15
ob‟ektlarning loyihalari hamda ularni joylashtirish kesmalarining
davlat ekologik
ekspertizasida qatnashish;
-
tabiatni muhofaza qilish sohasida ilmiy xodimlar va mutaxassislar
tayyorlashda hamkorlik qilish;
-
ekologik bilimlarni targ„ib etish vazifalari yuklanadi.
Shuni alohida qayd etish joizki, davlat qo„riqxonalarini
tashkil etish to„g„risidagi qarorni O„zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi
qabul qiladi. Davlat qo„riqxonalarini boshqarish O„zbekiston Respublikasining Vazirlar
Mahkamasi belgilaydigan idoralar tomonidan amalga oshiriladi. Har bir qo„riqxona
qaysi idoraning tasarrufida bo„lsa, shu idora O„zbekiston
Respublikasi Tabiatni
muhofaza qilish davlat qo„mitasi bilan kelishib tasdiqlagan nizom asosida faoliyat
ko„rsatadi.
Amaliyotda davlat qo„riqxonalarining maqomi va mablag„lari
masalasi katta
ahamiyatga ega. Yuqorida nomi zikr etilgan qonun ushbu masalaga quyidagicha e‟tibor
beradi.
Davlat qo„riqxonalari yuridik shaxs bo„lib, respublika byudjetidan ta‟minlanadi,
mustaqil balansda turadi, ularning bank muassasalarida o„z hisob varaqlari, o„z nomi va
O„zbekiston Respublikasining davlat gerbi tushirilgan muhri bo„ladi.
Davlat qo„riqxonalarining mablag„lari, shu jumladan chet el valyutasidan iborat
mablag„lari:
-
O„zbekiston Respublikasi byudjeti ajratmalaridan;
-
ilmiy,
tabiatni muhofaza qilish, reklama-noshirlik va ma‟rifiy faoliyatdan
keladigan daromadlardan;
-
korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslar faoliyati natijasida
davlat qo„riqxonasiga yetkazilgan zararning o„rnini qoplash tushumlaridan;
Do'stlaringiz bilan baham: