Fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti o
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Otaboyeva Sevinchoy. Matnshunoslik-MUSTAQIL-TA LIM
Qo‘lyozma manbani tavsiflash
Boy tarixni o‘rganish va o‘rgatish deganda, faqat yozma manbalarda mavjud ma’lumotlar to‘g‘risidagi bilim va tushunchalami shunchaki mexanik tarzda talaba va bakalavrlanga yetkazish emas, balki an’naviy va zamonaviy pedagogik usullaming eng qulay va samarali vositalaridan foydalangan holda, ularda manbalar to‘g‘risida tushuncha, bilim va ulardan foydalanish malakasini hosil qilish bilan birga, tariximiz to‘g‘risida mustaqil fikr yuritishga o‘rgatishni ham tushunamiz. Yurtimiz tarixini o‘rganishda yozma manbalardan foydalanishning ilmiy va metodik asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga tavsiya etish tarix va pedagogika fanlarining eng muhim va dolzarb muammolaridan biridir. Bu masala juda keng qamrovli bo‘lib, yozma manbalami tadqiq etishning ilmiy metodik asoslarini chuquro‘rganib chiqishni taqozo etadi. Yozma manbalarni talabalarga tushuntirishning bir necha tam oyili mavjud. Birinchisi maxsus kataloglardagi m anbaning tavsif tam oyilidir. XIX asroxirida paydo bo‘lgan Yevropa mamlakatlaridagi kataloglar ichida ingliz olimi Charlz Ryoning ko‘p jildlik arab, fors va turkiy tillardagi sharq qo‘lyozmalari kataloglaridagi yozma manbani tavsiflash tamoyili o‘zining mukammalligi va puxta o‘ylanganligi bilan alohida ajralib turadi. Quyida til tamoyili asosidagi Ch.Ryoning «Britaniya muzeyidagi turkiy qo‘lyozmalar. (London, 1888, ingliz tiiida) (Cataloguve of the Turkish Manuscripts in the British Museum by Rieu Charles. - London: 1888. 432 p.) katalogidagi manba tavsifi tamoyilini keltiramiz. Unda yozma manbaning muzeydagi tartib raqami birinchi bo‘lib sarlavha o‘mida berilib, so‘ngra qo‘lyozmaning kodikologik xususiyatlari, varaqlar soni, o‘lchami, sahifadagi satrlar soni, satr uzunligi, xati, ziynatlari alohida, ixcham tarzda berilgan. So‘ngra asar nomi asl nusxada, ya’ni arab alifbosida va uning taijimasi ajratilib berilgan. So‘ngra muallif nomi va asaming boshlanishi va oxiridagi jumlalar aslida, arab alifbosida keltirilgan. Ana undan keyin muallif to‘g‘risidagi ma’lumot va asar tarkibi, mazmuni bayon etilib, tavsif oxirida asar tarixnavisligi, ya’ni o‘rganilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan. Qator mavjud kataloglar asosida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti olimlari ham mustaqil ravishda qo‘lyozma manbalami ilmiy tavsifga olish usulini ishlab chiqqanlar. Unda manbaning quyidagicha tavsifi berilgan: Matn tarixini tiklashning xalqimiz ma’naviy hayoti tarixidagi o‘rni beqiyos. Zero, qadimiy qo‘lyozma kitob matnlari davr ruhini aks ettiradi. Ularni jiddiy o‘rganish muallifning dunyoqarashi, voqelikka munosabati, davr ilm-fani darajasi va siyosiy jarayonlari haqida muayyan tasavvur berishi mumkin. Matnshunos oldida turgan bosh vazifalardan biri – matn tarixini tiklash, tadqiq doirasiga jalb etilgan manbaning turli nusxalarini qiyosan o‘rganish, tadqiq etish, ular asosida matnning asosiy variantini yaratish va ilmiy muomalaga kiritishdir. Matn tarixi muayyan matn haqidagi barcha ma’lumotlar yig‘indisidir. U asarning shakl va mazmuni haqida aniq tasavvur beradi, matnga oid bilvosita va bevosita ma’lumotlarning barchasini qamrab oladi. Matn tarixini o‘rganishda tarixiy yoki adabiy yodgorlikning yaratilgan va ko‘chirilgan davrini aniqlash, manba nusxalari ko‘p bo‘lsa, ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish muhim hisoblanadi. Shu sababli yodgorliklar matni ustida tekstologik tadqiqotlar olib borishdan avval shu yodgorlikning mavjud barcha qo‘lyozmalarini yig‘ish, ko‘chirilish davri, matniy to‘liqligiga qarab tasniflash va shundan keyingina uning tarixini kuzatish lozim. Chunki har bir qo‘lyozma birinchi navbatda o‘z davrining tarixiy yodgorligi sifatida o‘zigagina xos bo‘lgan muayyan tarixga ega. Matn tarixini o‘rganish qo‘lyozma nusxaning mavjud nusxalarini o‘zaro qiyosiy tekshirishdan boshlanadi. Matnlar to‘liq, nuqsonli, tuzatilgan (redaksiyaga uchragan) yoki tugatilmagan ko‘rinishlarda uchraydi. Qo‘lyozma nusxalarda uning tarixi bevosita qayd etilgan yoki bilvosita aniqlanadigan belgilar yordamida tiklanadi. Bevosita belgilarga qo‘lyozma asarning yaratilish va ko‘chirilish sanalari, muallif va uning asarni yozish maqsadi ifodalangan so‘zboshisi, kotib nomi yoki uning qaydlari kabi matnshunoslik uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan tavsifiy mezonlar kiradi. Bilvosita belgilarga ushbu asar va uning muallifi haqida turli asarlar, xususan, tazkiralarda berilgan ma’lumotlar, shuningdek, qo‘lyozma nusxalarni qiyoslash natijasida olinadigan tekstologik natijalar kiradi. Sarlavha sifatida asar nomi asl nusxada va uning ruscha tarjimasi, qo‘lyozmaning xazinadagi tartib raqami va ushbu katalogdagi raqami keltirilgan. So‘ngra asar muallifi nomini asli arab yozuvida va ruschada keltirish bilan asosiy tavsif boshlanadi. Undan keyin muallif to‘g‘risida (imkon darajasida to‘liq), asar mazmunining tarkibi va qisqacha bayoni (annotatsiyasi) keltiriladi. Ba’zi o‘rinlarda asar boshlanish va oxirgi jumlalari qo‘lyozmadan aynan arab yozuvida keltiriladi. Taijimon va xattotlar nomlari arab yozuvida va ruscha yoziladi. Tavsif ixcham kodikologik m a’lum otlar — xati, qog‘ozi, ziynati, xattot nomi, qo‘lyozmaning kitobat tarixi, nuqsoni, varaqlar soni, o‘lcham i va adabiyotlar (bibliografiya) nomlarini keltirish bilan tugallanadi. M. Hasaniy «Sharq qo‘lyozmalarini tavsiflash va fihristlash nomli risolasida O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozma fondi tajribasini umumlashtirib, magistrantlarga tushuntirishga harakat qilgan. Bulardan tashqari yozma manbalarni tavsiflashning qomusiy yoki ensiklopedik tamoyili ham mavjud. Biz uning namunasini «O‘zbekiston ensiklopediyasi» va ''O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi''sahifalarida ko‘rishimiz mumkin.Matn tarixini tiklashning xalqimiz ma’naviy hayoti tarixidagi o‘rni beqiyos. Zero, qadimiy qo‘lyozma kitob matnlari davr ruhini aks ettiradi. Ularni jiddiy o‘rganish muallifning dunyoqarashi, voqelikka munosabati, davr ilm-fani darajasi va siyosiy jarayonlari haqida muayyan tasavvur berishi mumkin. Matnshunos oldida turgan bosh vazifalardan biri – matn tarixini tiklash, tadqiq doirasiga jalb etilgan manbaning turli nusxalarini qiyosan o‘rganish, tadqiq etish, ular asosida matnning asosiy variantini yaratish va ilmiy muomalaga kiritishdir. Matn tarixi muayyan matn haqidagi barcha ma’lumotlar yig‘indisidir. U asarning shakl va mazmuni haqida aniq tasavvur beradi, matnga oid bilvosita va bevosita ma’lumotlarning barchasini qamrab oladi. Matn tarixini o‘rganishda tarixiy yoki adabiy yodgorlikning yaratilgan va ko‘chirilgan davrini aniqlash, manba nusxalari ko‘p bo‘lsa, ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish muhim hisoblanadi. Shu sababli yodgorliklar matni ustida tekstologik tadqiqotlar olib borishdan avval shu yodgorlikning mavjud barcha qo‘lyozmalarini yig‘ish, ko‘chirilish davri, matniy to‘liqligiga qarab tasniflash va shundan keyingina uning tarixini kuzatish lozim. Chunki har bir qo‘lyozma birinchi navbatda o‘z davrining tarixiy yodgorligi sifatida o‘zigagina xos bo‘lgan muayyan tarixga ega. Matn tarixini o‘rganish qo‘lyozma nusxaning mavjud nusxalarini o‘zaro qiyosiy tekshirishdan boshlanadi. Matnlar to‘liq, nuqsonli, tuzatilgan (redaksiyaga uchragan) yoki tugatilmagan ko‘rinishlarda uchraydi. Qo‘lyozma nusxalarda uning tarixi bevosita qayd etilgan yoki bilvosita aniqlanadigan belgilar yordamida tiklanadi. Bevosita belgilarga qo‘lyozma asarning yaratilish va ko‘chirilish sanalari, muallif va uning asarni yozish maqsadi ifodalangan so‘zboshisi, kotib nomi yoki uning qaydlari kabi matnshunoslik uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan tavsifiy mezonlar kiradi. Bilvosita belgilarga ushbu asar va uning muallifi haqida turli asarlar, xususan, tazkiralarda berilgan ma’lumotlar, shuningdek, qo‘lyozma nusxalarni qiyoslash natijasida olinadigan tekstologik natijalar kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling