Fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


-  hayvonlarini bir joyda asrash va ulardan madaniy hamda ilm-fan rivoji  maqsadlarida foydalanish uchun ekspozitsiya tegrasi;  -


Download 244.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana18.06.2023
Hajmi244.42 Kb.
#1565116
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
RAYHONA.docxMMMM


hayvonlarini bir joyda asrash va ulardan madaniy hamda ilm-fan rivoji 
maqsadlarida foydalanish uchun ekspozitsiya tegrasi; 

sarhadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladigan ilmiy tegralar (bunday 
tegraga kirishga ruxsat hayvonot bog„ining ma‟muriyati belgilab qo„yadigan tartibda 
beriladi); 


31 

hayvonot bog„i tomoshabinlarining dam olishi va ularga xizmat ko„rsatishni 
yo„lga qo„yish uchun rekreatsiya tegrasi; 

yordamchi xo„jalik ob‟ektlarini joylashtirish uchun xo„jalik tegrasi ajratib 
beriladi. 
Hayvonot bog„lari jonivorlarning ko„chma ekspozitsiyalarini tashkil etishlari
jonivorlarni ozuqa bilan ta‟minlash maqsadida barpo etiladigan yordamchi xo„jaliklarga 
ega bo„lishlari mumkin (31-modda). 
Zero, baliqchilik xo„jaligi tegralari ham alohida muhofaza etiladigan o„zga tabiiy 
hududlar toifasiga kirib, uni ekologik- huquqiy tartibga solish va muhofaza qilish ham 
juda zarur. Ushbu masala, mazkur qonunning 32-moddasida quyidagicha ko„rsatilgan. 
Nodir, yo„qolib borayotgan baliq turlari va boshqa suv jonzotlarini muhofaza etish va 
ko„paytirish maqsadida, shuningdek, baliqchilik xo„jaligi ehtiyojlari uchun 
foydalaniladigan suv ob‟ektlari yoki ularning bir qismi baliqchilik xo„jaligi tegralari deb 
e‟lon qilinishi mumkin. Suv ob‟ektlarining baliqchilik xo„jaligi tegralaridagi ish tartibi 
tabiatni muhofaza qilish va suv xo„jaligi idoralari taqdimiga ko„ra, O„zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi. 
Baliqchilik xo„jaligi tegralarida baliqlar va boshqa suv jonzotlarini muhofaza qilish 
hamda ularni ko„paytirish bilan bog„liq sharoitlarga zarar yetkazuvchi har qanday 
xo„jalik faoliyati bilan shug„ullanish man etiladi. 
Umuman olganda, «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to„g„risida» gi 
qonunda, alohida muhofaza etiladigan o„zga tabiiy hududlarni muhofaza qilish 
masalasiga ham katta e‟tibor berilganligini ta‟kidlash lozim. 
Suv muhofaza etiladigan mintaqalarni (tegralarini) muhofaza qilish tabiatni muhofaza 
qilish suv xo„jaligi idoralari tomonidan ta‟minlanadi. Suvni muhofaza qilish mintaqalari 
(tegralari) tarkibiga kiruvchi yerlar cheklangan xo„jalik faoliyati yuritish uchun 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarga foydalanishiga biriktirib 
qo„yilayotgan yoki ijaraga berilayotgan hollarda suvni muhofaza qilish mintaqalarini 
(tegralarini) muhofaza qilish vazifasi mazkur korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va 
fuqarolar zimmasiga yuklatiladi. 
Suv ob‟ektlarining sanitariya muhofaza tegralari ichki ishlar idoralari tomonidan 


32 
muhofaza etiladi. 
Kurort tabiiy hududlar va rekreatsiya tegralarini muhofaza qilish davlat hokimiyati 
boshqaruvi mahalliy idoralari va tabiatni muhofaza qilish idoralari tomonidan 
ta‟minlanadi. 
Botanika bog„lari, dendrologiya va hayvonot bog„larining muhofaza qilinishini 
ularning ma‟muriyat ta‟minlaydi. 
Qo„riqlanma (oraliq) tegralarni muhofaza qilishni hududida qo„riqlanma (oraliq) 
tegralar joylashgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilar ta‟minlaydilar. Qo„riqlanma 
(oraliq) tegralarning hududi korxona, muassasa va tashkilotlarga berilmagan hollarda bu 
tegralarni muhofaza qilish tabiatni muhofaza qilish idoralari tomonidan ta‟minlanadi. 
O„rmonlarning taqiqlangan mintaqalarini muhofaza qilishni o„rmonni muhofaza 
qilish idoralari ta‟minlaydilar. 
Baliqchilik xo„jaligi tegralarini muhofaza qilishni mazkur suv ob‟ektida baliqchilik 
bilan shug„ullanuvchi korxonalar hamda tabiatni muhofaza qilish idoralar ta‟minlaydilar 
(35-modda).Mazkur masala «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to„g„risida» 
gi qonunda qayd etilib, aniq holat va ekologik huquqbuzarliklarning turlari ko„rsatilgan. 
Ushbu qonunning 37-moddasiga asosan, quyidagi hollarda: 

tabiat-qo„riqxona fondi hududlari va ob‟ektlaridan o„z o„rnida 
foydalanmaslikda, alohida muhofaza etiladigan hududlarni barpo etish va ular ishini 
yo„lga qo„yish loyihalarining talablarini buzganlikda; 

alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, ularning muhofaza etiladigan 
tegralari doirasida man etilgan xo„jalik faoliyati bilan shug„ullanganlikda; 

alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ob‟ektlari va muhofaza 
etiladigan tegralarida oldindan ekologik ekspertiza o„tkazmay turib yoki bunday 
ekspertiza xulosalarini buzgan holda xo„jalik faoliyatini yo„lga qo„yganliqda; 

alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda falokatlarning ekologik 
oqibatlari va boshqa zararli ta‟sirlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralarini 
ko„rmaganlikda; 

alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo etish to„g„risidagi 


33 
iltimosnomalarni qarab chiqish muddatlari va tartibini buzganlikda; 

Download 244.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling