Fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti o


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana21.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1644737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Otaboyeva Sevinchoy. Matnshunoslik-MUSTAQIL-TA LIM

Fazliy tazkirasi 
Ko`pgina adabiyotshunos va sharqshunos olimlar (Vozeh, S.Ayniy, V.E.Bertel’s, 
N.N.Ivanov, O.Sharafuddinov, V.A.Abdullaev, X.Mirzozoda, A.P.Qayumov) 
mazkur tazkiraning xususiyatlari va ahamiyati to`g`risida ba`zi fikr va 
mulohazalarni bayon qilganlar. Chunki bu asar XIX asrning birinchi choragida 
o`zbek va tojik adabiyotlari tarixini o`rganish va yoritishda qiymatli manbalardan 
biri sanaladi. 
"Majmuai shoiron"ning ko`pgina qo`lyozma nusxalark bizgacha etib kelgak. Bu 
qo`lyozma 
nusxalar Toshkent
, Sankt-Peterburg va boshqa shaharlardagi Sharq 
qo`lyozmalari xazinalarida saqlanmoqda. Shuning bilan bir qatorda, "Majmuai 
shoiron" 1902 yilda Abdulmannof qori binni Abdulvahhob kotib tomonidan 
ko`chirilgan nusxa asosida Toshkentdagi bosmxonada nashr ham qildirilgan. 
Toshbosma nusxaning keng tarqalganini nazarga olib, biz ham shu asosda fikr 
yuritamiz, tegishli misollarni shu nashrdan olib, betlarini misollardan so`ng qavsda 
ko`rsatib boramiz. 
Adbiyotshunoslikda "Majmuai shoiron"ning tuzuvchisi — muallifi Fazliy 
Namangoniy degan fikr tarqalgan bo`lsa ham, aslida bu tazkirani XIX asrning 
birinchi choragida Qo`qonda yashab ijod etgan mualliflar jamoasi tuzgan. Fazlii 
Namangoniy ana shu mualliflardan biri va etakchisi sanalgan. Bu holni Fazliyning 
o`zi ham qayd qilib, quyidagicha yozadi: 
Manam yak tan az chome`i in kitob, 
Ki droad dar in asr Fazly xitob. (296) 


(Mazmuni: Bu kitobni to`plovchilardan biri men bo`lib, bu davrda meni Fazliy deb 
ataydilar.) 
"Majmuai shoiroi"ni tuzishda qatnashgan yana boshqa mualliflardan Mirzo 
Qalakdar Muxprif Isfaroiniy va Xotif taxallusli Abdunabi Xo`jandiylarni ko`rsatish 
mumkin. Chunki, "Majmuai shoiron"ning Umarxon (413-bet) va Nola to`g`risidagi 
(216-bet) she`riy ma`lumotlarning Mushrif Isfaroiniy tomonidan, Umarxon 
(392-bet) va Hoziq haqidagi (92-6et) she`riy ma`lumotlarning Xotif Xo`javdky 
tomonidan yozilganligi ana shu fikrii quvvatlaydi. Masalan: "Majmuai shoiron"ning 
413 betida Amiriy (Umarxon)ning "biri" radifli g`azali rldidan Mirzo Qalandar 
Mushrifning quyidagi masnaviysi keltirilgan: Topib zohid atvoridin ishtiboh, Bu 
turkiy g`azalni raqam qildi shoh. erur to`tii tab’i shakkarmaqol, Ki andin etar zavq 
ahlig`a hol. Xudo bergay oni murodin tamom, Bo`lub umr ila davlati mustadom. 
Bo`lub 
dushmani olida poymol
, Sarafkandavu xoru oshufta hol. Qayu til bila vasfin 
aylay bayon, Hamma er so`z andin erur osmon. Qilib masnaviy Mushrifi notavon, 
Kamolini etti bu erda bayon. Xayolingni avval baland aylagil, O`qub bu g`azalni 
pisand aylagil. 
Ikkinchi misol, shu kitobning 92-betida Junaydullo Hoziqning qasidasidan oldin 
Xotifning Hoziq haqidagi masnaviysi keltirilganki, unda, jumladan quyidagi baytlar 
bor: 
Nadonam chi son Hoziqi nekfan, 
Ba tavsifi shah dod dodi suxan. 
Ki dar in qasida namud iqtidor, 
Fuzuntar z-andeshai ro`zgor. 
Buvad Xotif az fikri o` inchunin, 
Nazebad ba nazmash ba chuz ofarish 
(Mazmuni: Bilmadim, donishmand Hoziq shoh madhida qanday qilib bu olijanob 
tavsifni bita oldi. Bu qasidada u shunchalik qudratini namoyon etdiki, bu 


ro`zgorning andishalaridan ham ko`proqdir. Xotif ham uning nazmiga ofarin 
deyishdan boshqa so`z topa olmadi.) 
"Majmuai shoiron" Qo`qon xoni Umarxonning topshirig`i bilan Fazliy 
rahbarligidagi ana shu mualliflar hay`ati tomonidan 1821 yil yanvar’ oyida yozib 
tugallanadi. 
Asarda 
XIX asrning birinchi choragida
, xususan Amir Umarxon hukmronligi 
davrida (1810-1822) Samarqand, Xo`jand, Toshkent, Andijon, Marg`ilon, Buxoro, 
Hirot, Balx, Qoshg`ar kabi 20 dan ortih viloyatlardan Qo`qonda yig`ilgan, o`zbek va 
tojik tillarida ijod qilgan 80 dan ko`proq shoirlarning asarlari to`planilib, 
shoirlarning tarjimai holi va ijodi haqida turli hajmda ma`lumotlar berilgan. 
"Majmuai shoiron"ga kiritilgan shoirlar turli ijtimoiy guruhning vakili bo`lib, ular 
orasida amir va amirzoda, vazir va saroy amaldorlari, qozi va shahar hokimi, 
madrasa mudarrislari, munshiy, sipohiy va boshqalarni uchratish mumkin. Asarda 
shoirlar bilan bir qatorda shoiralar Mahzuna, Uvaysiy haqida ham ma`lumot berilib, 
ularning asarlaridan namunalar keltirilgan. 
Shuni xam uqtirish lozimki, "Majmuai shoiron"da zikr qilinganlarning hammasi 
ham kasbiy shoir bo`lmasdan, balki ko`pchiligi shoirlikni o`ziga qo`shimcha bir 
havas deb bilgan kishilardir. Shuning uchun tazkirada nomi zikr qilingan, 
asarlaridan namunalar keltirilgan hamma shoirlar ham o`zbek va tojik adabiyotlari 
tarixida iz qoldira olgan emaslar. Asarda nomlari tilga olinib, asarlaridan ayrim 
namunalar 
keltirilgan 
Muhammadsharif 
Gulxaniy

Mahmud 
Maxmur, 
Odinamuhammad Ma`dan, Jahon Uvaysiy, Mehrubon Mahzuna, Junaydullo Hoziq, 
Shermuhammad Akmal, Muhammadgoziy G`oziy, Nodir . Ho`qandiy, Mujrim va 
shunga o`xshash shoirlar o`zbek va tojik tillarida yozilgan adabiy meroslari bilan 
adabiyot xazinasini boyitdilar, uning rivoji va takomillashuviga hissa qo`sha oldilar. 
Tazkiraga o`zbek va tojik adabiyotlarida qo`llanilgan adabiy shakllarda (g`azal, 
qasida, tarix, muxammas, musamman, mustazod, masnaviy) yozilgan asarlar 


kiritilgan. 
Mazkur davr adabiy muhitida g`azal va qasida asosiy o`rinni egallagani uchun ham 
tazkirada ana shu janrlardagi asarlar aksariyatni tashkil etadi. Shuning bilan bir 
qatorda, unda XIX asrgacha 
oz uchraydigan muxammas-qasida
, hasht dar 
hasht-qasida, mutassa`-qasida kabilar ham ko`zga tashlanadi. 
"Majmuai shoiron"ning tuzilishi quyidagicha: kitob an`anaviy hamd bilan 
boshlanib, so`ng shu davrdagi shoirlarni qisqa-qisqa tavsiflovchi she`riy debocha 
beriladi. Debochadan keynn esa Fazliy va Mushriflarning Ko`qon xoni Umarxonga 
bag`ishlanib bahri tavilda yozilgan madhiyalari o`rin olgan. 
Shulardan keyin tazkiraning asosiy qismi boshlanadi. Avvalo, shoirlarning 
Umarxon va uning bilan bog`liq bo`lgan voqea-hodisalarga bag`ishlangan qasidalari 
keltiriladi. Qasidalar tugagach, Amiriy (Umarxon) g`azali va unga payrav tarzda 
boshqa shoirlar tomonidan yozilgan g`azallar berib boriladi. Shu tartibda 
muxammas, mustazod va boshqa janrdagi asarlar joylashtirilgan. 
Tazkiraning qasida, g`azal, muxammas va boshqa qismlarida xam asarlar arab 
alifbosi tartibi bilan (ya`ni avval "alif" bilan so`ng "be", "te" va boshqa harflar bilan 
tugallanuvchi asarlar) keltirilgan. Qasidalar bo`limida bu tartibga ba`zan rioya 
qilinmasa-da, ammo u g`azallar qismida izchil ravishda qo`llanilgan. 
Shoirlar ijodidan namuna sifatida keltirilgan qasida, g`azal, mustazod, muxammas 
va boshqa janrdagi asarlar tazkira tuzuvchi mualliflarning badiiy didi asosida 
tanlangan bo`lib, ularning ko`pchiligi asarning umumiy ruhiga mos tushadi. 
Tazkirada har bir asardan oldin uning muallifi to`g`risida turli hajmdagi masnaviy - 
ma`lumotlar beriladi. "Majmuai shoiron"dagi bu ma`lumotlar va she`riy debocha 
masnaviy tarzda qofiyalanib, ular aruzning mutaqoribi musammani maqsur (faulun, 
faulun, faulun, faul) bahrida yozilgan. 
Shuni ham eslatish mumkinki, tazkirani tuzishda mualliflar puxta o`ylangan rejaga 
asoslanganlar, aniq maqsaddan kelib chiqqanlar. Shuning uchun ham o`lar har bir 


shoirning hayoti va ijodiyoti 
bilan yaqindan tanishib
, uning xususiyatlarini qayd 
qilishga intilganlar. 
Amiriy, Fazliy, Ado, Xotif, Mushrif, Behjat, Ma`yus, Vazir, Jadid, Mahzun, Miriy, 
Zokir, Kiromiy kabi ko`plab shoirlar o`zlarining turli janrdagi asarlarida amir va 
uning hukmronligini, xonlik va uning manfaatlarini kuyladilar. 
Ammo "Majmuai shoiron"da shunday shoirlar ham borki, ular ijodiyotining 
yo`nalishi va ahamiyati haqida biror bir xulosa chiqarish qiyin. Chunki bunday 
shoirlarning ijodiyoti hali etarlicha tekshirilmagan, ba`zilarining asarlari esa 
bizgacha etib kelmagan. "Majmuai shoiron"da tilga olinib, asarlaridan bir-ikki 
parchalar keltirilgan Mutrib, Foiz, Koshifiy (Xo`qandlik), Mirzo Latif, Turobiy, 
Koshif, Komil (buxorolik), Hayrat (madrasa talabasi)ga o`xshashlarni ana shu 
guruhga kiritish mumkin. Bunday shoirlarning hayoti va ijodiyoti haqida ma`lum bir 
xulosaga kelish ularning adabiy merosini xar tomonlama tekshirish va tahlil qilishni 
taqozo qiladi. 
Shunday,qilib, "Majmuai shoiron"ga turli yo`nalishga mansub bo`lgan shoirlar 
kiritilib ular asarlaridan namunalar keltirilgan bunday holni shoirlarning qisqa 
tavsifiga bag`ishlangan debochada ham ko`rish mumkin. Chunki unda shoirlarning 
nomlari zikr qilinishi bilan bir qatorda, ularni guruhlarga bo`lishga urinish ham 
ko`zga tashlanadi. Bu she’riy debocha Abdulkarim Fazliy Namangoniy qalamiga 
mansub bo`lib, unda shoirlar ikki guruhga bo`lingan. Birinchi guruhga xudo hamdi 
bilan shug`ullanuvchi (Xujasta guruhi maloik misol, Ki dorand bo hamdi haq 
ishtig`ol) shoirlar kiritilgan. Fazliy bu guruhga mansub bo`lgan shoirlarni 
(Shayxulislom, Mavlavin) juda e`zozlaydi, ularni ma`naviy olamning yagonalari 
(Hama fard dar olami ma`naviy) deb ataydi. Ikkinchi guruhni esa amir Umarxon 
saroyidagi shoirlar tashkil etadi. Bu haqda debochada shunday deyiladi: 
Guruhi digar zumrai shoiron, 
Buvad har yake zufununi zamon. 


Ba fazlu hunar jumla komil iyor, 
Ki har yak buvad zubdai ro`zgor. 
Tavorixdononi sohibkamol, 
Muammo shikofoni rangin xayol. 
Hama 
bar dari shoh farmonpazir

Namakxo`ri xoni atoi amir. 
Ko`rinadiki, Fazliy o`sha davrdagi adabiy yo`nalishlarning asosiy mavzusini ajrata 
olgan. Ayrim shoirlar haqidagi masnaviy-ma`lumotlardan ma`lumki, tazkiraning 
mualliflari o`sha muhitda eslatilgan ikki adabiy yo`nalishdan farq qiluvchi ohim va 
uning vakillari borligini sezib, ularni o`z saflariga o`tkazishga uringanlar, ba`zi 
hol-larda bunga erisha olganlar ham. 
Tazkiradagi masnaviy-ma`lumotlar hajm jihatidan ham, mazmun jihatidan ham 
bir-biridan farq qiladi. Ularda "ba tab`i shoh"-shohning didiga mos keluvchi 
asarlarni ijod qilgan shoirlar - Fazliy, Mushrif, Ado, Xijlat, Behjat, Qozi ernazar 
kabilar maqtaladi. Shuning bilan bir qatorda, "ba tab`i shoh" bilan kelisha olmay, 
mehnatkash xalq ommasining hayotini, zulm va hahsizlik tufayli qishloqlarning 
xaroba chordevorlarga aylanganini, aholining esa tobora kambag`allashib, 
qashshoqlasha borganini aks ettirib, o`z zamonasiga norozilik bildirgan va: 
Bimadi Majnunga men ko`rgan balolardin biri, 
Hajr vodiysi 
aro chekkan jafolardin biri
,- (258) 
deb o`z ovozini baralla chiqarishga jur`at etgan shoirlar tazkira tuzuvchilari 
tomonidan turli-tuman yo`llar bilan qoralanadi. 
Bunday holni Gulxaniy, Maxmur, Koshif va boshqa shoirlar haqidagi 
masnaviylarda ko`rish mumkinki, bu masala adabiyotshunos olimlardan filologiya 
fanlari doktorlari A.P.Qayumov, R.Muqimovlarning Maxmur va Gulxaniy haqidagi 
ilmiy ishlarida keng yoritilgan. eslatish lozimki, "Majmuai shoiron"ning mualliflari 
bu shoirlarni o`z qatorlariga o`tkazish uchun ancha uringanlar. Shuning iatijasida 


Gulxaniy, Hoziq, Turobiy kabi shoirlar haqida keltirilgan masnaviylarda bir 
tomondan, ularni maqtash, ikkinchi tomondan qoralash hodisasiga duch kelamiz. 
Masalan, agar Gulxaniy "ba tab`i shoh" tarzida she`r yozgan bo`lsa (ijodida shunday 
hol bor), uni maqtadilar: 
Erur Gulxaniy ham bu darbor aro, 
Suxanvar qatorida ash`or aro. 
So`z ahli arosinda dono erur
Ush bu g`azal andii insho erur. (324) 
Ammo, agar Gulxaniy "ba tab’i shoh"dan chetga chiqib, zamonaning jannat emas, 
balki, turli balolarga to`la cho`lu biyobon ekanini tasvirlashga jur`at etsa, 
uni shoir 
deb bilmadilar
, asarlarini mazmundan xoli deb da`vo qildilar. Chunonchi, 
"angushtam" radifli tazal oldidan quyidagi masnaviy keltirilgan: 
Bu Jur`atki, avval edi Gulxaniy, 
Erur barcha hazyon demaklik fani. 
Xayoli buzuq, diqqati beasos, 
Ani fahmini qil bu so`zdin qiyos. 
Dedi bu g`azalniyu qo`ydi bino, 
Na ma`nisi mahkam, na lafzi bajo. (342-343) 
Shunga qaramay, Gulxaniy kabi shoirlar o`z ijodiy maromlariga sodiq qoldilar. 
Ammo ayrim yosh shoirlar, masalan, Turobiy tanqid va ta`qibga bardosh bera 
olmadi. Shuning uchun ham avvallari ilg`or fikrlarni ifoda etuvchi asarlar yozgan 
Turobiy, keyinchalik "ba tab`i shoh" uslubida asarlar bitib, Fazliylarning maqtovli 
ta`rifiga sazovor bo`ldi . 
Yuqorida qayd qilinganlardan ko`rinadiki, "Majmuai shoiron"da shoirlar ijodiga 
ma`lum maqsaddan kelib chiqqan holda bahr beriladi, unda Qo`qon xonligining 
manfaatlari himoya qilinadi. Bunday holni Buxoro va Xorazm xonliklaridai 
Qo`qonga kelib, ilg`or fikrlarni ifoda etgan shoirlar ijodiga bo`lgan munosabatda 


yanada ochiqroq sezish mumkin. Shuni ham eslatish lozimki, boshqa xonliklardan 
kelgan Husaynbek Miriy Buxoriy, Mujmal Buxoriy kabilar "ba tab`i shoh" tarzida 
asar yozganlari uchun tanqidga uchramaydi, aksincha maqtaladi. Misol uchun 
Mujmal Buxoriy to`g`risidagi quyidagi masnaviyni keltirish mumkin: 
Digar 
onki Mujmal buvad az Buxor

Ba xalqi jahon fazli o` oshkor. 
Dar in vaqt on mardi ravshanzamir, 
G`azal mesaroyad ba madqi amir. (10) 
(Mazmuni: Mujmal buxorolik bo`lib, uning donishmandligi dunyo xalqiga 
mashhurdir. Bu bilimdon shaxs hozirda amir maqtoviga bag`ishlab g`azallar 
yozadi.) 
Ammo Qo`qon xonligidan, umuman zamona adolatsizligidan norozi shoirlar 
nihoyatda qoralanadi va, hatto u umuman boshqa xonlikdagi aholi haqidagi 
aybnomaga aylanadi. Demak, bu o`rinda "Majmuai shoiron" Qo`qon xonliginyng 
manfaatini himoya qiluvchi asarga aylanib qoladi. 
Shunday qilib, XIX asrning birinchi choragida Qo`qonda yaratilgan "Majmuai 
shoiron" tazkirasi adabiy muhit haqida ko`pgana ma`lumotlar berishi, adabiy 
yo`nalishlarning mavzui, asosii maqsad va vazifalarini ''aniqlashga ko`maklashuvi 
nuqtai nazaridan hamda Gulxaniy, Maxmur, Ma`dan, G`oziy, Akmal, Mahzuna, 
Uvaysiy kabi shoirlar haqida ayrim ma`lumotlarni keltirganligi jihatidan 
ahamiyatlidir. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling