Fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti o
Yig‘ma-qiyosiy matn tuzish tamoyillari
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Otaboyeva Sevinchoy. Matnshunoslik-MUSTAQIL-TA LIM
Yig‘ma-qiyosiy matn tuzish tamoyillari
O‘zbek matnshunosligining ildizi teran. Turkiy tilda matn tuzish an’analari yuzaga kelibdiki, uning bilan izma-iz matn bilimi (matnshunoslik) ham eviga kela boshlagan; matn tuzishning yo‘l-yo‘riqlari, printsiplari va nazariy asoslari ishlab chiqilib , fan sifatida yuzaga kelgan edi.O‘zbek matnshunosligi o‘zining tarixiy taraqqiyoti davomida bir qancha yuksaluv bosqichini kechirdi. Ilkin bosqichi VI–VIII yuzyilliklarga to‘g‘ri keladi. Uning izlarini, matnga ilmiy munosabat, tayanch hamda asosli matn tuzish borasida to‘plangan bilim va tajribalarning amaldagi tadbiqini xoqonlar , davlat arboblari, sarkardalar xotirasiga bitilgan ko‘hna monumental matnlarda — ko‘k turk bitiglarida kuzatamiz. Ko‘k turk bitiglari o‘tganlarning xotirasiga tiklangan yodgorliklar bo‘luviga qaramay, ularda matn tuzishning aniq printsiplari ishlab chiqilgan edi. Qiziq bir hodisa: adib va tarixchi Yo‘llug‘ tigin 732 yili, otasining topshirig‘iga ko‘ra, amakisi Kul tigin xotirasiga atab bitig yozgan. Oradan ko‘p o‘tmay, 735 yili o‘z otasi Bilga xoqon xotirasiga atab o‘rnatilgan bitigni yozishda ham xuddi o‘sha yo‘lni tutgan: hatto birinchi bitigdagi matnning katta bir bo‘lagini olib, uni tahrir qilib, ikkinchi bitigga ham kiritgan. Yo‘llug‘ tiginning matnshunoslikdagi yutuqlaridan biri shunda ediki , u tarixiy matn tuzish printsiplarini ishlab chiqdi. Ulug‘ adib boshlab bergan an’ana keyingi davrlarda ham davom etdi. Matnshunoslik tarixida temuriylar davri katta bir yuksalish bosqichi sanaladi. Bu davrda o‘zbek matnshunosligida klassik asarlarni o‘rganish va ularning tayanch nusxalarini yaratish borasida katta yutuqlarga erishildi. Matnshunoslik tarixida ilmiy-tanqidiy matn tuzish tamoyillari ana shu kezlari ishlab chiqildi. Bunga Boysung‘ur mirzo qo‘l ostida Firdavsiy “Shohnoma”sining tanqidiy matni yaratilganligi o‘rnak bo‘la oladi. Matn so‘zboshisini ham Boysung‘urning o‘zi yozgan edi. Yoki Xo‘ja Arslonxon qo‘l ostida, uning ko‘rsatmasi bilan Adib Ahmad Yugnakiy qalamiga tegishli “Hibat ul-haqoyiq” asarining yig‘ma matni yaratildi. Ushbu tayanch matnni 1444 yili Samar qandda Zaynulobidin baxshi uyg‘ur xatida tuzib chiqqan. Asarning qolgan nusxalari esa ushbu tayanch matn asosida yaratilgan.O‘tmish matnshunosligining diqqatga sazovor muhim belgisi — an’anaviylik va uzluksizlik, shu sohada to‘plangan bilim va ko‘nikmalar amalda qo‘llab kelingani bilan o‘lchanadi. Hozirgi zamon matnshunosligi o‘tgan asrning 30-yillaridagi suronli davrlardan keyin yangidan, aytish mumkinki , yo‘q yerda bo‘y ko‘rsatdi. Shunday esa-da, oz fursatda fanning ilg‘or yutuqlarini egallab, katta mavqega ko‘tarilib ulgurdi. Matnshunosligimizda o‘tgan davr ichida katta ishlar amalga oshdi. Quvonarlisi, hozirgi o‘zbek matnshunosligi , ayrim yo‘nalishlarda, amaliy sohalarda, arab yozuvli manbalarni o‘rganishda yetakchi o‘rinda turadi. Biroq matnshunosligimiz bu yutuqlarda to‘xtab qolmasligi, har qachon ham dunyodagi ilg‘or o‘rinlarni egallamog‘i kerak. Eski va boy yozma merosga ega bo‘lgan xalqning matn bilimi ham shunga yarasha bo‘lmog‘i lozim. Tinimsiz izlanishlar , hozirgi zamon matnshunosligining ilg‘or yutuqlariga tayanilgan bilim va tajribalargina soha kelajagiga yo‘l ochadi. Buning uchun, bizningcha, quyidagi jihatlarga e’tibor qaratilgani ma’qul. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling