Fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
- ayrim qazilma boyliklar va ularning majmuini asrab qolish uchun mo„ljallangan paleontologik buyurtma qo„riqxonalarga; -
Download 244.42 Kb. Pdf ko'rish
|
RAYHONA.docxMMMM
-
ayrim qazilma boyliklar va ularning majmuini asrab qolish uchun mo„ljallangan paleontologik buyurtma qo„riqxonalarga; - jonsiz tabiatning qimmatli ob‟ektlari va majmuilarini asrab qolish uchun mo„ljallangan gidrologik (botqoq, ko„l, daryo) buyurtma qo„riqxonalarga; - tabiat yaratgan nodir va noyob relef shakllarini asrab qolish uchun mo„ljallangan gemorfologik buyurtma qo„riqxonalarga; - nodir geologik va mineralogik hosilalar va tuzilmalarni asrab qolish uchun mo„ljallangan geologik va mineralogik buyurtma qo„riqxonalarga bo„linadi. Noyob mineral va o„zga xil geologik tuzilmalarga ega bo„lgan hamda fundamental ilmiy ahamiyatga molik geologik buyurtma qo„riqxonalarga davlat qo„riqxonasi maqomi berilishi mumkin. Buyurtma qo„riqxonalarning faoliyat muddatlari ko„rsatilmay (muddatsiz), 5 yildan ortiq muddatga (uzoq muddatli) yoki 5 yildan kam muddatga (qisqa muddatli) qilib tashkil etiladi. Respublika ahamiyatiga molik davlat zakazniklarini O„zbekiston Respublikasi 22 Vazirlar Mahkamasi tashkil etadi. Mahalliy ahamiyatga molik davlat buyurtma qo„riqxonalari tabiatni muhofaza etish idoralarining taqdimnomasiga ko„ra, viloyat hokimlarining qarori bilan tashkil etiladi. Shuningdek, davlat zakazniklarining ish tartibi ham qonunda o„z aksini topgan bo„lib, unga asosan, davlat zakazniklari deb e‟lon qilingan hududlar ularni xo„jalik maqsadlarida istifoda etayotgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan tortib olinmaydi. Yerida davlat buyurtma qo„riqxonalari tashkil etilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar davlat buyurtma qo„riqxonasi belgilaydigan tartibga rioya etishlari shart. Davlat buyurtma qo„riqxonalarining hududlarida buyurtma qo„riqxona oldiga qo„yilgan vazifalarga zid bo„lgan faoliyatning har qanaqa turi to„xtatiladi yoki cheklab qo„yiladi. Har bir davlat buyurtma qo„riqxonasining aniq vazifalari va ish tartibining xususiyatlari O„zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo„mitasining idoralari, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishib turib ishlab chiqiladigan hamda davlat zakaznigi tashkil etish to„g„risida qaror chiqargan idora tasdiqlaydigan nizomda belgilab qo„yiladi (20-modda). O„zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo„mitasi respublika hududida 400 dan ortiq tabiat yodgorligini hisobga olgan. Ulardan atigi 80 ga yaqini jonsiz tabiat yodgorliklaridir. Jonsiz tabiat yodgorliklari orasida xilma- xil karst relefi shakllari, shu jumladan, arxeologik ahamiyatga ega bo„lgan g„orlar va ungurlar, shuningdek, nodir buloqlar, sharsharalar, ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo„lgan qoyalar va geologik ochilmalarni muhofaza qilish muhim vazifalardan hisoblanadi. Ayniqsa, yer osti landshaftlari, ularning betakror, sehrli va maftunkor manzaralari jiddiy muhofazaga muhtojdir. O„zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to„g„risida» gi qonunining 21-moddasi aynan ana shu masala, ya‟ni davlat tabiat yodgorliklarining ekologik-huquqiy ahamiyati va ularni muhofaza qilish masalasiga bag„ishlangan. Zero, respublikamiz hududidagi tabiat, tarixiy va arxeologik yodgorliklar hozirgi paytda aynan muhofaza qilinishga, tiklanish (restavratsiya)ga juda muhtoj. 23 Ekologik, ilmiy, estetik, madaniy jihatdan noyob, o„rnini to„ldirib bo„lmas, qimmatli, kelib chiqishi tabiiy bo„lgan ob‟ektlar davlat tabiat yodgorliklari deb e‟lon qilinadi. Tabiat ob‟ektlarini davlat hokimiyatining mahalliy idoralari tabiatni muhofaza qilish bo„yicha davlat idoralari taqdimiga binoan davlat tabiat yodgorliklari deb e‟lon qiladilar. Yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan egallab turgan yer uchastkalarini tortib olmay turib ham ob‟ekt davlat tabiat yodgorligi deb e‟lon qilinishiga yo„l qo„yiladi. Davlat tabiat yodgorliklari joylashgan hududda ularni asrab qolishga tahdid etuvchi har qanday faoliyat taqiqlanadi. Tabiat yodgorliklarini muhofaza etish tartibini ta‟minlashga oid majburiyatlar bu yodgorliklar qaysi korxona, muassasa va tashkilot hududida bo„lsa, shu korxona, muassasa va tashkilot zimmasiga yuklanadi. Tabiiy ob‟ektni davlat tabiat yodgorligi deb e‟lon qilish to„g„risida qaror chiqargan idora ob‟ektni muhofaza ostiga o„tkazish va muhofaza etish majburiyatini rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi. Aholi diniy maqsadlarda foydalanib turgan davlat tabiat yodgorliklari muhofaza etish va obodonlashtirish ishlari o„tkazish maqsadida, davlat tabiat yodgorligini asrab qolish sharti bilan diniy tashkilotlarga yoki alohida shaxslarga foydalanish uchun yoxud ijaraga berilishi mumkin. E‟tiborli tomoni shundaki, «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to„g„risida» gi qonunda, davlat buyurtma qo„riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish masalasi ham o„z aksni topgan. Jumladan, ushbu qonunning 34-moddasia binoan, davlat buyurtma qo„riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilishni davlat zakazniklari va davlat tabiat yodgorliklari qaysi korxona, muassasa va tashkilotning yer maydonida joylashgan bo„lsa, ana shu korxona, muassasa va tashkilot amalga oshiradi. Basharti, davlat buyurtma qo„riqxonasi yoki davlat tabiat yodgorligi tasarruf etish yoxud foydalanish uchun berilmagan yer maydonida joylashgan bo„lsa, u holda bunday qo„riqxona yoki tabiat yodgorligini muhofaza qilishni u qaysi idoraning qaramog„ida bo„lsa, ana shu idora ta‟minlaydi. 24 Korxona, muassasa va tashkilotlar davlat buyurtma qo„riqxonalari hamda davlat tabiat yodgorliklari muhofaza qilinishini ta‟minlamaydigan hollarda davlat buyurtma qo„riqxonasi va davlat tabiat yodgorligi egallab turgan yer maydoni hamda muhofaza qilinishini ta‟minlash uchun unga tutash hudud yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan olib qo„yilishi mumkin. Agar davlat tabiat yodgorligi muayyan yerdan foydalanuvchi, yer egasi yoki suvdan foydalanuvchiga birkitib qo„yilmagan yer maydonida yoki suv ob‟ektida joylashgan bo„lsa, ularning muhofaza qilinishi davlat hokimiyati va boshqaruvchi mahalliy idoralari tomonidan ta‟minlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling