Fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
- daraxt kesishga (sanitariya maqsadidagi va parvarishlash yo„sindagi kesish bundan mustasno); -
Download 244.42 Kb. Pdf ko'rish
|
RAYHONA.docxMMMM
-
daraxt kesishga (sanitariya maqsadidagi va parvarishlash yo„sindagi kesish bundan mustasno); - ekologik jihatdan xavf-xatar tug„diruvchi sanoat korxonalarining faoliyat olib borishiga; - gidrologik va gidrogeologik tartibni o„zgartirib yuboruvchi harakatlarga; - tuproq eroziyasini, shuningdek o„simlik va hayvonot dunyosining tanazzulini keltirib chiqaruvchi harakatlarga; - davlat milliy tabiat bog„larining faoliyati bilan bog„liq bo„lmagan yo„l va muhandislik-kommunikatsiya ishlari olib borishga; - kimyo va radioaktiv moddalarning chiqindilarini ko„mishga; - iqlimlashtirish maqsadida tirik organizmlarni ko„chirib keltirishga yo„l qo„yilmaydi. Davlat milliy tabiat bog„larida ular hududining tabiiy, ilmiy, estetik va madaniy qimmati pasayishiga olib keluvchi boshqa faoliyat turlari taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin. Bog„ning rasamadi bilan faoliyat ko„rsatishi uchun yo„llar, boshqa kommunikatsiya va inshootlar qurish zarur bo„lib qolganda muhofaza qilish tadbirlari majmuini o„tkazish majburiyligi nazarda tutiladi (18-modda). Ta‟kidlash joizki, «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to„g„risida» gi qonunda, davlat qo„riqxonalari va davlat milliy tabiat bog„larini muhofaza qilishga 20 ham katta e‟tibor berilgan. Jumladan, ushbu qonunning 33-moddasiga asosan, davlat qo„riqxonalari va davlat milliy tabiat bog„larini muhofaza qilishni maxsus tabiat hududlarini muhofaza qilish inspeksiyasi amalga oshiradi va bu ish davlat qo„riqxonasi to„g„risidagi yoki davlat milliy tabiat bog„i haqidagi nizom bilan tartibga solinadi. Muhofaza qilish xodimlari davlat qo„riqxonalari ^va davlat milliy tabiat bog„lari shtatida turadilar hamda O„zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlariga xos barcha huquqlar va imtiyozlardan foydalanadilar.Qo„riqxonalardan tashqari, kamayib ketayotgan o„simlik va hayvon turlarini saqlab qolish va tiklash maqsadida 10 ga yaqin zakazniklar barpo etilgan. Masalan Toshkent viloyatidagi Oqbuloq zakaznigi Chatqol tizmasi tarmoqlarida Oqbuloq soyi havzasida joylashgan bo„lib, maydoni 12,5 ming gektardan ortiq, uning hududida oqtirnoq ayiq, to„ng„iz, O„rta Osiyo echkisi, bo„rsiq va tosh suvsari muhofaza qilinadi. Buxoro viloyatidagi tashlama suvlardan hosil bo„lgan ko„l asosida tashkil etilgan To„dako„l zakaznigida (maydoni 30 ming gektar) qishlovga uchib keluvchi yirik qushlardan - o„rdak, g„oz, birqozon, oqqush qo„riqlanadi. Dengizko„l zakaznigida ham (8620 gektar) suv qushlaridan o„rdak, g„oz, qoravoy, flamingo (qizilg„oz) kabilar himoya ostiga olingan. Xorazm zakaznigida (maydoni 11 ming gektar) ko„l va suv qushlari hamda sut emizuvchi hayvonlardan to„ng„iz, shoqol, tulki, bo„rsiq qo„riqlanadi. Eng janubiy - Ko„hitang zakaznigida esa (maydoni 43 ming gektar) morxo„r, Buxoro tog„ qo„yi, burgut kabi hayvonlar bilan birga, dunyo ahamiyatiga molik ajoyib arxeologik yodgorlik - Zarautkamar qoya yozuvlari himoya qilinadi. 1977 yil respublikada birinchi xalq xiyoboni - O„zbekiston milliy xiyoboni tashkil etildi. U Jizzax viloyatining Zomin tumani hududida, Turkiston tizmasining shimoliy yon bag„rida, dengiz sathidan 1000-4030 metr balandlikda joylashgan (maydoni 47,47 gektar). Xiyobonning ajoyib iqlimli sermanzara landshaftlari aholining dam olib, xordiq chiqarishi, sport turizmi bilan shug„ullanishi uchun juda qulaydir. Unda bargi siyrak tog„ o„rmonlari, butazorlar, archazorlar, subalp o„tloqlari tabiiy 21 majmualari muhofaza qilinadi. O„zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to„g„risida» gi qonunining 19-moddasida davlat buyurtma qo„riqxonasi tushunchasi va bunday qo„riqxonalarni tashkil etish masalasi aniq ko„rsatilgan. Unga ko„ra, davlat buyurtma qo„riqxonalari tabiiy majmualarni yoki ularning ayrim bo„laklarini asrash, ko„paytirish va tiklash maqsadida buyurtma qo„riqxonalari oldiga qo„yilgan vazifalarni bajarish uchun zarur muddatga ajratib beriladigan hududlar (akvatoriylar)dir. Davlat buyurtma qo„riqxonalari respublika va mahalliy ahamiyatga molik bo„lishi mumkin. Buyurtma qo„riqxonalar vazifasiga ko„ra: - alohida qimmatga ega bo„lgan tabiiy landshaftlar va majmualarni asrash va tiklash uchun mo„ljallangan landshaft (yaxlit) buyurtma qo„riqxonalarga; - qimmatli, nodir va yo„qolib borayotgan o„simliklar va jonivorlar turlarini asrab qolish va tiklash uchun mo„ljallangan biologik (botanik, zoologik) buyurtma qo„riqxonalarga; Download 244.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling