Fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


  I BOB ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN O‘ZGA TABIIY HOLATI


Download 244.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana18.06.2023
Hajmi244.42 Kb.
#1565116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
RAYHONA.docxMMMM

 



I BOB ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN O‘ZGA TABIIY HOLATI
1.1 ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR 
EKOLOGIK-HUQUQIY HOLATI VA UNING XUSUSIYATLARI 
Bugungi kunda jamiyat va tabiatning o„zaro ta‟siriga doir muammolar tobora 
dolzarb bo„lib bormoqda va hozirgi, shuningdek kelgusi avlodlarning faravonligi, 
umuman, jahon sivilizatsiyasining taqdiri ekologik muammolarning ijobiy hal etilishiga 
borgan sari ko„proq bog„liq bo„lib qolmoqda. 
Fan-texnika rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida keskin o„zgarib borayotgan 
atrof muhit ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda, inson hayotiga, turmush 
tarziga hamda genetik fondi va irsiyatiga salbiy ta‟sir ko„rsatmoqda. Bu esa hozir yer 
yuzida yashab turganlarninggina emas, balki kelgusi avlodning ham salomatligiga, 
ayniqsa yer, suv, atmosfera havosi, yer osti boyliklari, hayvonot va o„simliklar dunyosi, 
tabiat va tarixiy yodgorliklarning tabiiy holatiga ham salbiy ta‟sir qilmoqda. 
Bu masalaga, O„zbekiston hukumati mustaqillikka erishgan dastlabki yillardanoq 
e‟tibor berdi va 1993 yil 7 mayda «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 
to„g„risida» gi qonunni qabul qildi. 
Mazkur qonun, hozirgi va kelajak avlod manfaatlarini ko„zlab noyob hamda 
ekologik, iqtisodiy, ilmiy, madaniy, tibbiy va estetik nuqtai nazardan milliy boylik va 
umumxalq mulki bo„lgan qimmatli tabiiy majmualarni muhofaza etishning umumiy, 
huquqiy, ekologik, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab berdi. 
O„zbekiston Respublikasida o„simliklar va hayvonot dunyosini hamda davlat 
milliy tabiat bog„lari va tarixiy yodgorliklarini saqlab qolish, ularning sonini 
ko„paytirish inson hayotini ekologik normal saqlashga, tabiat bilan jamiyat va inson 
o„rtasidagi ma‟lum mutanosiblikni shakllantirishga katta yordam beradi. 
Hozirgi paytda respublikamizda qo„riqlanadigan yerlarning umumiy maydoni 2 
mln. gektardan ortiq, alohida qo„riqlanadigan 11 ta tabiiy hududiy ob‟ekt, jumladan 9 ta 
qo„riqxona, 400 dan ortiq tabiat yodgorliklari mavjud. Demak, ana shunga o„xshash 
alohida muhofaza etiladigan va boshqa tabiiy hududlar huquqiy muhofaza qilinmog„i 
lozim. 



O„zbekiston Respublikasida alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil 
etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar ushbu 
qonun, shuningdek yer, suv, o„rmon to„g„risidagi, yer osti boyliklaridan foydalanish, 
atmosfera havosini hamda atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish, alohida muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlar to„g„risidagi qonunlar va boshqa qonun hujjatlari bilan 
tartibga solinadi. 
Qoraqalpog„iston Respublikasida alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni 
tashkil etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar 
Qoraqalpog„iston Respublikasi qonunlari bilan ham^tartibga solib turiladi. 
O„zbekiston Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 
to„g„risidagi qonunlarining vazifalari noyob tabiiy majmualarni, tabiat yodgorliklarini
o„simliklar va hayvonlarningirsiy fondini saqlab qolishdan, tabiiy jarayonlarni 
o„rganishdan hamda tabiiy muhitni kuzatish va tadqiq etish majmuidan, aholini 
ekologiya bobida tarbiyalashdan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga molik 
hududlardan xo„jalik maqsadida foydalanishni cheklashdan iboratdir. 
Shunisi e‟tiborliki, «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy xududlar» ning ta‟rifi va 
ularning huquqiy maqomi yuqorida nomi tilga olingan qonunning 3-moddasida 
ko„rsatilgan. 
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yerlar va suv kengliklari 
(akvatoriyalar)ning ustuvor ekologik, ilmiy, 
madaniy, 
estetik, 
sanitariya-
sog„lomlashtirish ahamiyatiga molik qismlaridir. 
Tabiatning rang-barangliginisaqlab qolish, ekologik 
muvozanat 
va 
biosfera 
monitoringini saqlab turishga, shuningdek shikast yetgan tabiiy majmualarni tiklashga 
mo„ljallangan yagona tizimni tashkil etuvchi O„zbekiston Respublikasining alohida 
muhofaza etiladigan tabiiy hududlari xo„jalik maqsadida foydalanishdan to„liq yoki 
qisman, bir umrga yoki vaqtincha olib qo„yilishi mumkin. 
Tabiiy zaxiralardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir rejalar va 
dasturlar, yer tuzilishi va joylarni tekislash kesmalari hamda boshqa rejalarni ishlab 
chiqishda alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisobga olinadi. 
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga qonunda belgilab qo„yilgan 


10 
tartibda davlat qo„riqxonalari (shu jumladan biosfera qo„riqxonalari), davlat milliy 
bog„lari, davlat tabiat yodgorliklari, davlat zakazniklari maqomi beriladi. 
Suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari), kurort va rekreatsiya tegralari, yer 
usti va yer osti suvlari hosil bo„ladigan tegralar (daryo uvalari, oqiziqli adirlar, 
tog„ yonbag„irlarining etaklari), nodir va qimmatbaho mineral konlari, alohida 
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo„riqlanma (oraliq) tegralari, baliq xo„jaligi 
tegralari, o„rmonlarning taqiqlangan mintaqalari, tarixiy-tabiiy va yodgorlik bog„lari, 
botanika va hayvonot bog„lari, dendrariylar hamda O„zbekiston Respublikasi qonunlari 
va xalqaro shartnomalar bilan belgilab qo„yiladigan tartib asosidagi boshqa hududlar 
ham alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kiradi. Davlat hokimiyati va 
boshqaruvi mahalliy idoralarining qarorlari bilan alohida muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlarning boshqa toifalari ham nazarda tutilishi mumkin. 
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ulardan foydalanish va 
ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvini O„zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari amalga 
oshiradilar. 
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanish va ularni muhofaza 
qilish sohasidagi davlat nazoratini O„zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish 
davlat qo„mitasi amalga oshiradi. 
O„zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 
to„g„isida» gi qonunida ushbu toifadagi yerlariga qanday yerlar kirishi ham aniq bayon 
etilgan. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari tabiatni muhofaza etish, 
sog„lomlashtirish, rekreatsiya va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga 
kiradi. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlarida ularning maqsad- 
muddaosiga zid faoliyat taqiqlanadi. Yuqorida aytib o„tilgan yerlardan foydalanish va 
ularni muhofaza qilishning tartibi va shartlari O„zbekiston Respublikasining yuqoridagi 
va Yer to„g„risidagi qonunlari bilan belgilab qo„yiladi. 
Davlat qo„riqxonalari, davlat milliy bog„lari yer uchun haq to„lashdan ozod 
etiladilar. Alohida muhofaza etiladigan boshqa tabiiy hududlar ham O„zbekiston 
Respublikasi qonunlarida belgilab qo„yilgan tartibda yer uchun haq to„lashdan ozod 


11 
etilishlari mumkin. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda xo„jalik faoliyati 
bilan shug„ullanilgan hollarda ijara haqi va yer solig„i undirib olinadi. 
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari tortib olinishiga 
favqulodda hollarda O„zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda yo„l 
qo„yiladi (5-modda). 
Shuningdek, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish ham katta 
ahamiyatga ega bo„lib, qonun asosida, amaldagi huquqiy normalarga mos bo„lishi 
maqsadga muvofiqdir. Ushbu masala «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 
to„g„risida» gi qonunning 7-moddasida ifodalangan. Unga ko„ra, alohida muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlar alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish 
va joylashtirishning bosh kesmasi yoki tabiatni muhofaza qilishning hududiy majmui 
kesmasiga muvofiq barpo etiladi. 
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi alohida muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlarni rivojlantirish va joylashtirishning bosh kesmasini yoki davlat hokimiyati 
mahalliy idoralari tabiatni muhofaza qilishning idoralari tabiatni muhofaza qilishning 
hududiy majmui kesmasini tasdiqlashi bilan ayni bir vaqtda muhofaza etishga tavsiya 
etilayotgan yer maydonini zaxiralash to„g„risida qaror qabul qilinadi. Alohida muhofaza 
etiladigan hudud tashkil etish to„g„risida qaror qabul qilingunga qadar mazkur hududda 
yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning xo„jalik faoliyati cheklanadi yoki to„xtatiladi. 
Bunday hollarda yer egalari va yerdan foydalanuvchilar, xo„jalik faoliyatining 
cheklanishi yoki to„xtatilishi tufayli, qishloq xo„jaligi va o„rmon xo„jaligi ishlab 
chiqarishida ko„rilgan yo„qotish va talafotlar uchun tovon olish huquqiga hamda yer 
solig„i bo„yicha imtiyozlarga egadirlar. 
Ta‟kidlash joizki, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat kadastri 
ham katta ahamiyatga ega. Ushbu muammo mazkur qonunda yetarlicha o„z aksini 
topgan. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat kadastri bu 
hududlarning huquqiy maqomi, ularning jug„rofiy mavqei, miqdor va sifat 
ko„rsatkichlari, ekologik, ilmiy, ma‟rifiy va boshqa xil ahamiyati to„g„risidagi, yer 
egalari va yerdan foydalanuvchilar haqidagi ma‟lumotlarni qamrab oladi. 
O„zbekiston Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat 


12 
kadastri mazkur hududlar tarmog„ini rejalashtirish, ularni muhofaza etishni ta‟minlash 
va ilmiy tadqiqotlar o„tkazish, tegishli qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati 
darajasini oshirish, shuningdek ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va 
joylashtirishni rejalashtirish chog„ida bu hududlarning o„rni va ahamiyatini hisobga 
olish maqsadida yuritiladi. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat 
kadastri respublika byudjeti hisobidan, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tasdiqlagan yagona tizim asosida yuritiladi. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlarning davlat kadastrini yuritishni O„zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza 
qilish davlat qo„mitasining idoralari O„zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan 
birgalikda amalga oshiradilar. 
Xullas, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar huquqiy holatining quyidagi 
xususiyatlari mavjud: 
1) 
u O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qo„ygan talabiga mosligi, 
konstitutsiyaviy ustunlikka ega ekanligi hamda davlat tomonidan muhofaza etilishi; 
2) 
alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar huquqiy holatining o„rganish va 
u to„g„risidagi qonun davlat qo„riqxonalari, davlat milliy tabiat bog„lari, davlat 
zakazniklari va davlat tabiat yodgorliklari, alohida muhofaza etiladigan o„zga tabiiy 
hududlar va boshqa masalalarni hamda u bilan bog„liq barcha munosabatlarni huquqiy 
jihatdan tartibga solishi; 
3) 
u yangi ijtimoiy tuzum - bozor munosabatlarini mustahkamlash va ekologik 
siyosatni barqarorlashtirish uchun huquqiy zamin bo„lib, alohida muhofaza etiladigan 
tabiiy hududlarni muhofaza qilish hamda ularni huquqiy tartibga solishni o„z oldiga 
maqsad qilib qo„yishi; 
4) 
mazkur sohani huquqiy tartibga solish bozor iqtisodiyotida qabul qilingan 
ekologik qonunlarni qo„llash va ular bilan birgalikda ekologik muhitni yaxshilashga, 
tabiat ob‟ektlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga, ayniqsa, alohida 
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlashga qaratilganligi; 
5) 
ushbu soha fuqarolarimizdan shu kungi hayot talabi asosida ekologik-
huquqiy ma‟naviyat va madaniyatli bo„lishni hamda ushbu yo„nalishda doim yuksalish 
bo„lishini taqozo qilishi va h.k. 


13 

Download 244.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling