Fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
- foydali qazilmalarni kavlab chiqarish; -
Download 244.42 Kb. Pdf ko'rish
|
RAYHONA.docxMMMM
-
foydali qazilmalarni kavlab chiqarish; - daraxt kesish (sanitariya va parvarishlash maqsadida kesish bundan mustasno); - zaharli kimyoviy moddalar va mineral o„g„itlar omborlari qurish; - zaharli kimyoviy moddalarni qo„llash; - axlat to„kiladigan, kimyoviy va radioaktiv moddalarning chiqitlari ko„miladigan yerlarni joylashtirish, kimyo, sellyuloza- qog„oz, metallurgiya sanoati korxonalarining ish olib borishi; - joyning gidrologiya maromini o„zgartiruvchi ishlar bajarish qat‟iyan man etiladi (25-modda). Rekreatsiya tegralari ham alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kiradi. 28 Turizm va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun qulay jug„rofiy va iqlim sharoitlariga ega hududlar rekreatsiya tegralari deb e‟tirof etiladi. Rekreatsiya tegralari davlat hokimiyati mahalliy idoralarining o„zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi va O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligining taqdimnomasiga binoan qabul qilgan qarori bilan tashkil etiladi. Rekreatsiya tegralarida ommaviy dam olish va turizm manfaatlariga zid kelmaydigan cheklangan xo„jalik faoliyati yuritishga ruxsat beriladi. Rekreatsiya tegralarida kimyo, metallurgiya, mikrobiologiya korxonalari va tashkilotlarining faoliyat ko„rsatishi, pestitsidlarni qo„llash, harom o„lgan chorva mollar ko„miladigan, kimyoviy va radioaktiv moddalar, ro„zg„or va ishlab chiqarish chiqindilari tashlanadigan va ko„miladigan joylarni joylashtirish, daraxt kesish (sanitariya maqsadidagi va parvarishlash yo„sinidagi kesish bundan mustasno), joyning gidrologik maromini buzadigan ishlar bajarish man etiladi (26- modda). Alohida muhofaza etiladigan o„zga tabiiy hududlar jumlasiga botanika bog„lari ham kiradi va ularning ekologik ahamiyati benihoya kattadir. Botanika bog„lari botanika termalari tuzish, ularni to„ldirish va asrash, ilmiy, o„quv va ta‟lim ishlari olib borish yo„li bilan mahalliy miqyosdagi va jahon miqyosidagi o„simliklar majmualarining nodir va muayyan turkumga xos turlarini maxsus yaratilgan sharoitda asrash, o„rganish, iqlimlashtirish, ko„paytirish hamda ulardan samarali, oqilona foydalanish maqsadida tashkil etiladi. Umumdavlat ahamiyatiga molik botanika bog„lari tabiatni muhofaza qilish borasida ilmiy-tadqiqot muassasalari hisoblanadi. Mahalliy ahamiyatga molik botanika bog„lariga belgilangan tartibda ilmiy-tadqiqot muassasasi maqomi berilishi mumkin. Yer va suv kengliklarining uchastkalari barcha tabiiy zaxiralari bilan birgalikda O„zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo„yiladigan tartibda xo„jalik maqsadlarida foydalanishdan tortib olinib, botanika bog„lariga beriladi. Botanika bog„larining hududida ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga aloqasi bo„lmagan hamda o„simliklar majmui termalarini asrashga tahdid qiluvchi faoliyat bilan shug„ullanish man etiladi. 29 Dendrologiya bog„larining ekologik-huquqiy holati ham katta ahamiyatga ega bo„lib, mazkur qonunda o„z aksini topgan va alohida muhofaza etiladigan o„zga tabiiy hududlar jumlasiga kiradi. Dendrologiya bog„lari ilmiy, madaniy, rekreatsiya va boshqa yo„sinda g„oyat samarali foydalanish uchun, daraxtlar va butalarning har xil turlarini hamda ulardan tarkib topgan daraxtzorlar-butazorlarni maxsus yaratilgan sharoitda asrash va o„rganish maqsadida tashkil etiladi. Umumdavlat ahamiyatiga molik dendrologiya bog„lari tabiatni muhofaza etish borasida ilmiy-tadqiqot muassasalari hisoblanadi. Mahalliy ahamiyatga molik dendrologiya bog„lariga belgilangan tartibda ilmiy- tadqiqot muassasasi maqomi berilishi mumkin. Yer maydonlari barcha tabiiy zaxiralari bilan birgalikda O„zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo„yiladigan tartibda xo„jalik maqsadlarida foydalanishdan olinib, dendrologiya bog„lariga beriladi. Dendrologiya bog„larining hududida ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga aloqasi bo„lmagan hamda dendrologiya termalarini asrashga tahdid qiluvchi faoliyat bilan shug„ullanish man etiladi. Dendrologiya bog„larining hududida botanika bog„lari uchun belgilangan talablarga muvofiq tegralash ishlari o„tkazilishi mumkin (28-modda). Alohida muhofaza etiladigan o„zga tabiiy hududlar toifasiga kiradigan qo„riqlanma (oraliq) tegralarining ham ekologik-huquqiy holati juda muhim. Ushbu qonunning 29- moddasiga ko„ra, qo„riqlanma (oraliq) tegralar davlat qo„riqxonalariga, davlat milliy tabiat bog„lariga, davlat zakazniklariga, davlat tabiat yodgorliklariga va alohida muhofaza etiladigan o„zga tabiiy hududlarga bo„ladigan salbiy ta‟sirning oldini olish maqsadida cheklangan xo„jalik faoliyati yuritiladigan hududni qamrab oladi. Qo„riqlanma (oraliq) tegrada xo„jalik faoliyati va tabiatdan foydalanishning alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy ta‟sir keltirib chiqaruvchi turlari bilan shug„ullanish man etiladi. Qo„riqlanma (oraliq) tegralarning katta-kichikligi va ularning ish tartibi alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bir vaqtda belgilab qo„yiladi. Alohida muhofaza etiladigan o„zga tabiiy hududlar jumlasiga o„rmonlarning taqiqlangan mintaqalari ham kiradi. Shuning uchun ham o„rmon to„g„risidagi qonun 30 talablarini ekologik jihatdan amalga oshirishni va ushbu hududlarni ekologik-huquqiy jihatdan tartibga solishni yuqorida nomi zikr etilgan qonun o„z zimmasiga oladi. Bag„oyat qimmatli va nodir o„simlik turlarining irsiy fondini muhofaza etish va saqlab qolish, shuningdek o„rmon fondi maydonlarida davlat qo„riqxonalari, davlat milliy tabiat bog„lari va alohida muhofaza etiladigan o„zga tabiiy hududlarning ish tartibini ta‟minlash maqsadida o„rmonlarning taqiqlangan mintaqalari belgilab qo„yiladi. O„rmonlarning taqiqlangan mintaqalarini davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralari tabiatni muhofaza qilish va o„rmon xo„jaligi idoralari taqdimigi binoan belgilaydilar (30-modda). Inson hayotida estetik va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo„lgan yana bir alohida muhofaza etiladigan o„zga tabiiy hududlar jumlasiga hayvonot bog„lari ham kiradi. Hayvonot bog„lari ekologik ta‟lim-tarbiya ishlarini yo„lga qo„yish, hayvonlarning nodir ekzotik va mahalliy turlari ekspozitsiyalarini yaratish, ularning irsiy fondini saqlab qolish, yovvoyi hayvonlarni o„rganish hamda ularni tutqunliqda ko„paytirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish maqsadida barpo etiladi. Umumdavlat ahamiyatiga molik hayvonot bog„lari madaniy- ma‟rifiy yo„nalishdagi tabiatni muhofaza qilish muassasalari hisoblanadi. Yer maydonlari barcha tabiiy zaxiralari bilan birga O„zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo„yilgan tartibda xo„jalik maqsadlarida foydalanishdan olinib, hayvonot bog„lariga beriladi. Hayvonot bog„larining hududida ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga aloqasi bo„lmagan hamda hayvonlarning hayoti uchun qulay sharoitni saqlab qolishga tahdid kiluvchi faoliyat bilan shug„ullanish man etiladi. Hayvonot bog„larining hududida ular oldiga qo„yilgan vazifalarni bajarishni ta‟minlash maqsadida: Download 244.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling