshiriladi. Har bir milliy 
bog„ qaysi idora tasarrufida bo„lsa, shu idora tasdiqlab beradigan nizom asosida 
faoliyat ko„rsatadi. Davlat milliy tabiat bog„larining maqomi va mablag„lari ham 
hayotiy, ekologik ahamiyatga ega. Xususan, qonunga ko„ra, davlat milliy tabiat 
bog„lari yuridik shaxs bo„lib, davlat byudjetidan ta‟minlanadi, mustaqil balansda 
turadi, ularning bank muassasalarida o„z hisob raqamlari, o„z nomida O„zbekiston 
Respublikasi gerbi tushirilgan muhri bo„ladi. Davlat milliy tabiat bog„larining 
mablag„lari, shu jumladan chet el valyutasidagi mablag„lari: 

Download 244.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling