Fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


-  buta-daraxtlarni kesish (sanitariya va parvarishlash maqsadida kesish bundan  mustasno);  -


Download 244.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana18.06.2023
Hajmi244.42 Kb.
#1565116
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
RAYHONA.docxMMMM


buta-daraxtlarni kesish (sanitariya va parvarishlash maqsadida kesish bundan 
mustasno); 

zaharli kimyoviy moddalarni qo„llash, zaharli kimyoviy moddalar va mineral 
o„g„itlar omborlari qurish hamda bunday modda va o„g„itlarni saqlash; 

kanalizatsiya-tozalash inshootlari va oqava suvlar to„planadigan turli xil 
inshootlar qurish; 

chorvachilik komplekslarini, 
axlat, 
ishlab chiqarish 
chiqindilari 
tashlanadigan, ko„miladigan yerlarni joylashtirish, shuningdek, sug„orishda «sharbat» 
(suyuq go„ng) ishlatish; 

avtomobil transportini qo„yib turish, ularga yonilg„i quyish, ularni yuvish va 
ta‟mirlash joylarini tashkil etish; 

neft mahsulotlari saqlanadigan omborxonalarni joylashtirish; 

zig„ir, kanop va teri yuviladigan joylar tashkil etish man qilinadi. 
Daryo o„zanlarini o„zgartirish, foydali qazilmalar kavlab olish va suv zaxiralari 
holatiga ta‟sir qiladigan boshqa ishlar bajarishga faqat suv xo„jaligi, suvni muhofaza 
qilish va geologiya idoralarining ruxsati bilangina yo„l qo„yiladi. 
Suvni muhofaza qilish tegralaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi 
hamda shartlarini O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. 
Bundan tashqari, alohida muhofaza etiladigan boshqa tabiat ob‟ektlariga kurort tabiiy 
hududlar kiradi. Mazkur hududlarning huquqiy holati, ya‟ni ularni tashkil etish tartibi 
«Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to„g„risida» gi qonunning 24-moddasida 
ifodalangan. Unga ko„ra, davolash va salomatlikni tiklash xususiyatlariga, mineral 
manbalarga, davolovchi balchiq qatlamlariga, qulay iqlim sharoitlari va boshqa shart-
sharoitlarga ega bo„lgan tabiiy hududlarning kurort tabiiy hududlar deb e‟tirof etiladi. 
Kurortlar mahalliy va respublika ahamiyatiga molik bo„lishi mumkin. 
Respublika ahamiyatiga molik kurortlarni O„zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi O„zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi bilan O„zbekiston 
Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligining qo„shma taqdimnomasiga binoan tashkil 
etadi. 


27 
Mahalliy ahamiyatga molik kurortlar davlat hokimiyati mahalliy idoralari va 
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligining qo„shma taqdimnomasiga 
binoan qabul qilgan qarorlar bilan tashkil etiladi. 
Kurort tabiiy hudud uch tegraga, ya‟ni zonaga bo„linadi: 
1) 
davolash xususiyatiga ega manbalar, davolovchi balchiq qatlamlari bor hudud. 
Bu hududda xo„jalik faoliyati bilan shug„ullanish man etiladi, davolash xususiyatiga ega 
manbalar va balchiq bilan davolash shifoxonalari tevarak-atrofini obodonlashtirish 
uchun zarur inshootlar qurish bundan mustasno; 
2) 
sanatoriylar, pansionatlar, dam olish uylarining dam oluvchilar hordiq 
chiqaradigan manzillari, ular davolanishi va yashashi uchun qurilgan binolar joylashgan 
hudud. Bu tegrada xo„jalik faoliyati yuritish (davolash va dam olishni tashkil etish 
uchun zarur bo„lgan faoliyat bundan mustasno), shuningdek, vaqtincha istiqomat 
qiladigan tibbiyot xodimlari va xizmat ko„rsatuvchi xodimlardan tashqari boshqa 
aholining yashashi man etiladi; 
3) 
sanatoriylar, pansionatlar, dam olish uylariga tutash hudud. Bu tegrada 
davolash manbalariga ziyon yetkazmaydigan hamda atrof muhitga zararli jismoniy 
ta‟sir etish va ifloslantirish yo„li bilan dam olish hamda davolanish uchun yaratilgan 
sharoitlarni yomonlashtirmaydigan cheklangan xo„jalik faoliyati yuritishga ruxsat 
beriladi. Bunday kurort tabiiy hududlar doirasida: 

Download 244.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling