Fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
- ma‟muriy va sud yo„li bilan undirib olinadigan jarima pullaridan; -
Download 244.42 Kb. Pdf ko'rish
|
RAYHONA.docxMMMM
-
ma‟muriy va sud yo„li bilan undirib olinadigan jarima pullaridan; - ovchilik va baliqchilikning musodara etilgan asboblarini, noqonuniy o„lja qilingan mahsulotlarni sotishdan olingan pullardan; -korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, shuningdek fuqarolardan beg„araz yordam tarzida keladigan tushumlardan hosil etiladi. 16 Davlat qo„riqxonalari o„z mablag„larini aniq maqsadga qaratgan holda mustaqil tarzda, ushbu qonunning 11-moddasida belgilangan tartibga muvofiq tasarruf etadilar (12-modda). Davlat qo„riqxonalarining ish tartibi ham amaldagi qonun bilan tartibga solingan bo„lib, alohida xususiyatga ega. Ushbu qonunning 13-moddasiga asosan, davlat qo„riqxonalarining xududida qo„riqxonalar maqsadlariga zid bo„lgan tabiiy jarayonlarning o„zicha rivojlanishiga putur yetkazadigan yoki tabiiy majmui va ob‟ektlar holatiga tahdid soladigan har qanday xo„jalik, rekreatsiya va boshqa yo„sindagi faoliyat taqiqlanadi. Qo„riqxonalarning hududlarida, ularning qo„riqlanma tegralarida iqlimlashtirish maqsadida o„simliklar va jonivorlarning turlarini va xillarini joylashtirish taqiqlanadi. Davlat qo„riqxonalarida ular to„g„risidagi tasdiqlangan nizomga muvofiq yong„inga qarshi tadbirlar o„tkazishga yo„l qo„yiladi. Qo„riqxonalarning yoki ularda mutasaddilik qiluvchi idoralarning xodimi bo„lmagan fuqarolarning qo„riqxonalar hududida bo„lishiga ularda ana shu idoralar yoki qo„riqxona ma‟muriyati bergan ruxsatnoma bo„lgan taqdirdagina yo„l qo„yiladi. Davlat qo„riqxonalarining faoliyati ham mazkur qonun bilan tartibga solinadi. Jumladan, qonunning 14-moddasi davlat qo„riqxonalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati olib borish masalasiga bag„ishlangan bo„lib, unga ko„ra, ilmiy tadqiqotlarni yo„lga qo„yish va o„tkazish uchun davlat qo„riqxonalari o„z ilmiy xodimlar shtati bilan ta‟minlanadi. Ilmiy tadqiqotlar, shuningdek, chet ilmiy tashkilotlarni va ayrim mutaxassislarni jalb etish yo„li bilan ham o„tkazilishi mumkin. Davlat qo„riqxonalarida olimlar kengashi (ilmiy kengash) tuziladi. «Tabiat solnomasi» ni yuritish barcha davlat qo„riqxonalari uchun majburiydir. Davlat qo„riqxonalarining ilmiy jamg„armalarini saqlash muddati cheklanmaydi. Davlat qo„riqxonalariga ilmiy asarlar nashr etish huquqi ^beriladi. Davlat qo„riqxonalarining ilmiy tadqiqotlarini O„zbekiston Respublikasining Fanlar akademiyasi muvofiqlashtirib boradi. Download 244.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling