Fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti o


Alisher Navoiy asarlarining tekstologik xususiyatlari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana21.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1644737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Otaboyeva Sevinchoy. Matnshunoslik-MUSTAQIL-TA LIM

 
Alisher Navoiy asarlarining tekstologik xususiyatlari 
 
Alisher Navoiyning nasriy asarlari Xuroson va Movaraunnahrda yaratilgan fors va 
qadimgi o‘zbek tilidagi turli janr va har xil mavzudagi nasriy asarlar zaminida 
yuzaga keldi. Lekin Navoiy buyuk daho sifatida shunday asrlar yozdiki, ularda, bir 
tomondan, fors-tojik adabiyotidagi nasr ilg‘or an'analarining yangicha talqini va 
ravnaqi o‘z aksini topdi. Ikkinchidan, o‘zbek tilida nasrning nazmga nisbatan bir 
muncha sust rivojini nazarda tutgani, shunungdek, nasrning imkoniyatlari nazmga 
nisbatan anchayin kengligini chuqur tushungani holda Navoiy o‘zbek adabiyotini 
o‘n beshga yaqin nasriy asarlar bilan boyitdi. 


 Navoiygacha bo‘lgan fors tilidagi nasr asosan tarixchilar tomonidan, qisman esa 
didaktik va ilmiy yoki yarim ilmiy adabiyotda qo‘llandi. 
Bu davrdagi o‘zbek tilidagi nasrning shakllanishi va taraqqiyoti Alisher Navoiy 
nomi bilan bog‘liqdir. 
Navoiy o‘z nasriy asarlarini yaratar ekan, hech shubhasizki, o‘zigacha bo‘lgan va 
o‘z davridagi nasrning eng yaxshi xususiyatlarini o‘zlashtirib, o‘z ona tilida ulardagi 
ilg‘or traditsiyalarni yanada rivojlantirishga alohida ahamiyat bilan qaradi. 
Alisher Navoiy o‘zining barcha nasriy asarlarini "Vaqfiya"ni istisno qilganda (bu 
asar 1481-1482 yillarda yozilgan), umrining so‘nggi o‘n yilida yaratgan. Ularning 
umumiy manzarasi quyidagichadir: 
1.Biografik-memuar xarakterdagi "Holoti Sayyid Hasn", Holoti ,Pahlavon 
Muhammad", "Xamsat ulmutahayyirin". 
2.Ilmiy-filologik xarakterdagi "Majolis un-nafois", "Muhokamat ul-lug‘atayn", 
"Mezon ul-avzon", "Risolai mufradot". 
3.Tarix, tasavvuf va din tarixiga oid "Tarixi muluki Ajam", "Nasoyim 
ul-muhabbat", "Tarixi anbiyo va "hukamo", "Vaqfiya". 
4.Insho san'ati-epistolyar proza namunasi- "Munshoot". 
5.Ijtimoiy-siyosiy va didaktik xarakterdagi "Mahbub ul-qulub". 
"Haloti Sayyid Hasan Ardasher", "Haloti Pahlavon Muhammad", "Hamsat 
ul-mutahayyirin"-Navoiyning biografik memuar xarakterdagi asarlaridir. 
Bu uch asar Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatida muhim rol o‘ynagan davrning 
madaniyati tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatida 
muhim rol o‘ynagan davrning madaniyati tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Navoiyga 
yaqin siymolar, uning hamfikr do‘stlari, ustoz va murabbiylariga bag‘ishlanib, 
ularning vafotidan keyin yozilgan. 


 Navoiy bu asarlarida ana shu uch madaniyat arbobining ma'lum jarajada ijodiy va 
ijtimoiy biografiyalarini yaratadi, ular bilan o‘zining har sohadagi hamkorligi, 
muloqatlari haqida hikoya qiladi. 
Sayyid Hasan Ardasherga bag‘ishlangan risola 896| 1490-91 yilda uning vafotidan 
ikki yil keyin yozilgan. 
Sayyid Hasan bilan Navoiy 860|1455-56 yilda birinchi marta uchrashgan va 
umrining oxiriga qadar yaqin do‘st bo‘lib qolgan. U 821|1425-26 yilda tug‘ilgan 
bo‘lib, uning otasi shoh Boysung‘ur Mirzo saroyida qushbegilik lavozimida 
ishlagan. Sayyid Hasan arab tili, tilshunoslik, ritorika, fikh, she'riyat, tarix, 
astornomiya, muzika bo‘yicha o‘z davrining eng bilimdon kishisi bo‘lgan. Navoiy 
so‘zi bilan aytganda: "ko‘prak zamonning tab' va fazl ahliga foyiq va sarafroz 
bo‘libdurlar". U tabiatan g‘oyat kamtar, mansabparastlikni, amaldorlikni xush 
ko‘rmas, shaxsiy manfaatini kuzlab hukmdorlarga mute bo‘lib xizmat qilishdan 
nafratlanar edi. 
Sayyid Hasan Navoiy tarbiyasida yaqindan ishtirok etgan, keyinchalik ham 
uni doim ijod qilishga undar, o‘rni-o‘rni bilan hamdardlik va sirdoshlik qilar edi. U 
dunyoviy she'riyatni juda ham sevar, ko‘p she'rlarni, xususan Navoiy g‘azallarini 
yoddan o‘qir, ayniqsa Hofiz ijodiga ishtiyoqi baland edi. Navoiy ana shunday 
siymoga hurmat va ixlos bog‘lagani tabiiy albatta. 
"Holoti Sayyid Hasan Ardasher" risolasida Navoiy yuqorida tilga olinganlarni 
birma-bir bayon etadi. U Sayyid Hasanning Husayn Boyqaro taxtga chiqqanidan 
boshlab uning xizmatida bo‘lganini, lekin shohning iltifot va e'tiboriga qaramay 
xizmatni tark etkanini xabar qiladi. 
Navoiy Sayyid Hasan xarakteridagi bir qirrani bo‘rttirib ko‘rsatib o‘tadi. U 
katta-kichikka barobar, qo‘lidan kelganicha birovga yaxshilik qilishga intiluvchi, 
boshqadan esa hech narsa tama' qilmaydigan shaxs bo‘lgan: 


O‘zidin elga dare -qatro oso, 
Vale eldan o‘ziga qatra-daryo. 
Navoiy Sayyid Hasanning nihoyatda yumshoq ko‘ngilli bo‘lganini, dardli so‘zdan 
g‘oyat g‘amgin tortib, nazm va kuydan g‘oyat ta'sirlana bilishini alohida ta'kidlab 
o‘tadi. 
Risolada Navoiy Sayyid Hasanni rind erdi, deb ta'riflaydi va buni uning 
yashash va fikr qilish tarzi orqali dalillaydi. Sayyid Hasanning rindligi Navoiy 
so‘zlariga e'tibor qilinsa, Hofizning rindligini eslatadi. Demak, bu o‘rinda Sayyid 
Hasanning zamonadan shikoyati, davr nosozliklariga, saroydagi bo‘g‘iq muhitga 
bo‘lgan nafrati g‘oyat ahamiyatlidir. 
Asarning so‘nggida Sayyid Hasan Ardasher vafotiga bag‘ishlangan Navoiy 
marsiyasi keltiriladi. Unda Navoiy juda samimiy qilib o‘z hayotining og‘ir 
damlarida madadkor bo‘lgan, mehribon, dilkash va hamfikr do‘stidan judolik 
alamlari haqida yozadi. 
"Holoti Sayyid Hasan Ardasher" Navoiyning mumuar xarakterdagi go‘zal asari 
bo‘lib, katta samimiyat bilan yozilgan. Asr, shubhasiz, odamlarni bir-biriga 
oliyjanob munosabat va sof do‘stlik ruhida tarbiya qilishda ham g‘oyat 
ahamiyatlidir. 
"Holoti Pahlavon Muhammad"ning qahramoni Pahlavon Muhammad ham 
o‘z davrining qomusiy bilimlarga ega bo‘lgan shaxslaridandir. U atronomiya va 
matematikani, adabiyot va san'atni, fiqh va falsafani, tabobatni yaxshi egallagan. U, 
musiqa nazariyasi, bastokorlik va xonandalik sohasida ham keng shuhrat qozongan 
edi. Nafis hissiyotli, quvnoq tabiatli, hazilmutoibaga moyil, odamoxun va 
ulfatshunos Pahlavon Muhammad o‘sha davrlarda keng tarqalgan varzish (sport) 
turlaridan qushtigirlik (kurash) san'atining mohir namoyandasi ham edi. 


Navoiy Pahlavon Muhammadning ma'naviy qiyofasini, insoniy tabiatini 
qalamga olar ekan, uning zakovati va fazilatlariga alohida urg‘u beradi. 
Navoiy 
Pahlavon 
Muhammadning 
mashhur 
kuylaridan-amallaridan 
"Choshorgoh", "Segosh" va "Panjgoh"larni eslatib o‘tadi. 
Pahlavon Muhammad badiy ijod sohasida ham yetuk iqtidorga ega bo‘lgan. Uning 
ruboiy, masnaviy, qi'a, ta'rix va muammolari ham mazmun, ham badiiy jihatdan 
anchayin yetuk saviyada bitilgan. 
U, shunungdek, tib ilmi va nujum fanining bilimdonlaridan bo‘lgan. 
Navoiy katta husn-rag‘bat bilan Pahlavon Muhammadning hazil mutoyibaga moyil 
ta'bi va tabiati haqida g‘oyat maroqli lavhalar ham keltiradi. 
Navoiy ularning xotirasini abadiylashtirmoq maqsadida yuqoridagi ikki asarini 
yaratdi. Ularda ana shu ikki siymoning, agar ta'bir joiz bo‘lsa ijtimoiy biografiyasi 
yoritiladi. 
Navoiyning bu ikkala asari zamonning madaniy hayotida faol ishtirok etgan, 
ijobiy rol o‘ynagan real shaxslarning ijodiy faoliyati haqida haqqoniy ma'lumotlar 
asosida yozadi. 
Bu asarlarda badiiy nasrning ilk belgilovchi elementlari mavjud bo‘lib, u ayniqsa, 
Navoiyning portret yaratish mahoratida yaqqol ko‘rinadi. Navoiy har bir siymo 
obrazi xarakterining o‘ziga xosligini ochib berishga muvaffaq bo‘ladi. Ularga 
bo‘lgan muhabbat-ehtiromi asarlarning samimiy ruhini oshiradi, Navoiyning bu 
asarlari insoniy do‘stlik va hamjihatlik sha'niga bitilgan ajoyib madhiya hamdir. 
"Hamsat ul-mutahayyirin" 1494 yilda yozilgan bflib, bir muqaddima, uch maqolat 
va bir xotimadan iborat. 
Ma'lumki, Abdurahmon Jomiy davrning eng obro‘li va eng bilimdon siymolaridan 
biri. U ulkan olim sifatida adabiyot nazariyasi, falsafa va musiqiy ilmida qator ishlar 
ijod qilgan, buyuk so‘z san'atkori sifatida ilg‘or fikrlarni, insonparvarlik g‘oyalarini 
tarannum etgan edi. Ayni choqda Jomiy o‘zigacha butun O‘rta va Yaqin Sharqda 


hukmron bo‘lgan, badiiy adabiyotda yuksak mahorat, o‘tkir emotsional ta'sir kuchi 
bilan o‘z ifodasini topgan mistika ta'sirida ham bo‘lgan edi. 
Binobarin, Navoiy Jomiy haqida maxsus asar yozishga kirishar ekan, uning ana shu 
ko‘p qirrali ijodini qamrab olishga, uni izohlashga, o‘zi bilan bu ulug‘ san'atkor 
orasidagi muloqat va suhbatlarning eng xarakterli tomonlarini ochib berishi lozim 
edi. Navoiy ana shu vazifalarni bajarishga muvaffaq bo‘ldi. Yana shuni ta'kidlab 
o‘tmoq lozimki, Navoiy bu asarda badiiy yuksaklik kompozitsion yetuklik va 
uslubiy ixchamlikka to‘la erishgan. U bu asarda ham tilga olingan siyosiy, ijtimoiy 
va axloqiy masalalarga o‘zining eng ilg‘or gumanistik pozitsiyasidan yondashgan. 
"Xamsat ul-mutahayyirin" muqaddimasida Jomiyning nasabi, tug‘ilishi, 
tarbiyalanishi, bilim olishi, shoir va olim sifatida tanilishi hamda Navoiy uning bilan 
qachon uchrashgani haqidagi ma'lumotlar beriladi. Shunisi diqqatga sazovorki, 
Navoiy Jomiyning she'riyatdagi iste'dodini, qudratini, uning belgilovchi fazilati deb 
biladi. Uning tasavvur yo‘lidagi kamolati va shuhrati xususida so‘zlar ekan, Navoiy 
tasavvur nazariyasi va istilohlari yuzasidan mavjud adabiyotlardan farqli o‘laroq, 
Jomiy bu ilmga oid fikrlarni o‘z asarlarida ko‘pchilikka tushunarli qilib, sharh va 
izohlar bilan bayon etganligini ta'kidlaydi. 
Asarning birinchi maqolatini Navoiy o‘zi bilan Jomiy oralarida bo‘lib o‘tgan 
qiziq va ittifoqiy (tasodifiy) voqealar bayoniga bag‘ishlaydi. Bu fasl tarkibidagi 13 
lavhada Jomiyning ma'naviy va ijtimoiy qiyofasini ochib beruvchi turli voqealar va 
shu voqealar munosabati-la u bildirgan mulohaza va maslahatlari, uning 
hazil-mutoyibaga moyilligini ko‘rsatuvchi maroqli naqllar va turli adabiy 
mavzularda o‘tkazilgan suhbatlar beriladi. Ayni choqda, Navoiyning o‘zi 
ta'kidlangandek, Jomiyning unga bo‘lgan alohida xususiyat va iltifotlari ma'lum 
bo‘ladi. 
Shuningdek, bu lavhalarning asosiy maqsadni atrofli ochib berishga xizmat qilishi 
bilan bir qatorda, ularda talay madaniyat ahllari-adib, shoir,san'atchi va davlat 


arboblariga hamda oddiy xalqning xushta'b namoyandalariga, ilmiy va badiy 
asarlarga ma'lum munosabat bildirilib o‘tiladi, baho berib ketiladi. 
Navoiy voqealarni, uchrashuv va suhbatlarni qatorasiga emas, balki Jomiy ijodiy 
yoki ijtimoiy biografiyasining angiq bir qirrasini ko‘rsatib beruvchi eng 
xarakterlilarini qalamga oladi. 
Masalan, Jomiyning hayotdan ajralgan, go‘shanishin ijodkor bo‘lmaganligidan 
katta voqealar, saroy va saroydagilar, hayoti, xulq-atvori juda yaqindan qiziqtirgan 
va mashg‘ul etganligidan dalolat beruvchi hikoyatlardan birida bayon etilishicha, 
Navoiy sipohiylikdan, ya'ni davlat xizmatidan bezor bo‘lib, mansabni tark 
qilmoqchi bo‘lganida Jomiy buning sababini so‘raydi. Navoiy shunday deb javob 
beradi: 
-Inson jinsi suhbat va ixtilotidan malul bo‘lib erdim, bu ishga ul bois bo‘ldi. 
Jomiy bunga javoban g‘oyat qisqa, lekin nihoyatda o‘tkir, vaziyatga juda muvofiq 
tushadigan savol bilan murojaat qiladi: 
-Inson qimni xayol qilib erding, bizga dag‘i ko‘rguz? 
Bundan Navoiy o‘zining qat'iy qarori Jomiyga "noxush kelmagan"ligini uqadi. 
Navoiy bilan Jomiy orasidagi bu suhbat ustozning haj safaridan endigina qaytgan, 
shohning esa Balx ustiga yurish qilib turgan vaqtida sodir bo‘ladi. Buning ustiga 
yurish qilib turgan vaqtida. Buning ustiga Hirotga kelgandan keyin Jomiyga safar 
chog‘ida turli shaharlar, jumladan Bog‘doddagi chiqishlari uchun bid'atda 
ayblangani ovozasini yetkazadilar. Jomiy nihoyatda qakttiq ranjiydi. Hech 
shubhasizki, bunday vaziyatda Jomiyning Navoiyga yuqorida aytgan so‘zlari g‘oyat 
samimiy va tabiiy edi. 
"Xamsatul-mutahayyirin"ning ikkinchi qismi- maqolati Jomiy va Navoiyning 
o‘zaro yozishmalariga bag‘ishlanadi. Bu yerda Jomiyning Navoiyga yo‘llagan 15 
nomasi va javob xatlari hamda Navoiyning ham Jomiyga yozgan 15 maktub va 
javoblari keltiriladi. 


 Bu ikki shaxs orasidagi yozishmalarni mazmunan uch turkumga ajratish mumkin. 
1.Ikki dustning bir-biridan xabar topish maqsadidagi xatlari: 
2.Badiiy ijod bilan aloqador yozishmalar: 
3.Ijtimoiy-siyosiy voqealar bilan bog‘liq ruq'alar. 
Jomiy va Navoiy orasidagi do‘stlik, shunungdek siyosiy-ijtimoiiy masalalarda ham 
sirdosh, hamfikr va maslahatdosh bo‘lishni taqoza qilgan. Bir necha maktublar 
(uchinchi turkum)da Jomiyning ham, Navoiyning ham davr uchun dolzarb, xalq 
manfaati uchun zarur bo‘lgan masalalarga munosabatlari qalamga olinadi. Masalan, 
bir maktubda Jomiy Navoiyning podshohning Qunduz viloyatiga qilmoqchi bo‘lgan 
yurishiga yo‘l qo‘ymaslikka undaydi. U yozadi: "Ulcha imkoni bor, bu yurishning 
man'ig‘a sa'y qilg‘aysen va ul matlub sur'at bog‘lamag‘ay, azimat jazm bo‘lsa yozib 
yuborgaysen". Yana bir xatda Jomiy Navoiyga davlat ishlaridan dilgir bo‘lmasligi 
lozimligini hamisha xalq manfaati yo‘lida qayg‘urishdan tolmasligi kerakligini 
uqdiradi. 
Bulardan ko‘rinadiki, Jomiy davlat ishlari boshida Navoiydek xalqparvar, oqil 
arbobning turishini istar edi. U Navoiy siymosida mehnat ahli farovonligi va 
mamlakat osoyishtaligi yo‘lida uhdador davlat arbobini, tolmas muboriz 
donishmandni ko‘rar edi va unga maslahat, o‘gitlari bilan madadkor bo‘lishni o‘z 
burchi deb bilar edi. Ayni choqda, Jomiy Navoiyning oliyjanob intilishlari, ulkan 
orzulari ro‘ybga chiqmagan yoki benihoya mushkil, mashaqqatli harakatlari 
ko‘ngildagidek natijalar bermaganini, bunday hollarda Navoiyning nihoyatda dilgir 
bo‘lib, tushkunlikka tushib ketishligini ham chuqur idrok etar, uning dardiga 
hamdard bo‘lishdan, unga taskin va tasallilar berishdan charchamas edi. Ba'zida esa 
uning e'tiborini ijod ishlariga tortar edi. 
Bu nomalarning g‘oyaviy-badiiy va sotsial tarixiy ahamiyati juda kattadir. Ular 
Sharq insho san'ati tarixi hamda adabiyotshunoslikda Navoiy va Jomiyning 
shaxsiyatini o‘rganish uchun muhim manba'dir. 


"Xamsat ul-mutahayyirin"ning uchinchi qismida Navoiy va Jomiyning ijodiy 
faoliyatidagi hamfikirliklari bayon etiladi, ularning bir-birlari tavsiyalari bilan 
yaratgan, bir-birlariga, bag‘ishlangan asarlari, Jomiy dostonlaridagi Navoiy 
shaxsiyati va ijodi haqidagi mulohaza va baholari, Navoiy dostonlarida ham Jomiy 
sha'niga bitilgan parchalar keltiriladi. 
Ma'lum bo‘ladiki, Jomiy va Navoiy o‘z ijodiy faoliyatlarida o‘zlari yaratgan har 
bir asarni bir-birlariga ko‘rsatib, fikr almashib, bir-birining tahriridan o‘tkazib 
turganlar. Jomiy Navoiy "Xamsa"sini yuksak baholab, uning ona tilida yaratilishini 
esa davr adabiyotidagi buyuk bir voqea sifatida talqin qilgan. Navoiyni o‘z xalqi 
adabiyotining asoschisi ekanligini birinchilardan bo‘lib o‘sha zamondayoq belgilab 
bergan. 
Har ikkala buyuk shoirlar bir-birlarining maslahat va tavsiyalari bilan o‘z 
she'riyatlaridan devonlar tuzganlar va ularni nomlab chiqqanlar. 
"Xamsat ul-mutahayyirin"ning so‘nggi bobi - "Xotima"da Navoiyning Jomiy 
huzurida mutolaa qilgan asarlari sanab o‘tiladi va Jomiyning hayotida yuzbergan va 
g‘ayri tabiiy tuyulgan voqealarni bayon etuvchi bir necha naqllar keltiriladi. 
"Xotima"da shuningdek, Jomiy vafotining tafsilotlari, davn marosimi juda ta'sirli 
va hayotiy qilib bayon etiladi. Barcha adab ahli keng xalq ommasi uchun kata 
yo‘qotish bo‘lgan Jomiy o‘limi Navoiy uchun shaksiz og‘ir musibat edi. U o‘zining 
yurak-yuragidan chiqqan alamini har biri o‘n baytdan iborat yetti bandli (140 misra) 
tarkibband marsiyada izhor qiladi. Sadriddin Ayniy ta'biri bilan aytganda, marsiya 
adabiyotning eng jono‘rtovchi namunasi bo‘lgan bu asarda Jomiyning butun ilmiy 
va adabiy qudrati mujassamlangandir. 
"Xamsat ul-mutahayyirin" Navoiyning ana shu marsiyasi bilan yakunlanadi. 
"Xamsat ul-mutahayyirin" davrning talay jihatlarini, xalq, mamlakat hayotiga 
oid qator masalalarini yoritishda qimmatli ma'lumotlarga boy asardir. Jomiyning 


ijodiy va ijtimoiy biografiyasini Navoiy birinchi bo‘lib ma'lum yaxlitlikda yaratib 
beradi. 
Navoiyning ilmiy-filologik turkumdagi asarlari uning adabiy hayotidagi faol 
ishtiroki, uni yo‘naltirib turgan madaniyat arbobi sifatidagi faoliyati bilan yaqindan 
bog‘liq tarzda yuzaga kelgan deb aytish mumkin. 
Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois" asari davrning adabiy hayoti, uning 
intensivligi, adabiyotdagi yetuk va yosh ijodkor kuchlar, undagi janrlar va hokazo 
yuzasidan bahs yurituvchi bu asar adabiyot va adabiyotshunoslik tarixi uchun g‘oyat 
muhim manbadir. 
Navoiy o‘zining bu antologiyasini 896 (1491-92) yilda yozgan, 903!497-98 yilda 
esa uning to‘ldirilgan ikkinchi redaksiyasini amalga oshirgan. Bu asarni yozishdan 
ko‘zlagan maqsadini Navoiy uning muqaddimasida shunday bayon qiladi: 
"... bu hujasta zamon va farxunda davron shuaro va xushtab'larkim, Sulton 
sohibqiron (ya'ni Husayn Boyqaro-S.G‘.) yumni davlatidin va natijai tarbiyatdin 
she'rning ko‘prak uslubida, bataxsis g‘azal tavrida barchadin dilosoroq va 
nishotafzoroqdur, tarkibi salosat va g‘arobatin ulcha sharti bor, bajo 
keltiradurlar,otlari ul jamoat zumrasida (ya'ni, avval o‘tgan shoirlar qatorida-S.G‘.) 
bo‘lmoqdin mahrum va so‘zlari ul tartib va qoidada noma'lum uchun shikasta 
xotirg‘a va sinuq ko‘ngulg‘a andoq keldikim, bir necha varaq bitilgay va bu asr 
shuarosi bilan bu davr zurafosi otin anda sabt etilg‘ay, to bu niyozmandlar ham 
burung‘i shuaro akobiri zaylida mazkur bo‘lg‘aylar va bu payravlar ham ul rahbarlar 
xaylig‘a qo‘shilg‘aylar". 
Boshqacha qilib aytganda, Navoiy o‘z davri adabiyot ahllarining nomlari va ijod 
namunolarini avlodlarga yozib qoldirishni, ularning xotirasini abadiylashtirishni 
maqsad qilib oladi va o‘z ona tilida birinchi tazkirani yaratadi. 


Navoiygacha fors tilida 1222 yilda Muhammad Avfiyning "Lubob ul-albob", 
1487 yilda Davlatshohning "Tazkari Davlatshohiy" 1486-87 yillarda Jomiyning 
"Bahoriston"i (7 bobi) kabi tazkiralari yaratilgan edi. 
Navoiy o‘z salaf va zamondashlaridan farqli o‘laroq tazkirasi materiallariga buyuk 
so‘z san'atkori va adabiyot tanqidchisi sifatida yondashadi va asos e'tibori bilan uni 
o‘z zamondoshlariga bag‘ishlaydi. Bu asari orqali Navoiy o‘z davri adabiyotiga 
o‘zining ilg‘or maqsadlari asosida muayyan yo‘nalishi berishga intiladi, 
adabiyotning mohiyatini talqin etish, uni baholashda adabiyotning mohiyatini talqin 
etish, uni baholashda adabiyotning yuksak badiiiyligi va g‘oyaviyligi uchun 
kurashishda davrining ilg‘or gumanisti va xalqparvari sifatida fikr yuritadi. 
Mana shu jihatlari bilan "Majolis un-nafois" yozilganidan ko‘p fursat o‘tmay 
Sharq shoirlari, adabiyot tarixchilari diqqatini o‘ziga jalb eta boshlagan edi. XVI 
asrning o‘zida bu asar fors tilida uch marta tarjima qilingan edi. Bu Movaraunnahr, 
Eron va Turkiyada tazkiraga zo‘r qiziqish bilan qaralganidan dalolat beradi. 
Navoiy tazkirasining kompozitsion qurilishiga kelganda aytish kerakki, u 
sakkiz qismdan iborat bo‘lib, materiallarni joylashtirishda xronologik, jug‘rofiy 
hamda sulolaviy prinsipda tuzilgan va 459 shoir, adiblar hamda adabiy hayot 
voqealari haqidagi ma'lumot beradi. Muallif kim yoki nima haqida yozmasin, bular 
unga bevosita yoxud u bilan shahsiy munosabatda bo‘lgan kishilar vositasi bilan 
tanish edi. 
Tazkirada nomlari keltirilgan ijodkorlarning hammasi has professional 
shoirlar emas. Asarga turli toifadan bo‘lgan, har xil kasb-hunar egalari ham 
kiritilgan. Bu hol shundan dalolat beradiki, Navoiy o‘z davridagi adabiy hayotni 
kengroq qamrab olishga, uning hamma tarmoqlarini o‘rganishga intilgan. Lekin 
adabiy hayotda ishtirok etganlarning ko‘pligi va ularning turli tabaqaga mansubligi 
o‘sha davrda xalq hayoti yaxshi, hamma savodxon bo‘lgan degan xulosaga olib 
kelmasligi kerak. Zotan, bu davrda feodal-klerikal zulm va ekspluatatsiya hukmron, 


keng xalq ommasi qashshoq, savodsiz edi. Shunga qaramay, Navoiy tazkirisida 
mehnat ahllari orasidan chiqqan, moddiy jihatdan mashaqqat chekib bo‘lsa-da, o‘z 
hunarini tashlamagan holda ijod etib, she'riyatda shuhrat qozongan o‘nlab shoirlar 
haqida keltirilgan ma'lumotlar g‘oyat diqqatga sazovordir. Aytish kerakki, o‘rta 
miyona saviyada ijod etgan shoirlar, savodli, she'rni tushunadigan, uni ifodali o‘qiy 
oladigan va goho biror bayt yarata oladiganlar soni juda ko‘p bo‘lgan. Adabiy 
majlis, munozara, mushoiralarda boshqalar she'rini eshitish bilan zavq oluvchilar, 
adabiyotga g‘oyat qiziquvchilar, undagi yangiliklarni kuzatib boruvchilar shahar 
aholisining ma'lum qismini tashkil qilar edi. 
Shunday qilib, Navoiy asari o‘z davrida adabiy faoliyatning intensivligi 
manzarasini ham chizib beradi. Bu intensivlik birinchidan, yuqorida keltirilganidek, 
shoirlar sonining ko‘p va sotsial sostavi rang-barangligi bilan, ikkinchidan, bu 
faoliyat tor poetik to‘garak, adabiy maktabda yoki biron ijtimoiy-siyosiy ideya 
atrofida emas, balki odamlar ko‘p joylarda, bozor, ko‘cha, maydonlarda, "oliy 
majlislarda"da, katta auditoriyada kechkanligi bilan, uchinchidan, adabiyotda juda 
ko‘p va har xil poetik janr va she'riy turlar mavjudligi bilan Jomiy va Navoiy kabi 
ulug‘ mutafakkir va buyuk so‘z san'atkorlarini yetishtirgani ham qo‘shilsa, XV asr 
oxirida adabiy hayot qay darajada ravnaq topganligi yaqqol ko‘rinadi. 
Navoiy asarda har bir shoirga alohida xarakteristika beradi. Shoirlar 
ijodining belgilovchi xususiyati, aksar hollarda ularning insoniy fazilatiga ham 
urg‘u beradi, ularning bilimli darajasi, axloqi, muomalasi, zahmatkashligi kabi 
xususiyatlarni alohida ko‘rsatib o‘tishga harakat qiladi. Masalan, Jomiiy, Lutfiiy, 
Shayxim Suxayliy, Mirzobek, Sayyid Hasan, Shoh G‘arib Mirzo, Shohiy Komil, 
Ziyo va hokazo. 
Navoiy har bir shoir shaxsiyatiga konkret va xolis yondashadi. U ba'zi 
shoirlarning ma'naviy qiyofasidagi nuqsonlarni, xarakteridagi kamchiliklarini 
ko‘rsatib o‘tishni zarur deb hisoblaydi. Masalan, ichkilikka berilgan Sayfiy, Sayyid 


Imod, Hofizi Sa'd va boshqalar; fitnachi, bezori, urushqoq Sayyid Quroza, 
Qutblakadang, Abu Nasr, Qavsiy, Shohquli O‘yg‘ur va boshqalar. 
Navoiy o‘z oldiga yolg‘iz ularni emas, balki ularni misol qila turib, boshqa ko‘p 
ijodkorlarni ham tarbiyalashni maqsad qilib oladi. Xalq nazaridan chetda qolgan 
ijodkorlarning va ularning asarlari shuhrat qozona olmagani sababini adabiy 
hayotdan uzilib qolganliklarida deb hisoblaydi. Masalan, Yaxyo Sebak, Ashraf va 
boshqalar. 
Feodal-klerikal ideologiya hukmron bo‘lgan davrda unga va uning 
vakillariga qarama-qarshi fikrlar bayon etuvchi so‘z san'atkorlari haqidagi ob'ektiv 
ravishda to‘xtab o‘tar ekan, Navoiy ayrim hollarda ularga nisbatan xayrixohlik 
bildiradi. Masalan, Husayn Xorazmiy, Abdullativ Mirzo, Mir Shohiy. 
Adabiy tanqidning badiiiy ijod sohasidagi mustasno rolini Navoiy juda yaxshi 
tushunar edi. Unga loqayd qaragan yoxud mensimagan qalam ahlini Navoiy g‘oyat 
qoralaydi. Masalan, Badaxshiy, Riyoziy, Xurramiy va boshqalar. 
Asarda Navoiy o‘z hamkasblari qarshisida adabiyot davr talabi saviyasida 
bo‘lishligi lozim degan vazifani qo‘yadi. U asarlar ham g‘oyaviy, ham badiiy 
jihatdan yetuk va puxta, adabiy an'analarni namunali yzlashtirib, ularni ijodiy 
boyitgan emotsional ta'sir qudratiga ega va yuksak estetik zavq bag‘ishlay oladigan 
darajada bo‘lishligi zarur degan talablarni qo‘yadi. 
Navoiy adabiyotda ma'lum bo‘lgan fikrlarni takrorlovchi, o‘zgalar she'rini 
o‘ziniki qilib oluvchi soxta ijodkorlar plagiatlar, Nargisiy, Anisiy, Hoja Musolarni 
ayovsiz tanqid ostiga oladi. 
Shuningdek, Navoiy hokim tabaqalarga mansub shoirlarni xalqqa zulm 
o‘tkazganligi,axloqiy qiyoo‘asini tubanligi haqida, she'rlarning ham g‘oyaviy 
ahamiyatga ega bo‘lmaganligi uchun g‘azab bilan tilga olib keskin fosh etadi. 
Tazkira materiallari Navoiyning adabiyotga endi kirib kelayotgan yosh 
iste'dodlarga alohida husn-rag‘bat, katta ehtiyotkorlik bilan qaraganidan, ularga 


katta umid bog‘laganidan dalolat beradi. Bu yoshlarning ko‘pchiligi Hirotda tahsil 
olayotgan talabalar bo‘lib, Navoiy ularning aksariyatiga homiylik qilgan, moddiy 
ahvollaridan xabardor bo‘lib turgan, ularning badiiiy kamolati xusisida qayg‘urgan. 
Bu hol Navoiy dahosining qudratidan, uni hamma davrlarga jumladan, bizning 
zamonamizga hamnafas san'atkor ekanligidan dalolat beradi. 
""Majolis un-nafois" qimmatli avtobiografik ma'lumotlarga qaraganda ham boy 
asardir. Navoiyning qayerlarda bo‘lgani, kimlar bilan uchrashgani, uning ustozlari 
yaqin do‘stlari, shogirdlari, hamsuhbatlari, u bilanyozishib turgan shoirlar, 
qarindoshlari, farzandi o‘rnidagi shaxslar haqida tazkirada maroqli materiallar 
mavjud. 
Asarda, shunungdek, Navoiy davri muzika madaniyati, muzika nazariyasi, badiiy 
so‘z va muzika ijroshiligi san'ati haqidagi ham ma'lum tasavvur yaratib beradigan 
ma'lumotlar keltiriladi. 
Navoiyning "Majolis un-nafois" asari eng qiziqarli, eng hayotiy asarlaridan biridir. 
U g‘oyat jonli va ravon til bilan yozilgan. Asarning bayon uslubi aniq, puxta va 
g‘oyat lakonikdir. Maqolalardagi har bir jumla va ularga singdirilgan fikr, g‘oya 
juda ham ixcham. Muallif o‘rni-o‘rni bilan original tasvir, hazil-mutoyiba, xarakterli 
badiiy lavhalar ishlatadiki, bular birlashib asarning badiiyatini ta'minlaydi. 
"Majolis un-nafois" keyingi davrlarda yaratilgan tazkiralarga barakali ta'sir 
ko‘rsatdi. Sodiq kitobdorning "Majma ul-xavos "Hasan Nisoriyning "Muzakkur ul- 
ahbob" Som Mirzoning "Tuhfai Somiy", Fazliyning "Majmuat ush-shuaro", 
Tabibiyning "Majmuat ush-shuaroi Feruzshohiy" shular jumlasidandir. 
Noma'lum muallifning "Tazkirai shoiron" (XVIII), Ali Ibrohim Halilxonning 
"Suhufi Ibrohim", Sayid Muhammad Siddiq Hasanxon Bahodirning "Sham'i 
anjuman", Rizoqulixon Hidoyatning "Riyoz ul-orifin", noma'lum avtorning 
"Xarobot" nomli ikki tomli, antologiyalarida qayd qilinishincha, Navoiy 
tazkirasidan asosiy man'ba sifatida foydalanilgan. 


Navoiy asarida nomlari zikr qilingan ko‘p shoirlarning ijod namunalari 
bizgacha yetib kelmagan. Bu jihatdan "Majolis" g‘oyat nodir manba' bo‘lib, 
adabiyot tarixi uchun mustasno ahamiyatga molikdir. Ijodkor faoliyati, uning 
shaxsiyatiga hurmat, ayniqsa xalq orasidan chiqqan, mehnat ahliga mansub 
shoirlarga muallif munosabati asarning xalqchillik tendensiyasida yozilganligini 
ko‘rsatib beradi. Muallif esa bu asarida o‘z iste'dodining yanav bir olmos qirrasi- 
o‘zining o‘tkir va ziyrak adabiyotshunos olim va tanqidchi ekanligini namoyon 
qiladi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling