Fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


-  alohida muhofaza etiladigan hududlardan foydalanish talablarini buzganlikda;  -


Download 244.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/17
Sana18.06.2023
Hajmi244.42 Kb.
#1565116
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
RAYHONA.docxMMMM


alohida muhofaza etiladigan hududlardan foydalanish talablarini buzganlikda; 

alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanishda kimyoviy
fizik, biologik va o„zga xil ta‟sirlar yo„l qo„yiladigan me‟yordan oshib ketganlikda, 
bunday hududlarni istifoda etish uchun berilgan ruxsatnomalarning talablarini 
buzgalikda; 

alohida muhofaza etiladigan tabiiy ob‟ektlarning tabiiy majmuilari hamda 
ularning tarkibiga kiritishni mo„ljallab asrab qo„yilgan joylarni buzganlikda, ularga 
shikast yetkazganlikda yoki ularni yo„q qilganlikda; 

alohida 
muhofaza 
etiladigan 
tabiiy 
hududlarning 
chegarasini 
o„zboshimchalik bilan o„zgartirganlikda, bunday hududlarni o„zboshimchalik bilan 
boshqa ehtiyojlar uchun ajratib berganlikda aybdor bo„lgan shaxslar intizomiy, 
fuqaroviy, ma‟muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar. 
O„zbekiston Respublikasi qonunlarida alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 
to„g„risidagi qonunlarni o„zgacha tarzda buzganlik uchun ham javobgarlik belgilanishi 
mumkin. 
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, o„zga yuridik va jismoniy shaxslar alohida 
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ish tartibini buzish orqali yetkazgan zararlarini 
qonunlarda belgilangan hajmda va tartibda qoplashga majburdilar. 
Umuman olganda, «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to„g„risida» gi 
qonun va talablarni buzganlik uchun intizomiy, fuqaroviy, ma‟muriy va jinoiy 
javobgarliklar qo„llaniladi. 
Intizomiy-huquqiy javobgarlik ko„p hollarda mehnat intizomini buzish oqibatida 
qo„llanishi mumkin. Shuning uchun ham u, asosan, O„zbekiston Respublikasi Mehnat 
kodeksining 181- moddasiga binoan, quyidagi shakllarda qo„llaniladi: 
1) 
hayfsan; 
2) 
o„rtacha oylik ish haqining 30 %dan ortiq bo„lmagan miqdorda jarima. Ichki 
mehnat tartibi qoidalarida xodimga o„rtacha oylik ish haqining 50 %dan ortiq 
bo„lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish 
haqidan jarima ushlab qolish ushbu kodeksning 164-moddasi talablariga rioya qilingan 


34 
holda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi; 
3) 
mehnat shartnomasini bekor qilish (100-moddaning ikkinchi qismi 3 va 4-
bandlari). 
Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo„llash taqiqlanadi. 
Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 
to„g„risidagi qonun va talablarni buzganlik uchun qo„llaniladi. Asosan yetkazilgan 
zararni qoplash, tiklash va qaytarish bilan bog„liq. Bu esa Fuqarolik kodeksi bilan 
tartibga solinadi. Yuqorida nomi zikr etilgan qonunning 38-moddasiga asosan, alohida 
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning holatiga zararli ta‟sir o„tkazayotgan korxonalar, 
tashkilotlar, sexlar, qurilmalarning faoliyati zararli ta‟sir ko„rsatayotgan manbalar, shu 
jumladan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda ularning muhofaza 
qo„riqlanma tegralari tashqarisidagi manbalar bartaraf etilgunga qadar to„xtatib turiladi 
yoki cheklab qo„yiladi. 
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilayotgan zararni bartaraf 
etishning imkoni bo„lmasa, korxona, tashkilot, sex va qurilmalarning faoliyati 
to„xtatiladi hamda ularning faoliyat yo„nalishi o„zgartirilganidan va alohida muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlarga zararli ta‟siri to„liq bartaraf qilinganidan keyingina 
faoliyatlari amaldagi qonunlarga muvofiq qayta tiklanishi mumkin. 
Ma’muriy-huquqiy javobgarlik. Ushbu javobgarlik turi O„zbekiston Respublikasi 
Ma‟muriy javobgarlik to„g„risidagi kodeksining 82-moddasiga ko„ra, alohida muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlar tartibini buzganlik uchun qo„llaniladi. Bunday 
huquqbuzarlikni sodir etish - fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch 
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, uch baravaridan besh baravarigacha bo„lgan 
miqdorda jarima solishga sabab bo„ladi. 
Davlat milliy tabiat bog„lari, buyurtma qo„riqxonalari, tabiat yodgorliklari, suvni 
muhofaza qilish tegralari, kurort tabiiy hududlari, botanika bog„lari, dendrologiya va 
hayvonot bog„lari, qo„riqlanma (oraliq) tegralar, o„rmonlarning taqiqlangan mintaqalari, 
baliq xo„jaligi tegralari va alohida muhofaza etiladigan o„zga hududlar tartibini buzish - 
fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor 
shaxslarga esa, bir baravaridan uch baravarigacha bo„lgan miqdorda jarima solishga 


35 
sabab bo„ladi. 
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik 
ma‟muriy jazo chorasi qo„llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan 
bo„lsa - fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha
mansabdor shaxslarga esa, besh baravaridan yetti baravarigacha bo„lgan miqdorda 
jarima solishga sabab bo„ladi. 
Jinoiy-huquqiy javobgarlik. O„zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida «Alohida 
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to„g„risida» gi qonun va talablarni buzganlik uchun 
jinoiy javobgarlik belgilangan. Ushbu javobgarlik boshqa javobgarlik turlariga nisbatan 
xavfli va og„irroq holatda huquqbuzarlik sodir etilganda qo„llaniladi. 
O„zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 204-moddasiga asosan, alohida 
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tartibini buzish ko„p miqdorda zarar 
yetkazilishi yoki boshqacha og„ir oqibatlarga sabab bo„lsa - eng kam oylik ish haqining 
ellik baravarigacha bo„lgan miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan 
mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq ishlari bilan jazolanadi. Alohida muhofaza 
etiladigan tabiiy hudud yoki ob‟ektlarni qasddan nobud qilish yoki ularga shikast 
yetkazish ko„p miqdorda zarar yetkazilishi yoxud boshqacha og„ir oqibatlarga sabab 
bo„lsa - eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha bo„lgan 
miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum 
qilish bilan jazolanadi.
Shuni ta‟kidlash o„rinliki, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ish 
tartibini ta‟min etish masalalariga doir korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolar, 
davlat idoralari o„rtasidagi nizolar sudlar, jumladan Xo„jalik sudi tomonidan qarab 
chiqiladi. 
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi tabiiy zaxiralardan foydalanish va 
ularni muhofaza qilish masalalariga doir nizolar yer, suv, o„rmon, yer osti boyliklari, 
atmosfera havosini muhofaza qilish, hayvonot va o„simlik dunyosini muhofaza qilish 
to„g„risidagi qonunlarda belgilangan tartibda hal etiladi. 

Download 244.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling