Fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti o
Matnshunoslikda lug‘at ilmining ahamiyati
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Otaboyeva Sevinchoy. Matnshunoslik-MUSTAQIL-TA LIM
Matnshunoslikda lug‘at ilmining ahamiyati
Shuni ta’kidlash lozimki, bizning filologiyamizda turkiy tilda lug‘at tuzish ishi nisbatan keyingi asrlarda yuzaga kelgan. Asosan, arab va fors tillarida yaratilgan lug‘atlardan ilmiy istifoda qilib kelingan. Tilga doir izohli lug‘atlar ma’lum bir tildagi so‘zlarni izohlashni nazarda tutadi va bunda ularning ma’nolarini tushuntirish uchun misol sifatida adabiy parchalardan foydalaniladi. Ikki tilli (ba’zan ko‘p tilli) lug‘atlarda ham adabiy parchalardan misol sifatida foydalaniladi. Qardosh xalqlar tillari uchun tuzilgan lug‘atlarda bunday misollar ko‘proq uchraydi. Masalan, Sulaymon Buxoriyning “Lug‘ati chig‘atoiy va turki usmoniy” (“Chig‘atoycha-turkcha lug‘at”)da (XIX asr) deyarli barcha mumtoz shoirlar ijodidan namunalar keltirilgan. Qomusiy lug‘atlar, asosan, matnda uchraydigan tushunchalar haqida ma’lumot beradi. Lekin ma’lum ijodkor va uning faoliyati haqidagi qomusiy lug‘atlar matn tarixi tadqiqi yoki ijod fenomenologiyasi bo‘yicha ehtiyojlarni qondirishga katta yordam beradi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, har bir fan nazariyasi shu soha terminlari (istilohlari)ga asoslanib ish ko‘radi. Matnshunoslik to‘laligicha filologiya ilmi – tilshunoslik va adabiyotshunoslikning yutuqlari asosida ish olib boriishini e’tiborga olsak, adabiy manbashunoslik va matnshunoslik terminlarini, hozircha, tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohasi terminlari orasidan terib, o‘zlashtirish kerak bo‘ladi. Ular jumlasida quyidagi nashrlarni keltirishimiz mumkin: Lingvistik terminlar lug‘ati (Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. –М.: Советская энциклопедия, 1966). –607 с. Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati (Ҳомидий Ҳ., Абдуллаева Ш., Иброҳимов С.).-Т.:Ўқитувчи, 1970.–300 б. Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati (Ҳотамов Н., Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати. – Т.: Ўқитувчи, 1983. – 376 б.) Энциклопедиялар. Ўз СЭ; ЎзМЭ; Краткая литературная энциклопедия. Том 7. – М. 1972; Литературний энциклопедический словарь. – М., 1987. Адабиётшунослик луғати / Дилмурод Қуронов, Зокиржон Мамажонов, Машҳура Шералиева. ф.ф.д. Д.Қуроновнинг умумий таҳрири остида. - Тошкент: Академнашр, 2010.– 400 б. Mazkur nashrlar hozirgi kunda sohada faol qo‘llaniladigan atamalarning hammasini qamrab olgan deb bo‘lmaydi. Ayniqsa, qadimdan ishlatib kelgan istilohlarning ko‘pini hozirgi lug‘atlardan topib bo‘lmaydi. Ulardan ayrimlarining izohi manbashunoslik va matnshunoslik tadqiqotlarida, ba’zi hollarda yo‘l-yo‘lakay uchrab qoladi. Matnshunoslik O‘rta asrlarda xattotlik va kitobat san’ati bag‘rida yuzaga kelgan va o‘zining barqarorlashgan an’analariga ega bo‘lgan. Bu an’analar ko‘plab terminlarni yuzaga keltirgan. Hozirgi zamon matnshunosligida ularning ko‘pchiligi hamon muomalada. Ulardan qog‘oz ishlab chiqarish va kitobatga oid atamalar hozir birmuncha kam ishlatiladi. Bevosita matn bilan aloqador (muqova, unvon, jadval, hoshiya, poygir, basmala, hamd, na’t, ammo ba’d..., tammat kabi) atamalar esa hozir ham muomalada bo‘lgan faol qatlamni tashkil etadi. Hali ular bir joyga yig‘ilib, terminologik lug‘at yaratilmagan. Ammo bu ishga urinishlar bo‘lgan (Hakimov M. Sharq qo‘lyozmalariga doir terminlarning qisqacha izohli lug‘ati. Adabiy meros. 1985, № 2 (33). O‘zbek matnshunosligi jahon faniga integratsiyalasha boshlagan o‘tgan asrning 20 yillarida atamalar sohasida, asosan, rus matnshu nosligiga suyanib ish ko‘rila boshlandi. Soha ruscha-internatsional atamalar bilan boyitildi (fond, arxiv, tekst, tekstologiya, annota siya, atributsiya, ilmiy apparat, interpolyatsiya, katalog, kartoteka , kartochka, paginatsiya, kolofon, kinovar, inventar nomeri, transkripsiya, transliteratsiya kabi). O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi bilan ayrim atamalar tilimizda mavjud so‘zlar bilan almashtirildi (tekst – matn, inventar raqam – ashyo raqami // saqlanish raqami, titul varag‘i – sarvaraq kabi). Atamalarning o‘z o‘rnida ishlatilishida sohaning nazariy masalalarini yoritib beruvchi tadqiqotlarning bo‘lishi juda muhim. Afsuski, bizda bu yo‘nalishda maxsus shug‘ullanuvchilar kam topiladi. Natijada yetuk matnshunos olimlarning tadqiqotlarida ham har xilliklarga duch kelamiz. Jumladan, I. Abdullayevning «Meros va talqin» asarida (349-b.) manbashunoslik shunday ta’riflanadi: “Ana shu arab, fors va qadimgi arab yozuvidagi qo‘lyozmalar va keyinchalik nashr etilgan bosma manbalarni o‘rganish, asarni tarjima qilish, tadqiq qilish, izohlar tuzish, terma va tanqidiy matnlarini tayyorlash, ularni nashr etish manbashunoslik deb, bu fan bilan shug‘ullanuvchi olimni manbashunos olim deb ataladi». Holbuki, bu yerda gap matnshunoslik haqida boradi; «terma matn» atamasi ham hozir «yig‘ma matn» tarzida barqarorlashgan. Aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, adabiy manbashunoslik va matnshunoslik terminlarining izohli lug‘atini tuzish hozirda soha oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Bu lug‘at leksikografiya talablariga javob beradigan izohli terminologik lug‘at shaklida bo‘lishi kerak. Soha atamalari lug‘atlarini tuzish bo‘yicha o‘zbek leksikografiyasi boy tajribaga ega. Ishni amalga oshirish uchun , hozirgi paytda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoni bor. Lug‘at uchun uning mazmunini tashkil qiluvchi so‘zlik (tanlangan so‘zlar ro‘yxati), kompyuterda tuziladi. Bu ishga sohabo‘yicha e’lon qilingan tadqiqotlar imkon boricha ko‘proq jalb etish lozim bo‘ladi. Bu ish jarayonida so‘zlar izohidagi farqlarni tahlil qilish osonlashadi. Shunday qilib, matnshunoslikning lug‘atlarga bo‘lgan ehtiyoji hamon mavjud va u davom etadi. Tarixiy lug‘atlarga kelsak, ularning boshida “Devonu lug‘ati-t-turk” turadi. U XI asrning buyuk tilshunos olimi Mahmud Koshg‘ariy tomonidan yozilgan bo‘lib, unda turkiy so‘zlarning ma’nolarini izohlash uchun badiiy matnlar parchalaridan keng ko‘lamda foydalanilgan. Bu badiiy asarlar qismlari turli ko‘rinishlarda keltiriladi. Nasr ko‘rinishidagi parchalar tarixiy doston, qissa va rivoyatlardan olingan. Shuni ta’kidlash lozimki, ularning ayrimlari Koshg‘ariydek yirik olim tomonidan qayta ishlangan bo‘lishi ham mumkin. Shunga qaramay, ularning ba’zilari o‘z isnodi, ya’ni hikoya qiluvchisi nomi bilan birga qayd etilsa, ba’zilari xalq og‘zida hikoya qilib yurilgani aytiladi. “Devon”da keltirilgan Alp Er To‘nga – Afrosiyob hamda uning o‘g‘li Borman haqidagi parchalar ham badiiy qimmati katta rivoyatlardandir. Mahmud Koshg‘ariy ba’zan juda kichik masallar (sav) ham keltiradiki, ular kichikligidan qat’i nazar o‘z qimmatiga ega. Masalan, Ashich ayur: tubum altun, Qamich ayur: men qaydaman? Mazmuni: Qozon aytar: tubim oltin, Cho‘mich aytar: men qaydaman? O‘rta Osiyoning qadimgi aholisi qo‘shiqlaridan namunalar ham «Devonu lug‘oti-t-turk»da kattagina qismni egallaydi. Unda so‘zlarni izohlash uchun, tabiiy ravishda, XI asrgacha avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga ko‘chib yurgan qo‘shiq matnlariga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Ularda o‘ta arxaik elementlarning ko‘pligi va musulmon e’tiqodiga doir arabiy jumlalarning deyarli uchramasligi qo‘shiqlarning asosi juda qadim davrlarga mansubligini ko‘rsatadi. Masalan, yaboqu va basmil qabilalari urushi haqidagi parchalar Urxun-Enasoy yodgorliklarida ham uchraydi. Shuningdek, Alp Ertunga marsiyasi ham juda qadimiyligi ma’lum. Lekin «Devonu lug‘oti-t-turk» bilan bir davrda yoki undan oldin yaratilgan, qiyoslashga arzirli manbalarning yo‘qligi bois undagi adabiy parchalar xronologiyasini – qaysi matn qaysi davrda yaratilganini aniqlash juda qiyin ishdir. Ular aniqlanganda ham, mukammal holda bo‘lmagani uchun, qadimiy adabiy parchalar sifatidagina qimmatga egaligicha qolaveradi. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» kitobidan «Yoz o‘yinlari» (6 ta to‘rtlik), «Ovdan urushqa» (12 ta to‘rtlik)ni ko‘rsatadi. N.Mallayev “Devon”dagi parchalarni quyidagicha tasnif qilgan: Mehnat qo‘shiqlari. Qahramonlik qo‘shiqlari. Marosim qo‘shiqlari. Mavsum qo‘shiqlari va peyzaj lirikasi. Ishqiy intim qo‘shiqlar. «Devonu lug‘oti-t-turk»da qadimiy xalq maqollaridan ham keng foydalanilgan. Bilik ari yog‘isin nolik savar?! (Bilimli er dushmanini qanday (nega) sevsin?!) Kichikda qotig‘lansa, ulg‘ozu savinur (Kichiklikda qiyinchilik ko‘rgan ulg‘ayganda sevinar). «Devonu lugotit turk»da keltirilgan ayrim maqollar ba’zi o‘zgarishlar bilan yoki aynan holida hozirgi kunda ham qo‘llanadi. Ist Hozirgi zamon adabiyot ilmida badiiy asar matni tahlil va talqinning asosiy ob’ektiga aylandi. Zotan, matn zamirida asar muallifining dunyoqarashi, inson va jamiyat haqidagi konsepsiyasi, badiiy-estetik prinsiplari, san’ati, makon va zamon , milliy tafakkur mujassam bo‘ladi. Qolaversa, matn tahlili badiiy asarni xolis baholashga imkon yaratadi. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyotshunosligida badiiy asar tahlilining zamonaviy, ilg‘or tendensiyalari bo‘y ko‘rsata boshladi. Adabiy merosga yangicha nuqtai nazardan yondashish, mumtoz adabiyotimiz namunalarini ma’naviy-axloqiy tarbiyaning eng ta’sirchan asosi sifati har jihatdan o‘rganish faollasha boshladi. Yaqin o‘tmishda o‘qish-o‘rganish man etilgan asarlar ilmiy o‘rganilib, ko‘p nusxalarda chop etildi. Bu borada matnshunos tadqiqotchilar xizmati e’tirofga loyiq. Biroq adabiy merosimiz na’munalarini bugungi talab darajasida mukammal tadqiq etish va nashrga tayyorlash matnshunoslik sohasi oldiga jiddiy vazifalarni qo‘yayotgani sir emas. Ayni paytda matnshunoslik sohasidagi muammolar ham yetarlicha. Bir qator olimlarimiz tomonidan bu muammolar chuqur o‘rganilib kelinmaoqda. Mustaqillik davri matbuoti esa bu sohada erishilgan yutuqlar bilan birgalikda kamchiliklarni ham keng omma e’tiboriga havola etib, dolzarb muammolar yechimini topishga barchamizni davat etib kelmoqda. O‘zbek matnshunosligi muammolari salmoqli darajada ko‘tarilgan, bu soha rivojida erishilgan yutuq va kamchiliklar e’lon qilib borilayotgan asosiy davriy nashrlarimiz quyidagilar: “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” (“O‘zbekiston madaniyati”) gazetasi , “Til va adabiyot”, “Sharq yulduzi” jurnallari va yana shu kabi filologik gazeta-jurnallardir. Izlanishlarimiz davomida davriy matbuotimiz sahifalarida berilgan bir qancha maqolalarni tahlilga tortdik. Ana shunday maqolalardan biri “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining 2010-yil 27-sonida bosib chiqilgan “Matnshunoslik davr talablari darajasidami?” nomli maqolasida adabiyotshunos va matnshunos olimlarimiz tomonidan matnshunosligimiz muammolari, sohaning bugungi kundagi holati haqida juda qimmatli fikrlar berilgan. Maqolada, eng avvalo, taniqli navoiyshunos olima , professor Suyima G‘aniyevaning fikr-mulohazalari keltiriladi. Ustoz matnshunosligimiz oldida jiddiy vazifalar turganligini aytib va bu vazifalarni sanab o‘tadi: ko‘plab asarlarning ilmiy-tanqidiy matnlarini tayyorlash zarur; Lutfiy, Sakkokiy devonlarining mukammal nashrlarini tayyorlash lozim; Alisher Navoiy shoir asarlarining akademik (ilmiy), ilmiy-ommabop nashrlarini shu kungacha chiqqan nashrlardan foydalanish bilan birga qo‘lyozmalarga ham qayta murojaat etish orqali tayyorlash kerak; Professor N.Jabborov ham bu boradagi fikrlarini aytib o‘tar ekan, o‘zbek matnshunosligining asosiy kamchiligi sohaning sistemali yaxlit nazariyasini ishlab chiqilmayotganligini , mumtoz adabiy merosimiz na’munalarini tabdil qilishning ilmiy prinsiplari mukammal ishlab chiqilmaganligini takidlaydi. Olim N. Jumaxo‘ja ham bu borada fikr yuritar ekan, “Meningcha, birinchi navbatda, matnshunoslikning markaziy tashkiliy masalalari to‘g‘risida muhokama yuritib, qat’iy bir to‘xtamga kelib olish zarur. Bular — maxsus matnshunoslik hay’atini tuzish, matnshunoslik jarayonlariga yagona andozaviy mexanizm sifatida xizmat qiladigan matn imlosi qoidalarini tuzish, matnlarni tayyorlaydigan va chop etadigan mutaxassis hamda nashriyotlarning vakolatlilik darajasini belgilash , mamlakat miqyosidagi matnshunoslik ishlarini muvofiqlashtirishdan iboratdir”1– deya ta‘kidlaydi. Olim Q.Ergashov ham yuqoridagi fikrlarga qo‘shilgan holda olimlarimiz tomonidan mumtoz adabiyotimiz na’munalari uchun tuzilayotgan ilmiy-tanqidiy matnlar haqida: “Hozirgi paytda bizdagi barcha nashrlar, xoh ommaviy, xoh ilmiy bo‘lsin, joriy yozuvda amalga oshiriladi. Bunday sharoitda ilmiy-tanqidiy matn hozirgi nashrlar uchun asos bo‘lib xizmat qilishdan iborat o‘z funksiyasini bajara olmaydi, zero, u, hozir aytib o‘tganimizdek, eski arab yozuvida tuziladi. Bu yozuvda esa bitta so‘zni turlicha o‘qish mumkin. Oqibatda joriy yozuvdagi nashrlarda xatolar, xilma-xilliklar kelib chiqadi”2- deya aytib o‘tadi. Filologiya fanlar doktori Q.Pardayev ham shu o‘rinda muhim adabiy manba — XX asr boshlari matbuoti materiallarini o‘rganish muammolarini ham eslab o‘tadi. “Oyina”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg‘ona”, “Hurriyat” singari mashhur matbuot nashrlarida chop etilgan adabiyot materiallari anchagina o‘rganilganligi, biroq “Al-Izoh”, “Al-Isloh”, “Izhor ul-Haq” jurnallari haqida bunday deb bo‘lmasligini, ulardagi adabiyot materiallarining adabiy manbashunoslik va matnshunoslik aspektida tadqiq qilinishi, ularning XX asr adabiyotida tutgan o‘rni va maqomi belgilanishi dolzarb ilmiy muammolardan biridir deb aytadi. N.Shodmonov o‘z fikrlarini quyidagicha ifodalaydi: “Matnshunosligimiz oldidagi hozirgi eng muhim vazifa ikkita: birinchisi, matnshunoslik bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash doirasini yanada kengaytirish lozim. Ikkinchisi, o‘zbek matnshunosligining nazariy asoslari, jumladan , tadqiqot, tahqiqot va nashr usullari, metodologiyasi ishlab chiqilishi zarur”3. Ustoz shu o‘rinda boshqa tillarda yaratilgan qo‘llanmalar o‘zbek matnshunosligining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish, adabiy manbalarni nashrga tayyorlash uchun ilmiy-metodologik mezon bo‘la olmasligini aytib o‘tadi.istiqlol davri matnshunosligi sifat o‘zgarishlari. Nashr turlari.Matnshunoslikda ilmiy tavsif Matnshunoslik nazariy planda matnlarni ilmiy tadqiq etishning umumiy qonuniyatlari , turli tarixiy bosqichlarda ularning o‘zgarib borish xususiyatlari va nihoyat, matnni qayta tiklash prinsiplari kabi nazariy masalalarni tartibga soladi. Uning dastxat, nusxa, qoralama , oqqa ko‘chirma, ko‘chirma nusxa (kopiya), arxetip, variant kabi muammoli masalalari va asosiy tushunchalari; atributsiya, sanasini belgilash , sharhlash, kon’yektura (buzilgan, xiralashgan eski yozuvni taxmin bilan tuzatish, tiklash), kotib yo‘l qo‘ygan xatolarni o‘rganish kabi umumiy metod va usullar bo‘yicha yuzaga kelgan umumiy mezonlar va me’ѐrlarni tartibga soladi. Amaliy matnshunoslik muayyan asar matni tarixi va uning manbalarini o‘rganish, ѐzilish davri va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash (atributsiya) yo‘li bilan muallif varianti ѐki unga yaqin eng ishonchli variantni tanlab , shu variant asosida matnni tiklaydi. Bu jarayon matn tarixida kotiblar ѐki noshirlar tomonidan asar matniga kiritilgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, asarning turli nusxalarini o‘zaro taqqoslash va ishonchli ilmiy-tanqidiy matnni tayѐrlash tarzida amalga oshiriladi. Matnga bunday yondashuv uning tanqidiy tahliliga va keyingi ilmiy tadqiqotlarga ishonchli asos bo‘lishi uchun, ѐzma ѐdgorliklar matnini nashr etish uchun kerak. Matnshunoslik amaliѐtining oxirgi natijasi bo‘lib anashu nashr xizmat qiladi. Yozma adabiy merosimiz ustida olib borilgan ishlarning ko‘pchiligi amaliy matnshunoslikka oid tadqiqotlar bo‘lib, bu sohaning asoslarini, qonuniyatlarini ochishga material bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling